Mavzu: Antropogenez odamning paydo boʻlishi va rivojlanishi



Download 162,14 Kb.
Sana20.06.2022
Hajmi162,14 Kb.
#679108
Bog'liq
Mavzu Antropogenez odamning paydo bo lishi va rivojlanishi


5-1 Tar 21 guruhi.
Savriyev Azizbek ning
Arxeologiya va etnologiya fanidan amaliy mashgʻuloti
MAVZU: Antropogenez - odamning paydo boʻlishi va rivojlanishi
Olimlar ilmiy farazlarga koʻra, biz yashab turgan Ona yer besh milliard yil muqaddam paydo boʻlib, dastlab unda hech qanday hayot boʻlmagan. Yer tarixi geologik jihatdan arxey, paleozoy, mezozoy va kaynozoy eralariga boʻlinadi. Arxey erasining oxirida Yerda juda oddiy tirik mavjudotlar, paleozoyda suvda va quruqlikda yashovchi hayvonlar, mezozoyda sudralib yuruvchilar paydo boʻladi. Yer tarixining kaynozoy erasida esa sut emizuvchi hayvonlar tarqalgan. Bu era, oʻz navbatida, uchlamchi va toʻrtlamchi bosqichlarga boʻlinib, uchlamchi bosqich 50-60 million, toʻrtlamchi bosqich 3-3.5 million yilni oʻz ichiga oladi.
Yer tarixida eng buyuk voqea hayvonot dunyosidan odamzodning ajralib chiqishidir. Olimlarning ilmiy farazlariga koʻra, odamzod toʻrtlamchi bosqich boshlarida paydo boʻlgan.
Toʻrtlamchi bosqich boshlarida iqlim hozirgiga nisbatan issiqroq boʻlib, Periney yarimorolidan Xitoygacha boʻlgan maydonlar subtropik, Osiyoning janubi va Afrikaning katta qismi esa tropik mintaqalar edi. Uchlamchi bosqichning oxiri va toʻrtlamchi bosqichning boshlarida mazkur oʻlkalarda maymunlarning xilma-xil turlari yashagan.
Ular orasida odamsimon maymunlar ham boʻlib, ular odamning eng qadimgi ajdodlari edi. Ular driopitek, ramapitek, avtralopitek va boshqalar boʻlib, shulardan avstralopiteklar odamga koʻproq oʻxshashligi bilan ajralib turadi. Avstralopitek miya qutisining hajmi 500-600 sm kub boʻlib, u ikki oyoqda tik yurgan, oʻsimlik va goʻshtni ovqat sifatida isteʼmol qilgan.
1959-1960- yillarda Sharqiy Afrikadagi Olduvay darasida ingliz olimi L. Liki avstralopiteklarga mansub boʻlgan mavjudod - zinjantrop va prezinjantrop - "ishbilarmon odam" qoldiqlarini, dara yonidan esa oddiy tosh qurollar topgan va ular bundan 1750000 yil muqaddam yasalgan, degan fikrni bildirgan edi. L. Likining oʻgʻli Richard Liki Keniya va Efiopiya territoriyasidan qidiruv ishlari natijasida avstralopitek va prezinjantrop singari mavjudodlardan juda koʻp suyak qoldiqlarini va mehnat qurollarini topishga muvaffaq boʻlgan. Efiopiya prezinjantroplari ha "ishbilarmon odamlar" deb atalib, bu mavjudodlar bundan 2,5-3 million yil muqaddam yashagan ekanlar. Bu "ishbilarmon odamlar" - arxantroplar (grekcha arxayos- dastlabki, antropos - odam) toshdan mehnat qurollari yasash qobiliyatiga ega boʻlganlar. Tadqiqotchilarning mulohazalariga koʻra, Afrika arxantroplari yer yuzidagi eng qadimgi qazilma odamlarning dastlabki vakillari hisoblanadi.
Agar shimpanze maymuni miya qutisining hajmi 350-400sm kub ni tashkil etsa, "ishbilarmon odam " miya qutisining hajmi 670-680sm kub ni tashkil etgan.
Odam hayvonot dunyosidan uzoq davom etgan rivojlanish jarayoni oqibatida ajralib chiqqan. Mashhur ingliz tabiatshunoslari Ch. Darvin va T. Geksli odamsimon maymunla odam ajdodlari ekanini taʼkidlab, evolyutsion jarayon natijasida odam xuddi shu odamsimon maymundan kelib chiqqanini isbot qilganlari holda diniy afsonalarga qattiq zarba berdilar. Darvin maymunning odamga aylanishidagi asosiy omil jinsiy tanlanishdir, degan evolyutsion taʼlimotni yaratdi. Lekin u maymunning odamga aylanishi jarayonidagi buyuk sotsial omilni - mehnatning oʻzgartiruvchilik mohiyatini payqamagan edi. F. Engels "Maymunning odamga aylanishi jarayonida mehnatning roli" degan asarida Darvinning evolyutsion nazariyasiga yuksak baho berdi, maymunning odamga aylanishida asosiy, bosh omil mehnat ekanligini taʼkidlab, oʻzining olamshumul tarixiy ahamiyatga molik mehnat nazariyasini yaratdi. 1891-1892-yillarda gollandiyalik olim E. Dyubua Indoneziyadagi Yava orolidan pitekantrop (grekcha pitekos - maymun, antropos- odam) maymun-odamning suyak qoldiqlarini topishga muyassar boʻldi. Pitekantrop miya qutisining hajmi 800-900 sm kub boʻlib, olimlarning fikricha, bu mavjudod bundan 700-800ming yil ilgari yashagan. 1950-1960-yillargacha olimlar uni mehnat qurollari yasay olish qobiliyatiga ega boʻlgan ilk odam deb hisoblab keldilar. Keyingi vaqtda Osiyo, Afrika va boshqa joylardan pitekantroplarning juda koʻp qoldiqlari topib, oʻrganildi. Endilikda pitekantrop Afrikaning "ishbilarmon odami" dan keyingi bosqichda turuvchi eng qadimgi odam ekanligi aniqlandi. Ulardan eng qadimgisining sanasi bundan 1,5-1,9 million yilga borib taqaladi.
1927-yilda Pekin shahri yaqinida kanadalik olim D. Blek topgan sinantrop ham xitoy odamlari eng qadimgi odamlar - arxantroplar hisoblanadi, degan fikrni tasdiqladi. Sinantroplar pitekantroplarga nisbatan ancha rivojlangan boʻlib, ular hozirgi davrimizdan 400-500 ming yil ilgari yashagan.
Xitoy olimi Vu 1963-yilda Xuanxe daryosi oʻrta oqimi havzasidagi Landyandan topgan qazilma odam qoldigʻini ham arxantroplarga kiritish mumkin. Olimlarning fikricha, Landyan arxantropi sinantropga nisbatan ham qadimiyroq ekan. Eng qadimgi qazilma odamlarning qoldiqlari Yevropada Germaniyaning Geydelberg, Vengriyaning Budapesht shaharlari yaqinida ham topilgan. Olimlarning taʼkidlashicha, ular pitekantroplarga ancha yaqin turgan. Soʻnggi vaqtda Osiyo, Afrika, Yevropaning koʻpgina joylaridan ham arxantroplar yashagan manzilgohlar koʻplab topilmoqda.
Uzluksiz mehnat jarayonida arxantroplar jismoniy jihatdan rivojlanib, qadimgi odamlar - neandertallarning shakllanishi uchun zamin hozirlaganlar.
Arxantroplardan keyingi bosqich kishilari fanda qadimgi odamlar nomi bilan mashhur boʻlib, tadqiqotchilarning fikricha, ular zamonamizdan 100-50 ming yil muqaddam yashaganlar.
Qadimgi odamlarning qazilma qoldiqlari dastlab 1948, 1964-yillarda Ispaniyaning Gibraltar boʻgʻozi rayonidan, soʻngra 1970-yilda Germaniyaning Neandertal vodiysidan topilgan. Joyning nomidan kelib chiqib, bu odamni neandertal deb atash rasm boʻlgan.
Neandertal tipidagi odamlarning qazilma qoldiqlari soʻnggi vaqtda yer yuzining turli burchaklaridan topildi va topilmoqda. Qadimgi odamlar jismonan ancha baquvvat boʻlib, ularning boʻyi oʻrtacha 165sm boʻlgan. Ular toshdan xilma-xil mehnat qurollari yasaganlar.
Neandertal qiyofadagi odamlarning qazilma qoldiqlari Afrikadan, Oʻrta Osiyo, Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlari teritoriyasidan, Qora dengiz boʻylaridan, Sharqiy Yevropadan va Osiyo yerlaridan koʻplab topilgan.
Neandertallarning tashqi qiyofasi va fikrlashida soddalik, maymunga xos belgilar saqlanib qolgan boʻlib, ularning bosh miyasi u qadar rivoj topmagan edi. Lekin ular arxantroplardan juda uzoqlashib ketib, hozirgi qiyofadagi odamlarga juda yaqinlashib qolgan edilar.
Ibtidoiy jamoa tuzumining oʻrta tosh asridagi obyektiv va subyektiv sabablarga koʻra birinchi navbatda mehnat jarayonida inson tafakkurining rivojlanishi natijasida neandertal qiyofadagi odamlar hozirgi qiyofadagi kishilarga aylana bordilar. Ular ham aqliy, ham jismoniy jihatdan kamol topib, hozirgi qiyofadagi kishilar vujudga keldi, shu bilan antropogenez jarayoni nihoyasiga yetdi. Xuddi shu davrda yevropoid, negroid va moʻgʻil kabi dastlabki irqlar vujudga keldi.
Insoniyat oʻzining hozirgi qiyofasiga yetib kelguncha 10-15 million yillik katta tarixiy davrni bosib oʻtdi. Bu kishilar fanda sapiyenis - aql-idrokli odamlar, deb ataladi.
Odamning paydo boʻlishi Yerdagi eng buyuk hodisalardan biri boʻlib, u dastlab toshdan oddiy choʻqmor yasagan boʻlsa, uzluksiz mehnat, intilish va qayta qurish natijasida yuksak madaniyat yaratish darajasiga yetib keldi.
Oʻrta Osiyoning qulay geografik sharoiti ibtidoiy davrning ilk bosqichlaridanoq kishilar diqqat-eʼtiborini oʻziga jalb qilgan. Janubiy Qozogʻistonning togʻ va togʻoldi rayonlarida, Qirgʻizistonning togʻ vodiylarida, Tojikistonda, Turkmanistonning Kopetdogʻ etaklarida, Kaspiy dengizi boʻylarida, Qizilqum va Qoraqum ichkarisidagi qadimgi yoʻllar atrofida, Oʻzbekistondagi Ohangaron, Chirchiq, Qoraqamish daryolari vodiylarida, Qoratogʻ, Vaush togʻlari yonbagʻirlarida, Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo vodiylari, Fargʻona vodiysi va uning togʻlik rayonlarida ashel, levallua va muste, qadimgi tosh asrining oʻrta va soʻnggi bosqichi, mezolit va yangi - neolit, xullas tosh asrining hamma bosqichlariga mansub yodgorliklar topildi. Bu topilmalar Oʻrta Osiyoni antropogenez jarayoni sodir boʻlgan rayonlarga qoʻshish imkonini beradi.
Hozirgi vaqtda olimlar odamzodning hayvonot olamidan birinchi bor qayerda ajralib chiqqani, yaʼni uning dastlabki vatani haqida yagona fikrda emaslar. Ch. Darvin oʻz vaqtida odamzodning beshigi Afrika qitʼasi ekanligini aytib oʻtgan edi. Ingliz olimlari Likilar keyingi 30yil ichida olib borilgan tadqiqotlar natijalari koʻp olimlarni shu fikrga moyil qilib qoʻydi. Lekin Sharqiy, Sharqi-Janubiy va Janubiy Osiyo, Kavkaz, Oʻrta Osiyo, Markaziy va Janubiy Yevropa territoriyasidan topilgan ilk tosh asri yodgorliklari odamning ilk vatani Afrikagina emas, balki Yevropaning katta qismi, Osiyo sharqi, janubi, Oʻrta Osiyo va Kavkaz ham boʻlishi mumkinligini koʻrsatdi. Bu murakkab masala hali hal qilingan emas, uni uzil-kesil hal qilinishi kelgusining ishidir.
Davr va sana Oʻrta Osiyo tarixi va arxeologiyasi uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. Sanasi yoki davri aniq boʻlmagan biror buyum va manzilgoh kishilik jamiyati tarixini oʻrganishda chin maʼnodagi arxeologik yodgorlik va tarixiy manba boʻla olmaydi.
Arxeologlar moddiy madaniyatga oid buyumlarni oʻrganib, kishilik jamiyati tarixini quyifagi toʻrtta katta tarixiy davrga boʻladilar: Tosh asri(davri); Eneolit - mis-tosh asri(davri); Bronza asri(davri); Temir asri(davri).
Qadimgi tosh davri paleolit, oʻz navbatida, 3bosqichga - ilk, oʻrta va soʻnggi paleolitga boʻlinadi. Paleolit davridan soʻng mezolit - oʻrta tosh davri kelib, u Oʻrta Osiyo yodgorliklarida 2 bosqich bilan xarakterlanadi. Mezolit miloddan avvalgi XVll- Vll mingyilliklarni oʻz ichiga oladi.
Mezolitdan soʻng tosh davrining soʻnggi, yakunlovchi bosqichi neolit - yangi tosh asri boshlanib, u ham ilk va soʻnggi neolitga ajratib oʻrganiladi. Neolit miloddan avvalgi Vl-lV ming yilliklarni oʻz ichiga oladi.
Neolit va bronza davri oraligʻida eneolit - mis-tosh asri degan bosqich boʻlib, u miloddan avvalgi lV ming yillikning oxiridan lll ming yillikning oʻrtalarigacha davom etadi. Undan keyin esa bronza davri boshlanadi. Oʻrta Osiyo sharoitida u ibtidoiy jamiyat tarixining yakunlovchi bosqichini oʻz ichiga olib, miloddan avvalgi lll ming yillikning oxiri va ll ming yillikni oʻz ichiga oladi. Bu davr ibtidoiy jamiyat tarixining yemirilishi, xususiy mulk, sinflar va davlatning kelib chiqishi uchun shart-sharoitlar yaratdi. Bronza davridan keyingi temir davri Oʻrta Osiyoda va unga tutash joylarda xususiy mulk, sinflar va davlatning kelib chiqqanligi bilan xarakterlanib, miloddan avvalgi Vll-Vl asrlardan boshlanadi.
Oʻrta Osiyo tarixi arxeologiyasining ijtimoiy tashkilotlariga koʻra quyidagi davrlarga boʻlinadi: Ibtidoiy toʻda davri; Urugʻchilik tuzumi davri. Urugʻchilik, oʻz navbatida, ikkiga - ona urugʻi va ota urugʻi davrlariga boʻlinadi.
Urugʻchilik tuzumining inqirozi davri. Oʻrta Osiyo arxeologiyasi geologik nuqtayi nazardan quyidagi davrlarga boʻlinadi ( Tosh asri arxeologiyasining davrlarini toʻrtlamchi davr bosqichlari bilan qiyoslash):

Download 162,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish