Qaytar dunyo (Hikoya) Surxon vohasining soʻlim Boysun kengliklarida, otasidan erta ayrilgach, ham ota



Download 13,68 Kb.
bet3/3
Sana01.01.2022
Hajmi13,68 Kb.
#281521
1   2   3
Bog'liq
Qaytar dunyo hikoya

dil yorgani chiqyapsan qarshisiga, manovi xum kallani ishlat”, deb qo‘shib qo‘ydi ham kursdoshi, ham do‘sti bo‘lgan Muxtor. Butun tanasi ter ichida, qo‘lida bitta atirgul, Pushkin bobosi bilan hasratlashib turgan Nurali uzoqdan kelyotgan Tojigulni ko‘rdi-yu, butun repititsiya uchdi-ketdi.

–Assalomu aleykum.

–Va… va… vaaleykum assalom.

– Kuttirib qo‘ymadimmi?

– Yo‘q-yo‘q, hozir keldim – dedi Nurali naqd ikki soat kutgani ham esdan chiqib. Yosh edilar, Nuralining jo‘qqicha aralash gaplari, har holda besh yillik Toshkent tajribasi Tojigulning ko‘ngliga yo‘l topa oldi. Shimlar hech dazmoldan tushmas, sochlar ham aniq kishi uchun taralar, o‘rtog‘ining yarim atiri esa Nurali tomonidan allaqachon tugatilishga mahkum qilingan edi. Shirin sevgi, visol og‘ushi, otashli qarashlar, jo‘shqin muhabbat barcha oshiqlar kabi Nuralining ko‘zini ham ko‘r qilgan edi. O‘yinqaroq Tojigul bu safar “merganlikda” anchagina adashgan edi. Adashganda ham juda qo‘pol adashish edi. O‘yin deb otgan o‘qi o‘zi bilan birga Nuralining ham naq yuragiga sanchilgan edi. Qattiq sevdilar, Alloh uchun sevdik dedilar. Ne qilishsin, sevgining ko‘zi ko‘r ekan, Tojigul unashtirilganini unutganida Nurali to‘y rejasni tuzayotgan edi. Kun ortidan oy quvlab yarim yil ham o‘tib ketdi. Duolarda ismlar zil qoqayotgan edi: “Alloh Tojigulni, Alloh Nuralini sen uchun sevdim, biz uchun xayrlisini nasib qilgin”. Ular istagan o‘sha xaylisi bo‘ladigan kun yetib keldi. Avvaldan roziligi olingan Tojigulning oldidan yana bir o‘tilgach uyiga sim qoqqan Nurali onasining kelin dardiga darmon bo‘ldi. Ammo, barchasi aksiga oldi. Tojigul qayerdan, kimdan, qanday kuch oldi bilmayman, Nuraliga barcha haqiqatlarni aytmasdan undan ayrilishini, uni hech sevmaganini, bularning barchasi bir o‘yin ekanligini aytib, qo‘shimchasiga “sizdan foydalandim”ni ham qo‘shib qo‘ydi. Tomdan tushgan tarashadek telefondagi bu xabarni o‘qigan Nurali avvaliga nima bo‘layotganini tushunmadi. Hovliqib yotoqoxona komendantidan Tojigulni so‘raganida “kecha kechqurun qishloqqa ketdi”, javobini oldi. Sanog‘ida o‘zi ham adashib ketgan javobsiz xabar va sim qoqishlardan keyin qaydasan Boysun deya yo‘lga otlandi. Poyezdning taqillashiga toqat bo‘ladimi unday vaqtda, ignaning teshigidan tuya o‘tib ketishi oson yo‘l azobidan ko‘ra. Vokzalga tushishi bilan Chorchinorlik do‘stining “Jiguli”siga o‘tirdi-yu Sho‘rsoy tomon ravona bo‘lishdi. Besh kilometr yuragach o‘ngdagi harsangtosh soyasida toychog‘ini to‘xtatgan Muxtor “nega to‘xtading, davom etmaymizmi, tinchlikmi”larga javob tariqasida bir maktub chiqarib Nuraliga uzatdi, yelkasiga sekin qoqib qo‘ydida mashinadan tushib, unga suyangancha uzoqlarga qaradi. Sher quvib kelyotgandek shoshilib maktubni ochgan Nuralining lablari avvaliga tez, keyin sekinlashib maktubni shivirlay boshladi. Maktub barcha haqiqatlar talqini va oxirida bir uzr bilan yakunlangan edi. Oradan bir soatlar vaqt o‘tgach Nurali mashinadan tushdi, Muxtorga bir parcha qatlangan qog‘ozni uzatdi, vokzalga o‘zi ketishini aytib undan ayrildi. İkki qadam tashladi-yu orqasiga qarab “Tojigulga yetkaz”, dedi “xayrlashuv maktubi”ga ishora qilib.

Yillar o‘tdi. Uzoq yillik ziyoratlar, tabib, do‘xtirlarning davolashidan keyin Alloh Tojigulga farzand berdi. Tirnoqqa zorlik Tojigul va turmush o‘rtog‘ini muk tushirgan, g‘amlarga sherik qilgan edi. Ha, Alloh ularga farzand berdi, berishga berdi-yu, dard bilan berdi. Farzandining jismoniy imkoniyati cheklangan edi. Nogiron edi. Boshqa farzand bermadi Alloh. Robbim bitta tirnoq bilan siyladi, balki sinadi. Kunlarning birida olti yashar o‘g‘lini yotoqqa yotqizar ekan Tojigulning qulog‘ida o‘kinch, dard, g‘am va alam aralash bir yangradi.

– Ena.


– Ha, bolam.

– Men nega nogironman?



– …

Hech narsa demadi, balki deya olmadi. Aniqrog‘i, deyishga jurati yetmadi. Yotog‘iga bordi, sarxush erining xurraklarini ozroq eshitdi, so‘ng turib yerto‘laga tushdi, talabalik yillaridagi barcha xotiralarni zanjirband qilgan sandiqni ochdi, shoshilib barcha narsalarni chiqarib otdi-yu, bir kitobni qo‘liga oldi, go‘yo kelib qolgan joyidan davom ettirish uchun kitobning aniq sahifasini ochdi. Avvaliga g‘ijimlanib keyin tekislangan qog‘oz parchasi – Nuralining xatini yana bir bor shivirlab o‘qidi. O‘qidi-yu ko‘zidan bir tomchi yosh (tavba, afsus, pushaymonlik yoshi) yumalab yuzlarini silagancha labiga bir qo‘nib, kitob yuzida ho‘l dog‘ qoldirdi. Maktubda shunday yozilgan edi: “Sen mening qalbimni nogiron qilding”.
Download 13,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish