Birikma terminlar asosan ot turkumida ekanligi bilan diqqatga sazovordir. Bu birikma terminlar esa asosan
terminlardan iborat. Masalan,
aylanma harakat, yo‘nalma harakat, ayirish belgisi, analitik geometriya
kabi
birikma terminlar matematik,
yetti og‘ayni, somon yo‘li, andromeda tumshig‘i
kabi birikma terminlar
astronomik,
absolyut monarxiya, demokratik hokimiyat, agrar masala, vaziri akbar
kabi birikma terminlar
siyosiy terminlardir. Shularga o‘xshash yana terminologik bo‘lmagan
chin arafa, yolg‘on arafa,
tashviqot
nuqtasi
, katta maslahatchi, ilmiy xodim, ichki ishlar
kabi birikma terminlar o‘zbek tilida ot turkumiga oid
lug‘aviy birliklar ichida ko‘plab uchraydi.
Birikma terminlar so‘z turkumi nuqtai nazaridan, aytilganiday, chegaralangan emas. U sifat turkumida ham
ko‘plab uchraydi. Masalan,
avzoyi buzuq, amri mahol, arzon-garov, arki namokob
kabi birikma terminlarni
ko‘rsatish mumkin. Bunday birikma terminlarning hokim bo‘lagi sifat turkumiga mansub bo‘lib, tobe bo‘lagi ot
turkumida ham, sifat turkumida ham bo‘lishi mumkin. Yuqoridagi birikma terminlarning 1- va 2-sida tobe
bo‘lak ot, keyingi ikkitasida esa sifatga oiddir. Birikma terminlar fe’l turkumida ham uchraydi.
Masalan,
aholining absolyut o‘sishi, aybga buyurmoq, aksiga olmoq, aks tegmoq
kabi birikma terminlarni
ko‘rsatish mumkin. Bunday birikma terminlarning ham hokim bo‘laga fe’l bo‘lib, tobe bo‘lagi ot yoki sifat
turkumiga mansub ekanligi kuzatiladi. Tobe bo‘lak ot turkumiga mansub bo‘lsa, birikma yo obyektli birikma,
yo predikativ qo‘shilma qolipida tarkib topadi. Yuqoridagi birikma terminlarning 2- va 3-si obyektli birikma
qolipida bo‘lib, oxirgisi predikativ qo‘shilma qolipidadir. Birinchi sifat birikmali terminning tobe bo‘lagi esa
uyushmagan aniqlovchilardan iborat.
Birikma terminlar ravish turkumida bo‘lishi ham mumkin. Biroq u tilda juda kam uchraydi. Masalan,
aks
holda
birikma termini ravish turkumidadir.
Birikma terminlar murakkab birikmadan tarkib topganligi ham tilda kuzatiladi. Masalan,
yuqorigi o‘rta kurak
tish
kabi. Bunday birikma terminlarda ham eng so‘nggi o‘rindagi bo‘lak hokim bo‘lak bo‘lib, birikma ma’nosi
mohiyatini belgilaydi.
Turli korxona,
muassasa
, tashkilotga, gazetalarga berilgan nomlar ham birikma terminlar tipiga kiradi.
Birikma terminlar ikki xil bo‘ladi
8
:
1.
Do'stlaringiz bilan baham: