“Zinama-zina” metodi. O‘quvchilarda o‘rganilayotgan mavzuni kichik mavzularga ajratilgan holda rasm, tasvir, jadval yoki slaydlar asosida o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Metod o‘quvchilarda mavzuni o‘rganishga ijodiy yondashish, shaxsiy fikr, o‘zlashtirilgan tushunchalarni tasviriy ko‘nikishlarda ifodalash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi. Undan foydalanish tartibi quyidagicha:
1. O‘rganiladigan mavzu muayyan qismlarga ajratilib, alohida qog‘ozlarda ifodalanadi.
2. O‘quvchilar kichik guruhlarga biriktiriladilar.
3. Har bir guruhga muayyan qismdagi matn taqdim etiladi.
4. Guruhlar o‘zlariga berilgan qism matni bilan tanishib, uning mohiyatini belgilangan vaqt ichida markerlar yordamida rasm, tasvir, jadval yoki slaydlar shaklida ifoda etadilar.
5. Belgilangan vaqt tugagach, guruhning bir nafar a’zosi o‘zlari bajargan ish bilan jamoani tanishtiradi.
6. Barcha guruhlarning ishlari tinglangach, jamoa tomonidan o‘rganilgan mavzuning umumiy obrazi kichik mavzular mohiyatini yorituvchi rasm, tasvir, jadval yoki slaydlar asosida mantiqiy ketma-ketlikda yozuv taxtasida zinama-zina ko‘rinishida joylashtiriladi.
7. O‘qituvchi guruhlar tomonidan taqdim etilgan ishlarga izoh berib, zarur o‘rinlarga o‘zgartirishlar kiritadi.
8. Guruhlarning ishlari ularning mazmuni, sifati va dizayniga ko‘ra baholanadi (baholash jarayoni rangli kartochkalar vositasida amalga oshiriladi, ya’ni o‘quvchilar o‘zlari sifatli deb topgan ishni rangli kartochkalar yordamida belgilaydilar (ish ustiga kartochka yopishtiriladi) eng ko‘p kartochkaga ega ishga yuqori ball beriladi).
Metodni qo‘llashda o‘quvchilar quyidagi shartlarga amal qiladilar: 1) kichik mavzular bo‘yicha imkoni boricha ma’lumotlarni to‘la bayon eta olishlari lozim; 2) kichik guruhlarning ishlariga baho beradilar.
I bob yuzasidan xulosalar:
Хalq odobnomasi va ibratnomasining teran, boy, serma’no, mazmunli sohasi-xalq og’zaki ijodi va xalq pedagogikasi an’analari-insonni har tomonlama tarbiyalash, kamolga yetkazish, ma’naviyatimizning ustivor, iymon-e’tiqodlarimizning butun bo’lishini, qadriyatlarimizning qadrlanish garovidir.
O’quvchilarni tarbiyalash jarayonida xalq og’zaki ijodining qimmatli xazinasidan foydalanish yo’llarini, metodikasini ishlab chiqish pedagogikadagi dolzarb vazifalar qatorida turibdi.
Boshlang’ich sinflarda xalq og’zaki ijodiga ijobiy munosabatni vujudga keltirish uchun avvalo maktabning tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi, o’qituvchilar, kutubxonachilar ana shu sohada tegishli tayyorgarlikka ega bo’lishlari lozim. Chunki o’quvchilar uchun eng avvalo zarur kitoblarni tavsiya etish, ularning mohiyati, o’ziga xos jihatlari, mazmuni, ijobiy va salbiy obrazlarini atroflicha bilish kerak. Shundagina yoshlarda xalq og’zaki ojodi namunalari aks ettirilgan kitoblari kitob tanlashga, uni mustaqil o’qishga va tahlil qilishga qiziqish uyg’otish mumkin. Bunda xalq og’zaki ijodi asarlarini sinfdan tashqari o’qishni tashkil etish va boshqarishi g’oyat muhim pedagogik jarayon hisoblanadi. Хalq og’zaki ijodi asarlarini tanlashda o’quvchilarning yosh xususiyatlarini, psixologik sifatlarini, o’ziga xos xusisiyatlari bilan birga, og’zaki ijodning har bir janriga, tomonlariga, undagi personajlar, obrazlarning fel atvorlarini, xalq ertaklaridagi inson bilan, tabiat o’rtasidagi bog’lanishlarni ham hisobga olish zarur
Do'stlaringiz bilan baham: |