Birinchi shart. Oxirgi zarurat holatida shaxsning huquq va manfaatlari himoyalanishi kabi boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning ham manfaatlari mudofaalanadi.
Ikkinchi shart. Oxirgi zarurat holatida yetkazilgan zarar oldi olingan zararga qaraganda kamroq bo`lishi kerak. Oldi olingan zararga nisbatan oxirgi zarurat holatida yetkazilgan zarar teng yoki haddan ortiq bo`lsa, shaxs oxirgi zarurat holati chegarasidan chetga chiqqan hisoblanadi.
O`zbekistan Respublikasi Jinoyat kodeksining 38-moddasi 2-qismida: «Shaxsning oxirgi zarurat holatida sodir etgan qilmishi basharti, oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqilmagan bo`lsa, qonuniy deb topiladi», — deb qayd etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |