Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti til va adabiyot ta



Download 59,1 Kb.
bet11/37
Sana27.02.2021
Hajmi59,1 Kb.
#60266
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37
Bog'liq
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti til v

Ikki nuqta

Ikki nuqta o‘zbek yozuvida XIX asrning oxiri va XX asrning boshlaridan e’tiboran ishlatila boshlangan.

Ikki nuqta quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:

1.Shaklan tugallangan, lekin mazmunan keyingisi birinchisining uzviy davomi sanalgan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda ishlatiladi.



Mehmon rost aytadi:odamning himmati qilgan ishidan bilinadi. (M.G.)

Oltmishga kirib bildim: umrim bekorga o‘tmabdi, odamlarga kerakli ekanman, hayotda iz qoldiribman. (A.Qahhor)

2. Umumlashtiruvchi bo‘lak uyshuq bo‘laklardan oldin kelganda: O‘zbekiston Respublikasining Davlat ramzlari: Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi va Davlat madhiyasi milliy iftixorimiz, sharaf va shonimiz sanaladi.

3. Muallif gapi ko‘chirma gapdan oldin kelganda: Rus halqining atoqli lashkarboshisi Suvorov shunday degan edi: “Son bilan emas, mahorat bilan jang qiladilar”.

4. Nutq ichida masalan, misol, chunonchi, mavzu, reja, qaror qilindi kabi so‘zlardan so‘ng qo‘yiladi.



Masalan: maktab, kollej va zavodlar qurildi.

Mavzu:A.navoiyning ”Farhod va Shirin”dostoni.

5. Uslubiy ravonlikni, muxtasarlikni ta’minlash maqsadida turli xil rasmiy ma’lumotlarda, nashr ishlarida ayrim so‘zlardan keyin qo‘yiladi.

Toshkentda ”Mustaqil O‘zbekiston: falsafa va huquqning dolzarb masalalari” mavzusida uchinchi an’anaviy respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

6. Sport musobaqalarida raqiblar o‘rtasidagi hisobni ifodalash uchun olingan ochkolar yoki kiritilgan gollarning nisbatini belgilashda qo‘llanadi.

”Andijon” va ”Paxtakor” jamoalari orasidagi o‘yin durang natija bilan tugadi – 2:2

Tire

Tireni amaliyotga rus yozuvchisi N.M.Karamzin (XVIII asr) kiritgan. U o‘zbek yozuvida XIX asrning 70-yillaridan boshlab ishlatila boshlangan.

Tire quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:

1. Diologlarda har bir shaxs nutqini birini ikkinchisidan ajratish uchun qo‘yiladi. Kozimbekka Saida qaradi. Kozimbekning rangi bir ahvolda bo‘lsa kerak, qushi uchib deraza oldiga keldi.



-Tinchlikmi?

-Tinchlik, dedi Kozimbek o‘zini bosib,-Toshkentdan keldim… Saida taajjublanganday bo‘ldi.

- Bilaman kecha kelgan edingiz…

- Mashinani olib keldim…

-Shunaqami… Qutlug‘ bo‘lsin! Qani?

- Hovlida, qo‘lingiz bo‘shasa, bir bir aylantirib kelsam degan edim.

-Rahmat... Biron soatda bo‘sharman. (A.Q.)

2. Bog‘lovchisiz qo‘llangan ot kesim bilan ega ortasida ishlatiladi.



Til – millatning qalbi. Mehnating – boyliging.

3. Uyushiq bo‘laklardan keyin kelgan umumlashtiruvchi so‘zdan oldin keladi.



O‘zbek, qirg‘iz, qozoq, turkman, tojik – barchamiz bitta yurtning farzandlarimiz.

Payonsiz paxta dalalarining husni va barakasi, so‘lim bog‘larning sharbati va gullarning ming tovlangan ranglari – barchasi suv tufayli. (O.)

4. Muallif gapi bilan ko‘chirma gap orasida qo‘yiladi.



”Oddiylik axloqiy barkamolikning bosh shartidir”, - deb yozgan edi L.N.Tolstoy.

5. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda ikkinchi gapning kesimi tushirilsa ishlatiladi.



Olamni quyosh yoritadi, insonni – ilm.

6. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda: Vataning tinch - sen tinch. (maqol)

7. Zid ma’noli bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar orasida: Vaqting ketdi – baxting ketdi.

8. Ko‘chirma konstruktsiyalarni chegaralash uchun: Hovli o‘rtasidagi yosh nihollar orasidagi bola Ma’rifat Hojining o‘g‘ilchasi bo‘lsa kerak - kapalak quvib yurardi. (“Sharq yulduzi”)

9. Kochirma gaplarda avtor gapini ajratish uchun: “Ko‘rdingizmi, Olimjon aka, - dedi oyqiz erga qarab,- tabiat bizning qo‘limizda”. (Sh.R.)

10.Tenglik, taqqoslash ma’nolarini bildiruvchi so‘zlar orasida nutqni ixchamlashtirish uchun:

Andijon-Maskva poezdi. “Paxtakor”-“Dinamo”. 22.00-“Vaqt” informatsion programmasi. Toshkent-1977 y.

11. Ayrim so‘z yoki gaplar izohlansa, ularning orasida: O‘zbekiston Milliy sug‘urta kompaniyasi – ”O‘zbekinvest”.




Download 59,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish