MA’RUZA № 1. KIRISH. O‘ZBEKISTONDA KONCHILIK
SANOATINING O‘RNI VA AHAMIYATI.FOYDALI
QAZILMALARNI QAZIB OLISH HAQIDA UMUMIY
MA’LUMOTLAR.
Darsning maqsadi –
Respublikamizda konchilik sanoati va uning davlat
strategiyasida tutgan oʻrni haqida tushunchaga ega boʻlish.
Reja:
1.
Oʻzbekistonda konchilik sanoatining rivojlanish koʻrsatgichlari.
2.
Respublikamiz rivojlanishida konchilik sanoatining oʻrni va ahamiyati.
3.
Konchilik sanoati korxonalarida kon qazish ishlarining о‘ziga xos
xususiyatlari.
4.
Foydali qazilmalarning qazib olishning usullari.
Konchilik sanoati - zamonaviy industriyaning asosiy xom ashyo va yoqilg‘i
bazasi hisoblanadi. U energetika va xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarining
asosiy yoqilg‘i manbaidir. SHuningdek, konchilik sanoati qora va rangli
metallurgiya, ximiya sanoati, o‘g‘itlar ishlab chiqarish sanoati uchun xom-ashyo
bazasi hisoblanadi. Xalq xo‘jaligida foydalanilayotgan tabiiy resurslarni 70% ini
mineral xom-ashyolar tashkil qiladi.
Foydali qazilma boyliklariga
xo‘jalik, qurilish, sanoat va ilmiy maqsadlar
uchun qazib olinadigan xom ashyo holida yoki qayta ishlangandan so‘ng
ishlatiladigan barcha turdagi tog‘ jinslari kiradi. Foydali qazilmalar qurilish va
sanoatning asosi hisoblanib, mamlakat iqtisodiyotida katta o‘rin egallaydi. Uni
xom-ashyo sifatida qazib olish va qayta ishlash miqyosi esa davlatning ishlab
chiqarish saviyasini, boyligi va iqtisodiy rivojlanishini belgilaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi jahonda konchilik sanoati yuqori rivojlangan
mamlakatlar qatoridan mustahkam oʻrin olgan. Hozirga qadar Oʻzbekistonda
hammasi boʻlib 2800 yaqin istiqbolli turli foydali qazilma konlari aniqlangan.
Ular 100 ga yaqin mineral-xom ashyo turlarini oʻz ichiga oladi. Muhim strategik
manbalar — neft va gaz kondensati, tabiiy gaz boʻyicha 155 ta kon, qimmatbaho
metallar boʻyicha 40 dan ortiq, rangli, nodir va radiaktiv metallar boʻyicha 40, kon-
kimyo xom ashyosi boʻyicha 15 ta kon va boshqa qidirib topilgan va ishga
tushirilgan.
Oltin, uran, neft, fosforitlarning razvedka qilingan zahiralari boʻyicha
Oʻzbekiston jahonda yetakchi oʻrinni egallaydi. Respublika jahonda oltin zahiralari
boʻyicha 4-oʻrinda, mis zahiralari boʻyicha 10—11 oʻrinda, uran zahiralari
boʻyicha 7—8 oʻrinda turadi (yana q. Gaz sanoati, Rangli metallurgiya, Koʻmir
sanoati, Neft sanoati, Oltin sanoati, Temir ruda sanoati).
Konchilik ishi insoniyat faoliyatining asosiy kо‘rinishlaridan biri bо‘lib,
hayot darajasi va sivilizatsiyaning о‘sishini ta’minlaydi. Kon ishlari sanoat ishlab
chiqarishning yetakchi tarmog‘i sifatida konlarni razvedka qilish, ularni qazib
chiqarish, qazib olingan xom ashyoni dastlabki qayta ishlash, konchilik korxonalari
qurish va turli vazifalarni bajarishga mо‘ljallangan yer osti inshootlarni barpo etish
kabi ishlarni о‘z ichiga oladi.
“Kon ishlari asoslari va ishlab chiqarish texnologiyalari” fani “Konchilik
elektro mexanika” yо‘nalishi bо‘yicha bakalavr tayyorlashda о‘qitiladigan
fanlardan biri hisoblanadi. Foydali qazilma konlarini yer osti, ochiq, geotexnologik
va boshqa usullarda qazib chiqarish tamoyillarini о‘zlashtrish ushbu fanning
vazifasi hisoblanadi.
“Kon ishlari asoslari va ishlab chiqarish texnologiyalari”ni gumanitar,
ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy va umumtexnika fanlari bо‘yicha bilimlar asosida
о‘rganiladi. Ulardan eng asosiylari: geologiya, kon ishlari tarixi, chizma
geometriya, ekologiya, hayot xavfsizligi va boshqalar.
Konchilik sanoati kon ishlari tarkibini tashkil qiluvchi bо‘g‘in sifatida
foydali qazilma konlarini qazib olish va dastlabki boyitish ishlarini amalga
oshiradi. Konchilik sanoati mamlakat xalq xо‘jaligiga yoqilg‘i (kо‘mir, yonuvchi
slanetslar, torf, neft, tabiiy gaz), qora, rangli va radioaktiv metallar rudalari, kon-
kimyo xom ashyolari, qurilish materiallari va boshqa xom ashyolarini yetkazib
beradi.
Yuqorida sanab о‘tilgan xom ashyo va minerallarning dunyo miqiyosida
qazib chiqarish, ekspertlar hisobi bо‘yicha 160-180 mlrd. tonna kon massasini
tashkil qiladi.
Hozirgi vaqtda har yili yer ostidan 8 mlrd. tonna yoqilg‘i, 570 mln.t qora
metall rudasi, 170 mln.t rangli metall rudasi, 620 mln.t industrial mineral xom
Ashe qazib olinmoqda. Biroq zamonaviy texnika va texnologiya qazib olingan kon
massasining atigi 3 -5 % dangina foydalanishni ta’minlamoqda, xolos. Qolgan 95-
97 qismi sanoat chiqindisi hisoblanadi.
Konchilik sanoatining rivojlanishi mamlakat iqtisodiyoti va mudofaa quvvati
hamda mustaqilligining mustahkamlashda katta ahamiyatga egadir. О‘zbekiston
Respublikasi konchilik sanoati rivojlangan mamlakatlar qatorida yetakchi
о‘rinlarda turadi.
Hozirgi vaqtda respublikada konchilik sanoatining quyidagi tarmoqlari
mavjud bо‘lib, ular yuqori sur’atlarda rivojlanib bormoqda:
-
yoqilg‘i qazib chiqarish (kо‘mir, yonuvchi slanetslar, neft, tabiiy gaz,
uran);
-
rangli metallurgiya (oltin, kumush, miss, rux, qо‘rg‘oshin, volfram va
boshqalar);
-
kon-kimyo xom ashyosi qazib chiqarish (appatit,fosforit va turli mineral
tuzlar);
-
tabiiy qurilish materiallari qazib chiqarish (granit, marmar, tuf,
ohaktosh, shag‘al, qum, soz tuproq va boshqalar).
Hozirgi vaqtda О‘zbekiston Respublikasi hududida 2800 ga yaqin turli
foydali qazilma konlari topilgan. Ulardan 850 dan kо‘prog‘i tо‘la razvedka
qilingan va 400 ga yaqini ishlatilmoqda. Biroq shuni aytish kerakki, ishlatilayotgan
konlarning qariyb 80-85% tabiiy qurilish materiallari konlariga tо‘g‘ri keladi. Bu
konlarni qazib olayotgan korxonalarining ishlab chiqarish quvvati juda kichik
bо‘lib, kon massasi bо‘yicha unumdorligi 25-50 ming tonna (yoki kub metr) ni
tashkil qiladi. Shu bilan bir qatorda о‘rta va katta ishlab chiqarish quvvatiga ega
bо‘lgan konchilik korxonalari ham respublika iqtisodiyotida muhim о‘rin tutadi.
Ularga Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Navoiy kon-metallurgiya kombinati,
О‘zbekiston “Kо‘mir” aksionerlik jamiyati, shuningdek, kо‘plab neft va tabiiy
gazni qazib chiqaruvchi korxonalar misol bо‘la oladi.
Konchilik ishi insoniyat faoliyatining asosiy kо‘rinishlaridan biri bо‘lib,
hayot darajasi va sivilizatsiyaning о‘sishini ta’minlaydi. Kon ishlari sanoat ishlab
chiqarishning yetakchi tarmog‘i sifatida konlarni razvedka qilish, ularni qazib
chiqarish, qazib olingan xom ashyoni dastlabki qayta ishlash, konchilik korxonalari
qurish va turli vazifalarni bajarishga mо‘ljallangan yer osti inshootlarni barpo etish
kabi ishlarni о‘z ichiga oladi.
Konchilik sanoati kon ishlari tarkibini tashkil qiluvchi bо‘g‘in sifatida
foydali qazilma konlarini qazib olish va dastlabki boyitish ishlarini amalga
oshiradi. Konchilik sanoati mamlakat xalq xо‘jaligiga yoqilg‘i (kо‘mir, yonuvchi
slanetslar, torf, neft, tabiiy gaz), qora, rangli va radioaktiv metallar rudalari, kon-
kimyo xom ashyolari, qurilish materiallari va boshqa xom ashyolarini yetkazib
beradi.
Yuqorida sanab о‘tilgan xom ashyo va minerallarning dunyo miqiyosida
qazib chiqarish, ekspertlar hisobi bо‘yicha 160-180 mlrd. tonna kon massasini
tashkil qiladi.
Hozirgi vaqtda har yili yer ostidan 8 mlrd. tonna yoqilg‘i, 570 mln.t qora
metall rudasi, 170 mln.t rangli metall rudasi, 620 mln.t industrial mineral xom
Ashe qazib olinmoqda. Biroq zamonaviy texnika va texnologiya qazib olingan kon
massasining atigi 3 -5 % dangina foydalanishni ta’minlamoqda, xolos. Qolgan 95-
97 qismi sanoat chiqindisi hisoblanadi.
Konchilik sanoati korxonalarida kon qazish ishlarining о‘ziga xos
xususiyatlari mavjud, ularning asosiylari quyidagilar:
-
foydali qazilma konlarini о‘zlashtirish atrof muhitga bevosita ta’sir
kо‘rsatib qator ekologik muammolar kelib chiqishiga sabab bо‘ladi;
-
ish joylarini doimo surilib turishi kon qazish ishlarini
mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish va tashkil qilishga alohida talablar
qо‘yadi;
-
qazish ishlarini tobora chuqurlashib borishi natijasida kon-geologik
sharoitlarni murakkablashib borishi, gazodinamik xodisalarning sodir
bо‘lish ehtimolligi, shaxta (rudnik) atmosferasi haroratini kо‘tarilishi
kabi omillarning mavjudligi. Bularning hammasi kon ishlarining
murakkab va xavfli bо‘lishiga olib keladi.
Odamlar tomonidan ishlatilganda yetarli darajada samara beradigan, organik
yoki anorganik kelib chiqishga ega bо‘lgan tabiiy minerallarni foydali qazilma
deyiladi. Foydali qazilmalarni qazib olish deganda ularni yer qobig‘idan chiqarib
olish tushuniladi. Tabiatda foydali qazilmalar qattiq, suyuq va gazsimon
kо‘rinishlarda uchraydi.
Foydali qazilmalarning qazib olishning quyidagi usullari mavjud: yer osti,
ochiq, geotexnologik, skvajina va aralash usullar. Foydali qazilmalarni qazib
olishni konchilik korxonalari amalga oshiradi.
Konchilik korxonasi – konlarni razvedka qilish, qazib chiqarish va boyitish
ishlarini bajaruvchi mustaqil ishlab chiqarish birligi. Foydali qazilmalarni qazib
olib, dastlabki boyitish ishlarini bajaruvchi korxonalar qazib chiqaruvchi
korxonalar deyiladi. Qazib chiqaruvchi korxonalarga shaxta, rudnik, karyer
(razrez) kabi korxonalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |