Qidir
Bronx
Bronx, bronxlar (
yun.
bronchus — nafas nayi) —
odam
va yuqori tuzilgan
umurtqalilar
kekirdagining havo oʻtadigan naysimon tarmoqlari.
Kekirdak
(traxeya) 4—5koʻkrak umurtqasi
qarshisida oʻng va chap B.ga boʻlinadi (bifurkatsiya). Oʻng B. chap B.ga nisbatan yoʻgʻon va
kalta, chap B. esa uzun va ingichka; oʻng B. deyarli vertikal yoʻnalgan boʻlib, kekirdakning
davomi hisoblansa, chap B. kekirdakdan chapga burchak hosil qilib chiqadi va bir oz
gorizontal yoʻnalgan boʻladi. B. togʻay halqalardan tuzilgan, ular oraligʻini fibroz parda toʻldirib
turadi. Asosiy B. oʻpka darvozasiga kirib, oʻpka ichida avval boʻlak bronxlariga, soʻngra
segmentar bronxlarga boʻlinadi. Ikkala oʻpkada taxminan 1000 boʻlak B. boʻladi. B.lar
bronxiolalargacha tarmoqlanib borib, bir butun bronxial "daraxt"ni hosil qiladi. B. oʻpka ichida
tarmoqlanib, ingichkalashib boradi, eng oxiri, eng mayda B.ning uchi pufakchalar bilan
tugaydi. Havo almashinish jarayoni pufakchalar, alveolalarda boʻladi; havo nafas yoʻllarining
hammasidan oʻtadi, chunki nafas naychasining devorlari togʻaylardan tuzilgani uchun ular
puchayib qolmaydi. B. shilliq qavati kiprikli epiteliy bilan qoplangan boʻlib, unda shilliq bezlar
juda koʻp. Ular nafas yoʻliga tushgan yot jismlarni chiqarib yuboradi. havo yoʻllari esa nafas
olganda havoni tozalab, namlab, ilitib pufakchalarga yoʻnaltiradi. Ikkala oʻpkada taxminan 300
—500 mln. alveolalar boʻlib, 30—100 m2 sathni tashkil etadi. Koʻp hayvonlarda kekirdak
(traxeya) ikki asosiy B.ga boʻlinadi. Sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilarda B.
yaxshi rivojlangan boʻlib, oʻpka ichida davom etadi. Sudralib yuruvchilarda asosiy B.dan
ikkilamchi B., bundan esa uchlamchi, toʻrtlamchi va sh.k. tarmoqlar ajralib chiqadi; toshbaqa
va timsohlarda B.ning boʻlinishi ayniqsa murakkab. Qushlarda ikkilamchi B. parabronxlar
degan kanallar bilan tutashadi, bulardan radiuslar boʻyicha bronxiollar chiqadi, bronxlar esa
tarmoklanib, havoli kapillyarlarga oʻtadi. Bronxiollar va havoli kapillyarlardan tutash havoli
Soʻnggi tahrir 3 yil avval
Eihel
tomonidan amalga oshirildi
yoʻllar vujudga keladi. Asosiy B. ham, baʼzan yon B. ham uchidan kengayib, havoli xalta hosil
qiladi. Sut emizuvchilarda har bir asosiy B. dan ikkilamchi B. chiqadi, bu esa tobora mayda
tarmoqdarga boʻlinadi; eng mayda tarmoqlar alveolyar yoʻllarga oʻtadi, bular esa alveolalar
bilan tugaydi.
I usually do not drop a comment, but I read a few gegkekbdfcabfaac
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?title=Bronx&oldid=2048457
"
dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |