Birinchi sharti- tavakkalchilikning ijtimoiy foydali maqsadlarga yo‘naltirilganligidir. Ya’ni tavakkalchilik shaxsiy maqsadga emas, ijtimoiy foydali natijalarga erishishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Shax-siy maqsadlarga yo‘naltirilgan tavakkalchilik asosli deb hisoblanmay-di. Bu borada shaxsiy maqsadlarni shaxsiy motivlardan farqlay olish muhim.
Bizga ma’lumki, motiv – u yoki bu qilmish sodir etish istagini tug‘diruvchi sabab. Shu sababli shaxsiy motiv ijtimoiy foydali bo‘lishi ham mumkin. Masalan, olqishlarga sazovor bo‘lish uchun shaxsni o‘limdan qutqarish.
Demak, ijtimoiy foydali maqsad – qilmishni kasb yoki xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq tavakkalchilik sifatida kvalifikatsiya qilish, unga to‘g‘ri huquqiy baho berish hamda jinoiy javobgarlik masalasini hal qilish uchun muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |