O`tgan mavzuni aniqlash Uyga berilgan “Hujjatni tahrirlash va formatlashga oid mashqlar” mavzusiga oid bilimlarni tekshirish. O‘qituvchi tomonidan “Hujjatni tahrirlash va formatlashga oid mashqlar ” mavzuga doir “suhbat – muhokama” metodidan foydalanib o’tilgan bilimlarni qanday egallaganliklari va bu mavzudan nimalarni bilib olganliklari aniqlanadi. (mazkur mashg’ulotni o’tkazishdan avval o’quvchilarni guruhlarga ajratiladi va ularga beriladigan material haqida tanishtiriladi. So‘ng tarqatma materiallar guruhlarga beriladi. Guruh a’zolari birgalikda fikrlashib tarqatma materialda berilgan topshiriqni yozma ifodalaydilar. Mavzu bo’yicha imkon boricha to’laroq ma’lumot berishlari kerak bo’ladi)