Qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar



Download 46,74 Kb.
bet16/17
Sana16.01.2022
Hajmi46,74 Kb.
#377452
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
qilmishning jinoiyligini istisno qil

Ikkinchi sharti- tavakkalchilik zamonaviy ilmiy-texnika bilim-lari va tajribalariga mos kelishi lozim, shunday tajribalarni e’tiborsiz qoldirish mumkin emas.

Tavakkalchilik bilan bog‘liq qilmishlarning zamonaviy bilim va tajribalarga mosligi haqidagi qonun talablari, avvalambor, bunday qilmishlarning subyektiv bilimlar va subyektiv tajribalarga muvofiq bo‘lishini bildiradi.



Uchinchi sharti- o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadga tavakkal qilmay erishishning iloji bo‘lmasa, shaxs boshqalarning huquq va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga zarar yetkazilishining oldini olish uchun tegishli choralarni ko‘rgan bo‘lsa, bunday tavakkalchilik asosli deb topiladi. Ya’ni bunday hollarda shaxs o‘z-o‘ziga ishonish orqali harakat qilmasdan, balki aniq hisob-kitob olib boradi va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazilishining oldini olishga harakat qiladi.

Oldini olish choralarini ko‘rish zarurligi obyektiv va subyektiv mezonlar asosida belgilanadi.

Obyektiv tomondan xavfsizlik choralarini ko‘rish zarurligi shun-dan iboratki, tavakkalchilik bilan bog‘liq harakatlarni amalga oshirish sharoiti aynan shu choralarning ko‘rilishini talab qiladi (masalan, yong‘in bilan bog‘liq tajribalarni o‘tkazishda yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rish).

Subyektiv tomondan xavfsizlik choralarini ko‘rish zarurligi shuni bildiradiki, shaxs kelib chiqishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibat va uning hajmini anglay oladi, shu sababli zarar kelib chiqmasligi yoki ahamiyatsiz bo‘lishi uchun ham u shunday choralarni ko‘radi.

Yuqorida sanab o‘tilgan barcha shartlar mavjud bo‘lgan taqdirdagina tavakkalchilik asosli va huquqiy hisoblanadi, yetkazilgan zarar esa jinoiy emas deb topiladi. Bu borada yetkazilgan zararning hajmi ahamiyatga ega bo‘lib, agar u erishilgan ijtimoiy foydali maqsaddan kamroq bo‘lsa jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarmaydi.

Kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkal qilishdan ko‘zlangan ijtimoiy foydali natijaga erishilmagan va “yetkazilgan zarar” ijtimoiy-foydali maqsadga erishish natijasida olinishi mumkin bo‘lgan natijadan ko‘proq bo‘lgan taqdirda ham tavakkalchi shaxsni javobgarlikka tortishga sabab bo‘lmaydi.

Tavakkalchilik, agar muayyan maqsadga erishish uchun qilin-masdan, unga eksperimentlar o‘tkazmasdan turib ham erishish mum-kin bo‘lsa va tavakkalga yo‘l qo‘ygan shaxs huquq va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazishining oldini olmagan bo‘lsa, asossiz deb topiladi.

Ayni vaqtda tavakkalchilik odamlarning halok bo‘lishi xavfi, ekologiya holatining buzilishi yoxud boshqa og‘ir oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligini bila turib qilingan bo‘lsa, masalan, sifatsiz oziq-ovqatlarni sotuvga chiqarish, katta maydondagi yerlarni zahar-lash xavfi, suv shaxobchalarining zaharlanishi va hokazolar ro‘y bersa asosli tavakkalchilik hisoblanmaydi.

Demak, quyidagilar:

a) ko‘pchilik shaxslar hayoti uchun xavfli tarzda amalga oshirilgan;

b) ekologik halokat yoki ommaviy qashshoqlik xavfini tug‘diruvchi;

c) boshqacha og‘ir oqibatlarni keltirib chiqaruvchi tavakkal-chilik asosli deb topilmaydi.

Odamlarning halok bo‘lish xavfi deganda, tavakkalchilikni amalga oshirish oqibatida ikki yoki undan ortiq odamlarning hayoti xavf ostida qolishi tushuniladi.


Download 46,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish