Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Kompyuter texnologiyalardan foydalangan dars



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/127
Sana08.07.2022
Hajmi2,22 Mb.
#758763
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   127
Bog'liq
Ona tili fanini o`qitish metodikasi. O`quv-uslubiy qo`llanma.

Kompyuter texnologiyalardan foydalangan dars 
Zamonaviy informasion texnologiyalardan ta’lim va tarbiya jarayonida 
foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki o`quvchilarning kompyuter 
texnologiyalari vositalari orqali oladigan axborotlar hajmi ko`p bo`lishi bilan 
birga ular turli tumanligi bilan ajralib turadi. Natijada o`quvchilarning 
o`rganayotgan predmeti bo`yicha tasavvurlari kengayib boradi. Shu bilan birga 
ilg`or zamonaviy ta’lim dasturlari asosida dars jarayonlarini qiziqarli, yuqori 
samarali tashkil qilish imkoniyatlari kattadir. Ilg`or pedagogik texnologiya 
ta’lim jarayonida zamonaviy axborotni qo`llash bilan birga bilimli, qobiliyatli va 
iqtidorli o`quvchilarni tayyorlash sifatini va sonini oshirishda imkon beruvchi 
usullardan biridir. Ta’lim-tarbiya jarayonini yangicha, zamonaviy tashkil etish, 
ta’lim mazmunini o`zgartirish, dars sifat va samaradorligini oshirish 
o`qituvchilar ma’suliyatini yanada oshiradi. 
Ta’lim jarayonida kompyuter texnologiyalardan foydalanishning 
zamonaviy yo`nalishlari sifatida quyidagi usullarni keltirish mumkin: 
2.
 
Nazariy materiallar, grafiklar, matnlarni kompyuter sinflarida 
namoyish qilish: 
Audio va video terminallar bilan jihozlangan xonalarda nazariy 
ko`rgazmali materiallar namoyish qilish o`quvchilarda o`rganilayotgan mavzu 
bo`yicha bilim va ko`nikmalarni shakllantiradi. 


159 
“Davlat ta’lim standarti va o`quv dasturi”ga asoslangan holda mazkur 
axborotda ona tili darslarida xalq og`zaki ijodi matnlaridan foydalanishning bir 
usuli xususida fikr bildirmoqchimiz. 
Til darslari jarayonida yuqori bilim berish va savodxonlikni ta’minlashda 
xalq og`zaki ijodi manbalarining o`rni o`zgacha. Chunki, xalq og`zaki ijodi 
manbalari umumxalq adabiy til, xalq etnografiyasi, xalq tarixi, jamiyat ijtimoiy-
siyosiy o`zgarishlari aks etgan xazina. 
Til va adabiyot o`qituvchisi o`quvchilarni xalq og`zaki ijodi asarlarini 
o`rganish, tanishtirish orqali ularning ongi, dunyoqarashini shakllantiradi. Ijodiy 
tafakkurning ilk kurtagi bolalikda, boy ijodiy merosdan bahramand bo`lish 
jarayonida paydo bo`lar ekan. Shuning uchun o`quvchilarning yoshini nazarda 
tutib, ertak, afsona, dostonlarni bola ongiga singdirish lozim. Ta’lim jarayonida 
nafaqat adabiyot darslarida, balki ona tili darslarida ham xalq og`zaki ijodidan 
unumli foydalanish zarur. Buning uchun ona tilini o`rgatishda yangi kompyuter 
texnologiyalaridan foydalanish ijobiy natijalar berishi mumkin. Ana shu 
qulayliklardan foydalanish bir qancha ishlarni amalga oshirishni talab qiladi. 
Bular quyidagilar: 
1.
O`quvchilarning monitor orqali mavzularga doir testlardan foydalanish 
uchun mavzuli testlar to`plami tuzildi va kompyuter xotirasiga kiritildi. 
2.
Mavzuviy lavhalar kiritildi. 
3.
Ayrim mavzularga oid mashqlar kompyuterga kiritildi. 
4.
Kompyuter yordamida dostonlar matnlarining chastotali lug`ati yaratildi. 
5.
Dostonlar matnida uchrovchi ayrim so`zlarning izohli lug`ati tuzilib 
kompyuter xotirasiga kiritildi. 
Ushbu dastur bir vaqtning o`zida ham mavzuviy lavhalarni ko`rib, 
mashqlarni ishlash, ham testlarni o`rganish va lug`atlardan foydalanish imkonini 
beradi. 
Ma’lumki, o`quvchilarda mavzuning mohiyatini ochishda ijodiy 
yondashish, mustaqil ravishda fikrlashni tarbiyalash, fikrni og`zaki va yozma 
shakllarda to`g`ri va ravon ifodalashga o`rgatish ona tili ta’limining mazmuni 
hamda shaklini tubdan o`zgartirishni talab qilmoqda. 


160 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish