Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi


-MAVZU: O‗zbekiston yoshlar ittifoqining umumiy o‗rta ta‘lim



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/169
Sana20.01.2022
Hajmi1,88 Mb.
#393067
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   169
Bog'liq
UMUMIY O‗RTA TA‘LIM MUASSASALARI YOSHLAR YETAKCHILARI MALAKA OSHIRISH KURSINING YETAKCHI FAOLIYATINI

2-MAVZU: O‗zbekiston yoshlar ittifoqining umumiy o‗rta ta‘lim 
muassasalaridagi boshlang‗ich tashkiloti faoliyati va yo‗nalishlari (2 soat 
ma‘ruza)
 
Reja:
 
1.  O‗zbekiston  yoshlar  ittifoqining  umumiy  o‗rta  ta‘lim  muassasalaridagi 
boshlang‗ich tashkilotning maqsad va vazifalari  
2.  O‗zbekiston  yoshlar  ittifoqining  umumiy  o‗rta  ta‘lim  muassasalaridagi 
boshlang‗ich tashkilotning huquq va majburiyatlari  
Tayanch  iboralar: 
O„zbekiston  yoshlar  ittifoqining  umumiy  o„rta  ta‟lim 
muassasalaridagi  boshlang„ich  tashkiloti,  yoshlar  yyetakchisi,  sardorlar, 
“Kamalak” bolalar tashkiloti, boshlang„ich tashkilot kengashi, sardorlar kengashi 
 
1. 
O‗zbekiston 
yoshlar 
ittifoqining 
umumiy 
o‗rta 
ta‘lim 
muassasalaridagi boshlang‗ich tashkilotning maqsad va vazifalari 
 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106-sonli 
«Yoshlarga  oid  davlat  siyosati  samaradorligini  oshirish  va  O‗zbekiston  yoshlar 
ittifoqining  faoliyatini  qo‗llab-quvvatlash  to‗g‗risida»gi  farmoni  va  2017  yil  18 
iyuldagi 
PQ-3138-sonli 
«O‗zbekiston 
yoshlar 
ittifoqi 
faoliyatini 
takomillashtirishga 
doir  chora-tadbirlar  to‗g‗risida»gi 
qaroriga  muvofiq, 
O‗zbekiston  yoshlar  ittifoqi  umumiy  o‗rta  ta‘lim  muassasalaridagi  yoshlar 
manfaatlarining  haqiqiy  himoyachisi  bo‗lishiga  erishish  maqsadida  O‗zbekiston 
Respublikasi  Xalq  ta‘limi  vazirligi  hamda  O‗zbekiston  yoshlar  ittifoqi  Markaziy 
Kengashi  2017  yil  7  avgustdagi  «O‗zbekiston  yoshlar  ittifoqining  umumiy  o‗rta 
ta‘lim  muassasalaridagi  boshlang‗ich  tashkilotlari  faoliyatini  tashkil  etish 
to‗g‗risida»gi 41-sonli va 3 QQ-sonli qo‗shma qarori qabul qilindi.  
2017/2018  o‗quv  yilidan  umumiy  o‗rta  ta‘lim  muassasalarida  1  nafar 
«yoshlar  yyetakchisi»  va  sig‗imi  1000  nafardan  ortiq  o‗quvchidan  iborat  bo‗lgan 
umumiy  o‗rta  ta‘lim  muassasalarida  2  nafar  «yoshlar  yyetakchisi»  shtat  birligi 
joriy  etildi.  «Yoshlar  yetakchisi»ga  ixtiyoriy  ravishda  0,25  stavkadan  oshmagan 
tartibda mutaxassisligi bo‗yicha o‗qituvchilik faoliyati bilan shug‗ullanishga ruxsat 
berildi.  
Shu  bilan  birga,  O‗zbekiston  yoshlar  ittifoqi  boshlang‗ich  tashkilotlari  ish 
faoliyati uchun quyidagi shart-sharoitlar yaratish ko‗zda tutildi: 
 
-  O‗zbekiston  yoshlar  ittifoqi  boshlang‗ich  tashkilotlari  (keyingi  o‗rinlarda 
boshlang‗ich  tashkilot  deb  yuritiladi)  uchun  umumiy  o‗rta  ta‘lim  muassasasi 
binosidan alohida xona (1-qavatdan) ajratilishi;  
- zaruriy moddiy-texnika baza bilan ta‘minlanishi;  


30 
 
-  boshlang‗ich  tashkilot  qoshidagi  to‗garak,  klub  va  guruhlarning  faoliyat 
yuritishi uchun sinf xonalarining bo‗shash vaqtidan kelib chiqib zarur shart-sharoit 
yaratib berilishi;  
-  to‗garak,  klub  va  guruhlar  faoliyati  (yoshlar  yyetakchisi  tomonidan 
mutaxassislik  sohasidan  kelib  chiqib  tashkil  etiladiganlari  bundan  mustasno)ni 
tashkil  etishga  ta‘lim  muassasasining  tegishli  mutaxassislik  bo‗yicha  o‗qituvchi-
pedagoglarini biriktirilishi;  
-  to‗garak,  klub  va  guruhlarning  bu  boradagi  faoliyati  yoshlar  yyetakchisi 
tomonidan muvofiqlashtirilishi;  
-  yoshlar  yyetakchisi  lavozimiga  ishga  qabul  qilingan  kadrlarni  umumiy 
o‗rta ta‘lim muassasasi direktori o‗rinbosari lavozimiga zaxiraga kiritilishi;  
-  umumiy  o‗rta  ta‘lim  muassasalarida  radiotarmoqlarni  joriy  etilishi  hamda 
Ittifoq radiosi sifatida boshlang‗ich tashkilotga biriktirilishi.  
O‗zbekiston  yoshlar  ittifoqining  umumiy  o‗rta  ta‘lim  maktabidagi 
boshlang‗ich  tashkiloti  Ittifoqning  maqsad-vazifalarini  ta‘lim  muassasasi 
miqyosida  amalga  oshiradigan,  ta‘lim  muassasalardagi  o‗quvchilar  va  yosh 
o‗qituvchilarni  o‗z  atrofida  birlashtiradigan,  ularning  manfaatlari  va  haq-
huquqlarini himoya qiladigan eng quyi tuzilma hisoblanadi.  
Umumiy  o‗rta  ta‘lim  maktabining  kamida  besh  nafar  Yoshlar  ittifoqi 
maqsad-vazifalariga  xayrixoh  yoshlari  tashabbusi  bilan  boshlang‗ich  tashkilotlar 
tuziladi hamda Ittifoqning mahalliy Kengashlari tomonidan ro‗yxatga olinadi.  
Boshlang‗ich  tashkilotlar  umumiy  o‗rta  ta‘lim  maktablarida  O‗zbekiston 
yoshlar ittifoqi hamda «Kamalak» bolalar tashkiloti faoliyatini o‗zaro birlashtiradi.  
Umumiy  o‗rta  ta‘lim  maktablaridagi  boshlang‗ich  tashkilotlar  o‗zlari 
joylashgan hududdagi Ittifoqning mahalliy Kengashlariga birlashadi.  
Boshlang‗ich tashkilotlar, ularning yetakchi va sardorlari faoliyat yo‗nalishi, 
qiziqishi  hamda  yoshlarning  talab-istaklaridan  kelib  chiqqan  holda,  Ittifoqning 
mahalliy va hududiy Kengashlari qoshida o‗z tashkilotlari (uyushmalar, markazlar, 
klublar,  to‗garaklar  va  hokazo)ni  tuzish  tashabbusini  bildirishi  yoki  mavjud 
tashkilotlarga ixtiyoriy qo‗shilishi mumkin.  
Boshlang‗ich  tashkilotlar  faoliyati  Yoshlar  ittifoqining  tegishli  mahalliy 
Kengashlari hamda ta‘lim muassasasi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.  
Boshlang‗ich  tashkilot  o‗z  faoliyatini  O‗zbekiston  Respublikasi 
Konstitutsiyasi,  qonunlari,  Yoshlar  ittifoqi  Ustavi,  «Kamalak»  bolalar  tashkiloti 
Nizomi, ta‘lim muassasasi faoliyatiga oid me‘yoriy hujjatlar hamda mazkur Nizom 
asosida tashkil etadi.  

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish