Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/169
Sana20.01.2022
Hajmi1,88 Mb.
#393067
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   169
Bog'liq
UMUMIY O‗RTA TA‘LIM MUASSASALARI YOSHLAR YETAKCHILARI MALAKA OSHIRISH KURSINING YETAKCHI FAOLIYATINI

yoshlar tadbirkorligi –
 yuridik shaxs tashkil etmagan holda yosh fuqarolar 
tomonidan,  shuningdek  ta‘sischilari  yosh  fuqarolar  bo‗lgan  yuridik  shaxslar 
tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati.  
Ikkinchidan,  qonunda  O‗zbekiston  Respublikasida  yoshlarga  oid  davlat 
siyosatining asosiy yo‗nalishlarini belgilab beruvchi ijtimoy, iqtisodiy, huquqiy va 
tashkiliy chora-tadbirlar o‗z aksini topgan.  
Qonunga  ko‗ra,  yoshlarga  oid  davlat  siyosatining  asosiy  yo‗nalishlari 
quyidagilardan iborat:  

yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta‘minlash;  

yoshlarning hayoti va sog‗lig‗ini saqlash;  


21 
 

yoshlarning  ma‘naviy,  intellektual,  jismoniy  va  axloqiy  jihatdan  kamol 
topishiga ko‗maklashish;  

yoshlar uchun ochiq va sifatli ta‘limni ta‘minlash;  

yoshlarni  ishga  joylashtirish  va  ularning  bandligi  uchun  shart-sharoitlar 
yaratish;  

yoshlarni  vatanparvarlik,  fuqarolik  tuyg‗usi,  bag‗rikenglik,  qonunlarga, 
milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta‘sirlar va oqimlarga 
qarshi  tura  oladigan,  hayotga  bo‗lgan  qatiy  ishonch  va  qarashlarga  ega  qilib 
tarbiyalash;  

yoshlarni  axloqiy  negizlarni  buzishga  olib  keladigan  xatti-harakatlardan, 
terrorizm  va  diniy  ekstremizm,  separatizm,  fundamentalizm,  zo‗ravonlik  va 
shafqatsizlik g‗oyalaridan himoya qilish;  

yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish;  

iqtidorli va iste‘dodli yoshlarni qo‗llab-quvvatlash hamda rag‗batlantirish;  

yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;  

yoshlarda  sog‗lom  turmush  tarziga  intilishni  shakllantirish,  shuningdek 
yoshlarning  bo‗sh  vaqtlarini  mazmunli  tashkil  etish  va  yoshlar  sportini  ommaviy 
rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;  

yosh oilalarni ma‘naviy va moddiy jihatdan qo‗llab-quvvatlash, ular uchun 
munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish bo‗yicha kompleks chora- 
tadbirlar tizimini amalga oshirish;  

yoshlarning  huquqlari  va  erkinliklarini  ro‗yobga  chiqarish  sohasida 
faoliyatni amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.  
O‗z  navbatida,  ushbu  qonunning  maqsadi  va  asosiy  prinsiplari 
Konstitutsiyamizga,  amaldagi  qonun  hujjatlari  va  xalqaro  hujjatlar  normalariga 
asoslangan.  
Uchinchidan,  qonunda  yoshlarga  oid  davlat  siyosatini  amalga  oshiruvchi 
davlat  organlari,  xususan,  Vazirlar  Mahkamasi  va  mahalliy  davlat  hokimiyati 
organlari  hamda  mazkur  jarayonda  ishtirok  etuvchi  ta‘limni  davlat  tomonidan 
boshqarish  organlari  va  ta‘lim  muassasalari,  davlat  sog‗liqni  saqlash  tizimini 
boshqarish organlari va sog‗liqni saqlash muassasalari, madaniyat va sport ishlari 
bo‗yicha  organlar,  mehnat  organlari,  shuningdek,  huquqni  muhofaza  qiluvchi  va 
mudofaa ishlari bo‗yicha organlar hamda boshqa qator muassasalarning yoshlarga 
oid  davlat  siyosatini  amalga  oshirishda  ishtirok  etuvchi  har  bir  sub‘ektning 
vakolatlari aniq belgilandi.  
To‗rtinchidan,  yangi  qonun  orqali  yoshlar  huquq  va  manfaatlarini  himoya 
qilish  maqsadida  tashkil  etilgan  nodavlat  notijorat  tashkilotlarining  maqomi, 
shuningdek,  ular  faoliyatining  davlat  kafolatlari  belgilangan.  Hozirgi  kunda 


22 
 
O‗zbekistonda  yoshlar  huquq  va  manfatlarini  ro‗yobga  chiqarish  maqsadida 
tuzilgan  va  faoliyat  olib  borayotgan  600  dan  ortiq  nodavlat  notijorat  tashkilotlar 
mavjudligini  hisobga  olsak,  ular  faoliyatining  asosiy  kafolatlari  qonunda  alohida 
yoritilgani e‘tiborga molikdir.  
Beshinchidan, yoshlarni huquqiy va ijtimoiy jihatdan qo‗llab-quvvatlashning 
huquqiy  mexanizmlari  yanada  kuchaytirildi.  Xususan,  qonun  hujjatlarida  yoshlar 
uchun  mustahkamlab  qo‗yilgan qo‗shimcha kafolatlar: bepul umumiy  o‗rta,  o‗rta 
maxsus  va  kasb-hunar  ta‘limi  olish,  ta‘lim  muassasalarida  o‗qishga  imtiyozli 
kreditlar  taqdim  etish,  ta‘lim  muassasalarini  bitirganidan  keyin  yoshlarning 
bandligini  ta‘minlash,  etim  bolalar  va  ota-ona  qaramog‗idan  mahrum  bo‗lgan 
bolalarni  uy-joy  bilan  ta‘minlash,  yoshlarning  dam  olish  va  sog‗lomlashtirish 
tashkilotlari  tizimini  rivojlantirish  va  boshqa  shu  kabi  muhim  masalalar  alohida 
moddalarda ko‗rsatildi.  
Shuningdek, mazkur qonun orqali mukofotlar, stipendiyalar belgilash, ta‘lim 
grantlarini  taqdim  etish,  fan,  madaniyat  va  san‘at  sohasida  ijodiy  ustaxonalar  va 
maktablarni tashkil etishga ko‗maklashish, sport seksiyalari faoliyatini tashkil etish 
orqali  iste‘dodli  yoshlarni  davlat  tomonidan  qo‗llab-quvvatlash  masalalari  ham 
tartibga solinadi.  

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish