Qayta tiklanuvchi energiya manbalari


 Mis naychalardan yasalgan quyosh kollektorlari



Download 4,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/145
Sana01.01.2022
Hajmi4,44 Mb.
#291569
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   145
Bog'liq
2 5420616419702214711

5.3.5. Mis naychalardan yasalgan quyosh kollektorlari 
 
Mis  naychalardan  yasalgan  quyosh  kollektorlarini  uy  sharoitida  qo‘l  ostidagi 
oddiy  materiallardan  yasash  mumkin.  Naychalarning  misdan  yasalishi  metallning 
zanglash  va  karroziyaga  uchrashga  chidamliligi  va  yuqori  issiqlik  o‘tkazuvchanlik 
xususiyatiga egaligidadir. Mis naychalardan yasalgan kollektorning tuzilishi quyidagi 
5.22-rasmda berilgan. 
 
 
 
 
5.22-rasm

Mis naychali quyosh kollektorining tuzilishi
 
 
 
 
 
 
 
 
 


134 
 
6. QUYOSH NURIDAN  ENERGIYA OLISH 
 
6.1. Quyosh nurining afzalliklari 
 
Quyosh  nuri  millard  yillar  davomida  yer  yuziga  tushib  barcha  tirik 
organizmlar,  o‘simliklarning  bahra  olib  yashashi,  gurkirab  o‘sishi,  rivojlanishini 
ta’minlab bera olganligi sababli ekologik toza energiya manbai etib qabul qilingan.     
 
Sodda  qilib  aytganda,  insoniyat  quyosh  nuridan  foydalanishda  aql  bilan  ish 
yuritishi,  undan  unumli  foydalanishi,  quyosh  nurini  jamlash,  yo‘naltirib  maqsadli 
foydalanish  bilan  birga  yer  yuzida  ekologik  musaffolikka  salbiy  ta’sir  etmaydigan 
texnologiyalarni  kashf  etishi  va  qo‘llashi  kerak.  Chunki  quyosh  yer  yuzida  iqlim 
o‘zgarishlarini yuzaga keltirish, ekologik muvozanatni buzish imkoniyatiga ega. 
Masalan,  yil  davomida  Yerga  1018  kVt.s    quyosh  energiyasi  yetib  keladi  va 
shuning  2  %  tabiiy  qazilma  boyliklardan  2  ×  10
12
  tonnasini  yoqish  natijasida 
olinadigan  energiya  miqdoriga  teng.  Ushbu  ko‘rsatkich  butun  dunyoda  yoqiladigan 
yoqilg‘i  resurslarining  6  ×  10
12 
  tonna  yoqilg‘ini  yoqish  natijasida  olinadigan 
energiyaga mos keladi. B. Luchkovning fikricha quyosh energiyasi kelajakda boshqa 
tur energiya resurslarining o‘rnini to‘liq egallay oladi.  
  
Ayrim  hududlarda  quyoshning  nurlari  juda  zaifligi  sababli  quyosh 
energetikasini  rivojlantirish  iqtisodiy  jihatdan  o‘zini  oqlamaydi.  Masalan  40
0
 
kenglikda  joylashgan  hududdagi  quyoshning  quvvati  0,3  kVt/m
2
  ni  tashkil  etadi. 
Mazkur  hududning  yuqori  qismidagi  atmosferada  1,4  kVt/m
2
  ga  teng.  Ushbu 
hududlarda  quyosh  energetikasining  jadal  rivojlantirishga  quyosh  nurlarining 
yetishmasligi  salbiy  ta’sir  ko‘rsatadi.  Buning  uchun  maxsus  moslamalar  yordamida 
katta  maydonlardan  quyosh  nurini  yig‘ish,  jamlash  va  yo‘naltirish  kerak  bo‘ladi. 
Katta  quvvatli  quyosh  elektrostansiyalariga  katta  maydonlar  kerak  bo‘ladi.  Hozirgi 
kunda  faqatgina  kichik  quvvatli  quyosh  manbalaridan  ta’minlanuvchi  xususiy 
iste’molchilar  (aholi turar  joylari, idoralar  va boshqa  iste’molchilar) uchun   quyosh 
manbalaridan foydalanilmoqda.      


135 
 
 
Quyosh  elektrostansiyalari  orasida  katta  zavodlar  va  yirik  iste’molchilarni 
ta’minlashda  minora  tipidagi  quyosh  elektrostansiyalari  keng  tarqalgan.  Ushbu 
elektrostansiyalar  maxsus  balandlik ustiga  o‘rnatilgan  katta hajmdagi  suv qozondan 
va  pastdan  yuqoriga  tomon  atrofida  ko‘p  sonli  oynalar  (geliostatlar)  o‘rnatilgan 
minora  atrofida  unga  quyosh  nurini  yo‘naltiruvchi  parabola  shaklidagi  botiq 
oynalardan  iborat  bo‘ladi.  Oynalar  quyosh  nurini  maksimal  darajada  qabul  qilish 
imkoniyatiga  ega  bo‘lishi  uchun  maxsus  burilish  mexanizmi  bilan  jihozlangan.  
Qozondagi suvning quyosh energiyasi ta’sirida qizishi natijasida hosil bo‘lgan bug‘ 
issiqlik elektrostansiyasining turbogeneratorini aylantirishga sarflanadi.   
Quvvati  0,1  –  10  MVt  li  quyosh  elektrostansiyalari  unchalik  katta  bo‘lmagan 
zavod,  korxona,  nasos  stansiyasi  yoki  aholi  turar  joylarini  elektr  energiyasi  bilan 
ta’minlash imkoniyatiga ega. Bunday elektrostansiyalar AQSH, Fransiya, Yaponiya, 
Germaniya  kabi  bir  qator  malakatlarda  qurilgan.  Hozirda  quvvati  100  MVt  li 
elektrostansiyalardan foydalanish ustida jiddiy izlanish ishlari olib borilmoqda.  
  
Ayni  paytda  ushbu  tipdagi  elektrostansiyalarni  keng  masshtabda  qurish  va 
foydalanishga  iqtisodiy  ko‘rsatkichlarning  qimmatligi  to‘siq  bo‘lmoqda.  Chunki 
mazkur  elektrostansiyalarda  ishlab  chiqariladigan  elektr  energiya  tannarxi  issiqlik 
elektrostansiyalari (IES) ga nisbatan 6 – 8 martaga qimmat.  
Kelgusida  narxi  arzon,  ishlab  chiqarish  qobiliyati  yuqori,  chiqaradigan  elektr 
energiyasining tannarxi arzon bo‘lgan quyosh elektrostansiyalarini kashf etila borgan 
sari bunday tipdagi quyosh elektrostansiyalarga ehtiyoj ortadi.  
 

Download 4,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish