Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi


 Oila va ta‘lim muassasalarining vazifalari



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/169
Sana20.01.2022
Hajmi1,88 Mb.
#393067
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   169
Bog'liq
UMUMIY O‗RTA TA‘LIM MUASSASALARI YOSHLAR YETAKCHILARI MALAKA OSHIRISH KURSINING YETAKCHI FAOLIYATINI

1. Oila va ta‘lim muassasalarining vazifalari. 
 
Inson  avvalo oila bag‗rida  unib-o‗sadi, shaxs sifatida  shakllanadi.  Oiladagi 
ta‘lim-tarbiya,  ma‘naviy-axloqiy  qadriyatlar  keyinchalik  odamlar  orasida  - 
mahalla-ko‗yda, ta‘lim muassasalarida sayqal topadi.  Shunday ekan, vatanimiz va 
xalqimizning  ertangi  kunini,  jahon  hamjamiyatidagi  obro‗-e‘tiborini  belgilovchi 
barkamol  avlodni  voyaga  etkazishdek  ulug‗  vazifani  oila-mahalla-ta‘lim 
muassasasi  hamkorligisiz  hal  etib  bo‗lmaydi  desak,  ayni  haqiqatni  aytgan 
bo‗lamiz.  
Har  qaysi  millatning  o‗ziga  xos  ma‘naviyatini  shakllantirish  va 
yuksaltirishda,  shubhasiz,  oilaning  o‗rni  va  axamiyati  beqiyosdir.  CHunki 
insonning  eng  sof  va  pokiza  tuyg‗ulari,  ilk  hayotiy  tushuncha  va  tasavvurlari 
birinchi  galda  oila  bag‗rida  shakllanadi.  Bolaning  xarakateri,  tabiati  va 
dunyoqarashini belgilaydigan ma‘naviy mezon va qarashlar: yaxshilik va ezgulik, 
olijanoblik,  mehr-oqibat,  or-nomus  va  andisha  kabi  muqaddas  tushunchalarning 
poydevori ilk bor oila sharoitida qaror topishi tabiiydir.  
Ota-onaga  hurmat,  ular  oldida  umrbod  qarzdorlik  burchini  chuqur  anglash, 
har  qaysi  insonga  xos  bo‗lgan  odamiylik  fazilatlari  va  oilaviy  munosabatlar  oila 
muhitida shakllanadi. Oilaviy tarbiya masalasida xatolikka yo‗l qo‗ymaslik uchun, 
avvalo,  har  qaysi  xonadondagi  ma‘naviy  muhitni  o‗zaro  hurmat,  axloq-odob, 
insoniy munosabatlar asosiga qurish lozim.  
Yoshlarimizni  har  tomonlama  sog‗lom  va  barkamol  etib  tarbiyalashda 
oilaning o‗rni beqiyos. Buyuk allomalarimiz farzand tarbiyasida oilaning o‗rni va 
ahamiyati haqida ko‗plab asarlar yaratganlar. Xususan, Abdurauf Fitrat «Oila yoki 
oila boshqarish tartiblari» deb nomlangan asarining ikkinchi qismini aynan farzand 
tarbiyasiga  bag‗ishlagan.  Unda  oiladagi  eng  og‗ir  vazifa  farzand  tarbiyasi  ekani, 
xalqning  harakat  qilishi,  davlatmand  bo‗lishi,  baxtli  bo‗lib  izzat-hurmat  topishi, 


155 
 
jahongir  bo‗lishi,  zaif  bo‗lib  xorlikka  tushishi,  faqirlik  jomasini  kiyib,  baxtsizlik 
yukini tortib e‘tibordan qolishi, o‗zgalarga tobe, qul va asir bo‗lishi bolalikdan o‗z 
ota-onalaridan olgan tarbiyalariga bog‗liqligi alohida ta‘kidlanadi.  
O‗zbek xalqi azaldan o‗zining bolajonligi, oilaparvarligi bilan ajralib turadi. 
Farzandga mehr qo‗yish, ularning qornini to‗q, ustini but qilish bilan bolalarimizni 
yoshlik  chog‗idan  boshlab  milliy  tarbiya,  ahloq-odob,  yuksak  ma‘naviyat,  o‗z 
iqtidori,  qobiliyati,  qiziqishlari  asosida  kasb-hunarga  to‗g‗ri  yo‗naltirish  oiladagi 
dolzarb masaladir.  
Ushbu  haqiqatdan  kelib  chiqqan  holda,  yoshlarimizni  har  tomonlama 
sog‗lom  va  barkamol  etib  tarbiyalash,  hayot  abadiyligi,  avlodlar  davomiyligini 
ta‘minlaydigan  ma‘naviyat  qo‗rg‗oni  bo‗lmish  oilani  mustahkamlash  bugungi 
kunda  barchamizning  insoniy  burchimizga  aylanishi  zarur.  SHu  bois  mustaqillik 
sharofati  bilan  oila  institutini  jamiyatning  boshqa  muhim  ijtimoiy  tuzilmalari, 
yurtimizdagi  ma‘naviy  o‗zgarishlar  bilan  uyg‗unlikda  rivojlantirishga,  uning 
nufuzini  oshirishga  davlat  siyosatining  eng  muhim  va  ustuvor  yo‗nalishi  sifatida 
doimiy  e‘tibor  berilmoqda.  2012  yilda  birinchi  Prezidentimiz  I.A.Karimov 
tomonidan «Mustahkam oila yili» deb e‘lon qilinishi bunga yana bir yorqin misol 
bo‗la oladi.  

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish