Qidir Ichki sekretsiya



Download 58,69 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.06.2022
Hajmi58,69 Kb.
#666380
Bog'liq
Ichki sekretsiya - Vikipediya



Qidir
Ichki sekretsiya
Ichki sekretsiya - organizmdagi har xil aʼzo va toʻqimalarning qonga yoki toʻqima suyuqligiga
maxsus moddalar ishlab chiqarishi. Odatda, Ix. bezlari (endokrin bezlar) deganda maxsus
fiziologik faol moddalar — gormonlarni sintezlab, organizmning bevosita ichki muhiti — qon
va toʻqima suyuqligʻiga chiqaruvchi bezlar tushuniladi. I.s. bezlariga gipofiz, qalqonsimon bez,
qalqonsimon bez yonidagi bezchalar, buyrak usti bezlari, meʼda osti bezining orolcha (ink-
retor) qismi, jinsiy bezlarning bir qismi, shuningdek, epifiz (gʻurrasimon bez), ayrisimon bez
(timus) kiradi. I.s. bezlarining hammasi bir-biriga chambarchas bogʻliq boʻlib, yagona
funksional sistemani tashkil etadi, uning faoliyatini nerv sistemasi boshqaradi. Gipofiz I.s.
bezlari orasida alohida oʻrin tutadi. I.s. bezlaridan chiqadigan gormonlar organizmning turli
aʼzo va sistemalarini bir-biriga bogʻlaydi, organizm funksiyalarining gumoral yoʻl bilan
(suyuqliklar vositasi b-n) boshqarilishida qatnashadi. I.s. bezlarining asosiy vazifasi moddalar
almashinuvi, oʻsish, jismoniy taraqqiyot va balogʻatga yetishni boshqarishdan iborat.
Organizmning oʻzgarib turadigan tashqi va ichki muhit sharoitiga moslashuvida I.s.ning
ahamiyati katta. Mas, gavda t-rasining refleks yoʻli bilan boshqarilishida gipofiz va
qalqonsimon bezdan chiqadigan gormonlar miqdori oʻzgarib turadi. Organizmga infeksiya,
intoksikatsiya (zaharlanish), shikastlar, ogʻriq taʼsir etganda, kishi hayajonlanganda va shunga
oʻxshash hollarda buyrak usti bezlari, gipofiz va qalqonsimon bez tegishli gormonlarni
koʻproq chiqaradi; ayni vaqtda, moddalar almashinuvi kucha-yib, yurak urishi tezlashadi,
shikastlar yoki intoksikatsiya taʼsirida qon bosimi koʻtariladi va organizmning boshqa bir
qancha funksiyasi faolla-shadi, bularning hammasi organizmning oʻzgargan sharoitga
moslashuviga yordam beradi. I.s. bezlari garchi bir-biriga taʼsir etsa ham, biror bezning
koʻproq zararlangani haqida fikr yuri-tishga va uning kasalligi haqida ga-pirishga imkon
beradigan muayyan sim-ptomlarni ajratish mumkin. Mas, gipofizning oldingi boʻlagi yetarli
ishlamaganda boʻy oʻsmaydi, odam ozib ketadi (kaxeksiya); gipofizning orkadagi boʻlagi
yetarli ishlamaganda qandsiz diabet, oldingi boʻlagi kasallanganda gigantizm va


akromegaliya roʻy beradi va h.k. Buyrak usti bezlari poʻstloq qavatining funksiyasi buzilganda
bronza kasalligi, ayollarda shu qavat gormonlaridan biri ortiqcha hosil boʻlganda virilizm roʻy
beradi. Buyrak usti bezlarining magʻiz qavati zararlanganda adrenalin koʻp ishlanib chiqishi
tufayli qon bosimi dapqir-dapqir koʻtariladi, gavda t-rasi oʻzgarib turadi, qonda qand koʻpayadi
(giperglikemiya). Meʼda osti bezining orolcha (inkretor) qismi insulin gormonini kam
chiqarganda qandli diabet paydo boʻladi.
Qalqonsimon bezning ortiqcha ishlayotganligi diffuz toksik buqoqda, kam ishlayotganligi esa
miksedema va endemik buqoqda namoyon boʻladi. Qal-qonsimon bez yonidagi bezchalar
yetarli ishlamaganda kalsiy va fosfor almashinuvi, jigarning zaharlarni za-rarsizlantirish
funksiyasi buziladi, natijada tetaniya roʻy beradi.
I.s. bezlarining kasalliklarini endokrinolog vrach davolaydi. Bemorga gormonal preparatlar,
rentgenoterapiya, operatsiya, parhez, fizioterapiya va iqlim bilan davolash buyuriladi.
Qodirov U. 3., Odam fiziologiyasi, T., 1996; Ahmedov N. K., Normal va patologik anatomiya
bilan fiziologiya, T., 1990; Klinicheskaya endokrinologiya: Rukovodstvo dlya vrachey / Pod.
red. Starkovoy N. T., M„ 1991.
[1]
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga ishorat
 yoʻq. 
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Ichki_se
kretsiya&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Adabiyot
Manbalar


 
Soʻnggi tahrir 7 oylar avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Ichki_sekretsiya&oldid=226
1276
" dan olindi 

Download 58,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish