Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli
@BookBek
velosipedga mingashib, shaharga eltuvchi yoʻl boʻylab sayr qilamiz.
Bolakay mening gaplarimga hech qanday belgi- ishora bildirmasada u
bilan suhbatlashaman.
"Mana shu yoʻldan Jan oying Darya bilan biz tomonga
shoshilmoqda... "
Velosipedning orqa oʻrindigʻida oʻtirgan Leon oʻziga xos ovozda
baqirgancha ortimizda qolayotgan uylarning raqamlarini eʼlon qilib
boradi. Qiqirlaydi. Oftobdan biroz qurigan asfalt boshqa sohilga
ketganlar va qaytmaganlar izini yodida saqlaydi.
Yarim soatdan keyin Leon yelkamni chimdiydi. U charchadi, uyga
qaytish kerak, Mariya ham tushkunlikni tayyorlagancha kutib qolgan
boʻlsa kerak.
"Marsning yoniga qaytaylik..."
Ummon oʻzi haqda hammasini aytib beradigan doʻsti paydo
boʻlishini boshqa kutmaydigandek qovogʻini solib oldi.
Bolani velosipeddan qoʻlimga olib, uyga eltgunimcha uxlab qoladi.
Mariya uni divanga yotqizib, ustiga xantal tusli koʻrpa tashlab qoʻyadi.
"Mayli, biror soat mizgʻib olsin. Bizning qizimizni kabi Leonni
ham sayr sokinlashtiradi. Esingdami, sizlar sayrlardan qanday
qaytardinglar? Baxtiyor va mudragan holda... "
Qizim, sen uyimizni yaxshi koʻrarding, ammo toʻrt devor orasida
oʻtirib qolishni yoqtirmasding. Bizlarni yoʻllar, ayniqsa ummonga
eltadiganlari chorlaydi. Roʻzgʻorga qarashmayotganliging uchun oyingni
jahli chiqardi. Sen yonimga kelvolgancha hiqillashga tusharding.
"Dada, idishlarni chanoqdan shkafga taxlashdan yoki baribir
gʻijimlanadigan
kiyimlarni
qayta
dazmollashdan
charchashni
xohlamayman. Yangi yoʻllar, yoʻnalishlarda charchatishini xohlayman!"
Qayerga borishingni tasavvur qilu, bunga qancha vaqt va kuch
sarflashingni oʻylama. Sen uchun eng yaqin yoʻnalish yaqinlaring uchun
Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli
@BookBek
xatodek koʻrinishi mumkin. Shuning uchun tanlagan yoʻling jarlikka
eltadi, deydiganlarning gaplariga quloq solma.
Leon uxlayotgan paytda Mariya mayizni olma pecheniysi
tayyorlashga jazm qildi. Koritsa, muskat yongʻogʻi, chinnigul, jigarrang
shakar kabi ziravorlar tufayli bu pecheniyening taʼmi odamga iliqlik
bagʻishlaydi u juda ham yumshoq, poʻrsildoq chiqadi. Faqat olmani
maydaroq qirgʻichdan oʻtkaz --- shunda xamirda sharchalarni uzib olish
qulay va koʻrimli boʻladi.
Qizim, albatta buni tayyorlab koʻr, juda oson. Senga u yoqda ham
iliqlik hamroh boʻlishini istayman.
Mariya sariyogʻni shakar bilan koʻpirtirarkan, bolaligida
qoʻshnilari bir-birini oʻz shirinliklari bilan yoʻqlashlarini esga oldi.
"....Birinchi qavatdagi chevar Stella gilosli piroglar pishirardi.
Yuzasiga qandupa sepilgan bir juft pirog boʻlagi bilan buvingni yoʻqlab
chiqardi.
Olib kelgan shirinligini qandaydir betamiz, misol uchun Ella Mey
Morsning yengil-yelpi qoʻshigʻi xirgoyisi bilan dabdabali tarzda
topshirardi. Oyim esa unga javoban oʻzining mana shu pecheniyesidan
chiqarardi. Oyim Stellani oʻzi yoʻgʻida yengiltakroq deb taʼriflasa-da, u
bilan munosabati yaxshi boʻlishiga urinardi. Chevar qoʻshnimizning
kechalari atrofdagilar eshitadigan tarzda baland xirgoyi qilishimi, yo
toʻrt marta er koʻrganigami, shunaqa degan boʻlsa kerak. Yaxshi paytlar
edi.... Mayli, koʻp ezmalanmay, sutni uzatvor, xamirni qoʻshadigan payt
keldi. "
Dostu, olmali pecheniyedan senga ham olib qoʻydik.
Dadang
Do'stlaringiz bilan baham: