Ikki nuqta
Ikki nuqta o‘zbek yozuvida XIX asrning oxiri va XX asrning boshlaridan e’tiboran ishlatila boshlangan.
Ikki nuqta quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:
1.Shaklan tugallangan, lekin mazmunan keyingisi birinchisining uzviy davomi sanalgan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda ishlatiladi.
Mehmon rost aytadi:odamning himmati qilgan ishidan bilinadi. (M.G.)
Oltmishga kirib bildim: umrim bekorga o‘tmabdi, odamlarga kerakli ekanman, hayotda iz qoldiribman. (A.Qahhor)
2. Umumlashtiruvchi bo‘lak uyshuq bo‘laklardan oldin kelganda: O‘zbekiston Respublikasining Davlat ramzlari: Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi va Davlat madhiyasi milliy iftixorimiz, sharaf va shonimiz sanaladi.
3. Muallif gapi ko‘chirma gapdan oldin kelganda: Rus halqining atoqli lashkarboshisi Suvorov shunday degan edi: “Son bilan emas, mahorat bilan jang qiladilar”.
4. Nutq ichida masalan, misol, chunonchi, mavzu, reja, qaror qilindi kabi so‘zlardan so‘ng qo‘yiladi.
Masalan: maktab, kollej va zavodlar qurildi.
Mavzu:A.navoiyning ”Farhod va Shirin”dostoni.
5. Uslubiy ravonlikni, muxtasarlikni ta’minlash maqsadida turli xil rasmiy ma’lumotlarda, nashr ishlarida ayrim so‘zlardan keyin qo‘yiladi.
Toshkentda ”Mustaqil O‘zbekiston: falsafa va huquqning dolzarb masalalari” mavzusida uchinchi an’anaviy respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
6. Sport musobaqalarida raqiblar o‘rtasidagi hisobni ifodalash uchun olingan ochkolar yoki kiritilgan gollarning nisbatini belgilashda qo‘llanadi.
”Andijon” va ”Paxtakor” jamoalari orasidagi o‘yin durang natija bilan tugadi – 2:2
Tire
Tireni amaliyotga rus yozuvchisi N.M.Karamzin (XVIII asr) kiritgan. U o‘zbek yozuvida XIX asrning 70-yillaridan boshlab ishlatila boshlangan.
Tire quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:
1. Diologlarda har bir shaxs nutqini birini ikkinchisidan ajratish uchun qo‘yiladi. Kozimbekka Saida qaradi. Kozimbekning rangi bir ahvolda bo‘lsa kerak, qushi uchib deraza oldiga keldi.
-Tinchlikmi?
-Tinchlik, dedi Kozimbek o‘zini bosib,-Toshkentdan keldim… Saida taajjublanganday bo‘ldi.
- Bilaman kecha kelgan edingiz…
- Mashinani olib keldim…
-Shunaqami… Qutlug‘ bo‘lsin! Qani?
- Hovlida, qo‘lingiz bo‘shasa, bir bir aylantirib kelsam degan edim.
-Rahmat... Biron soatda bo‘sharman. (A.Q.)
2. Bog‘lovchisiz qo‘llangan ot kesim bilan ega ortasida ishlatiladi.
Til – millatning qalbi. Mehnating – boyliging.
3. Uyushiq bo‘laklardan keyin kelgan umumlashtiruvchi so‘zdan oldin keladi.
O‘zbek, qirg‘iz, qozoq, turkman, tojik – barchamiz bitta yurtning farzandlarimiz.
Payonsiz paxta dalalarining husni va barakasi, so‘lim bog‘larning sharbati va gullarning ming tovlangan ranglari – barchasi suv tufayli. (O.)
4. Muallif gapi bilan ko‘chirma gap orasida qo‘yiladi.
”Oddiylik axloqiy barkamolikning bosh shartidir”, - deb yozgan edi L.N.Tolstoy.
5. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda ikkinchi gapning kesimi tushirilsa ishlatiladi.
Olamni quyosh yoritadi, insonni – ilm.
6. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda: Vataning tinch - sen tinch. (maqol)
7. Zid ma’noli bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar orasida: Vaqting ketdi – baxting ketdi.
8. Ko‘chirma konstruktsiyalarni chegaralash uchun: Hovli o‘rtasidagi yosh nihollar orasidagi bola Ma’rifat Hojining o‘g‘ilchasi bo‘lsa kerak - kapalak quvib yurardi. (“Sharq yulduzi”)
9. Kochirma gaplarda avtor gapini ajratish uchun: “Ko‘rdingizmi, Olimjon aka, - dedi oyqiz erga qarab,- tabiat bizning qo‘limizda”. (Sh.R.)
10.Tenglik, taqqoslash ma’nolarini bildiruvchi so‘zlar orasida nutqni ixchamlashtirish uchun:
Andijon-Maskva poezdi. “Paxtakor”-“Dinamo”. 22.00-“Vaqt” informatsion programmasi. Toshkent-1977 y.
11. Ayrim so‘z yoki gaplar izohlansa, ularning orasida: O‘zbekiston Milliy sug‘urta kompaniyasi – ”O‘zbekinvest”.
Do'stlaringiz bilan baham: |