24
Haqiqatni ko’rish uchun hayotni kuzatsang bas…
Dostu,
sen gul yaproqlari qoʼshilgan non yeb koʼrganmisan? Shunaqasini
tayyorlashni oʼrganayapman. Amirga bir qop quritilgan lavanda olib
kelishdi, endi bizda baxor iforini taratadigan non bor. Lavandali xamirga
akas asali koʼshayapmiz gʼaroyib uygʼunlik. Oying xam oshxonada
quritilgan gullardan foydalanib koʼrayapti. Lavanda va dengiz tuzi
aralashmasi aralashmasi bilan goʼshtni ziravorlaydi, uni yana qovurilgan
kartoshkaga sepsa xam boʼladi. Atirgul va apelsin gulbargini
xavonchada kalampirga qoʼshgancha tuyib salatlarga ishlatayapti.
Leon novvoyxonada bizga yordam berayapti. Gulbarglarni
yaproqlari orasiga qoʼshilib qolgan butoqcha va gulbandlarni terib oladi,
agar shunday qilib turmasa xamirning taʼmi oʼzgarib qoladi. Leon ishga
bor eʼtiborini qarata olmaydi, uni tomchilayotgan suv ham, oʼtib
ketayotgan mashina shovqini xam, deraza terib tovoqchaga solarkan, gul
ortidagi sovqotgan chagʼalaylar kichkirigʼi xam bezovta qilaveradi. Biz
bunga eʼtibor bermaymiz. Leonning oʼzi qiziqib ketgan taqdirdagina bu
jarayonga bor diqqatini jam qiladi. Yalinishlar befoyda.
Munosabatlarimiz doʼstlik deganlaridan biroz kattaroq. Avvallari
unchalar ham kelisha olmasdik, ammo Jan bilan Darya safarga
ketganlaridan keyin ancha yaqinlashdik, birgalikda ishimga kelamiz.
Kunning yarmida Mariya Leonni uyga olib ketadi. U yerda Leonni
mazali tushlik, Mars bilan sayr hamda yostigʼining tagida saqlaydigan
onasining sochqistirgichi kutib turadi.
Leonning sharofati bilan otalik tuygʼularini qayta boshdan
kechirayapman. Avvaliga senga sotqinlik qilmayapmanmi deya biroz
oʼngʼaysizlandim, keyin yengillashdim. Yuragimda, Dostu, senga
boʼlgan tuygʼularim va bolakayga atalgan taftni ajratib turadigan aniq
Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli
@BookBek
bir chiziq oʼtdi. Bir buloqdan boshlangan ikki irmoq: oʼzanlari aloxida,
suvi esa oʼsha-oʼsha bir xil.
Jan bilan boʼlib oʼtgan suhbatlarimizdan birida u Darya va Leon
paydo boʼlganidan keyin uning xayotdagi muxabbati va hadiklari
anchagina koʼpayganini aytgandi.
«Men bir muncha noziktaʼb boʼlib qoldim, axir endi ikki sevimli
kishilarim uchun ham javobgarman. Hamisha ularning yonida boʼlishim
va asrashim kerak!»
Men doʼstimning kiftiga qoqib, uning muloxazalarini qoʼllab-
quvatlagan boʼldim. Axir oila boshligʼi bir kun davomida oʼzini bir
necha boʼlakka boʼlishiga toʼgʼri keladi. Barchasiga ulgurishi,
barchasidan xabardor boʼlishi kerak.
«Aynan shunday balogʼatga yetiladi, Jan. Darya va Leonning
sendek pushti-panohi bor ekan, ularni hech kim xafa qilmaydi!» Qizim,
qanchalar qiyin boʼlsa xam taslim boʼlmaydigan, oʼz oilasining gʼamini
yeydigan, sevganining qoʼlini mahkam tutadigan va u yoqtiradigan
gullar qachon qiygʼos gullashini biladiganlar haqiqiy erkakdir.
Bir xil erkaklar oilasidan shodlik va quvvat manbaasini topishadi,
boshqalari esa balogʼatga yetolmay charchashgani, xarob boʼlganlaridan
nolishadi.
«Ota boʼlish - ota boʼlib qolishdan koʼra ancha osonroq!»
Afsuski, koʼplab erkaklar faqat ogʼizdagina jangchi va boquvchi.
Dostu, odamning aytganlari emas xatti-harakatlari uning shaxsi va
senga boʼlgan munosabati haqida soʼzlaydi. Haqiqatni koʼrish uchun uni
kuzatishgina yetarli.
Seni sogʼingan,
Dadang
Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli
@BookBek
Do'stlaringiz bilan baham: |