Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi


Ekskursiyalarni tashkil etish va o‗tkazish metodikasi



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/169
Sana20.01.2022
Hajmi1,88 Mb.
#393067
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   169
Bog'liq
UMUMIY O‗RTA TA‘LIM MUASSASALARI YOSHLAR YETAKCHILARI MALAKA OSHIRISH KURSINING YETAKCHI FAOLIYATINI

Ekskursiyalarni tashkil etish va o‗tkazish metodikasi.  
Ekskursiya  ta‘lim-tarbiya  berish  shakllaridan  biri  bo‗lib,  unda 
o‗rganilayotgan  ob‘ekt  va  hodisaning  bo‗lgan  va  ro‗y  berayotgan  joyida 
kuzatiladi. 
Ekskursiyada  o‗quvchilar  o‗rganayotgan  ob‘ekt  yoki  hodisani  bevosita  o‗z 
ko‗zlari bilan ko‗rib o‗rganish, shuningdek o‗rganilayotgan ob‘ekt va hodisani asli 
holida, o‗z o‗rnida kuzatish, tekshirish imkoniyatlari tug‗iladi. 
O‗rganiladigan ob‘ektlarning ko‗pligi, ko‗lamining kengligi va xilmaxilligi 
jihatidan  geografiya  fanining  ekskursiya  bazasi  juda  katta.  Ekskursiya 
o‗quvchilarda geografik tasavvur va aniq tushunchalar hosil qiladi. 
Ekskursiya o‗quvchilarga shuncha kuchli ta‘sir etadiki; pedagogning ta‘siri 
shunchalik  kuchli  bo‗lolmaydi.  O‗quvchnning  dalada,  qirda  va  tog‗da  o‗tkazgan 
bir kuni maktabda o‗tkazgan bir necha kundan ko‗ra samaraliroq bo‗lishi mumkin. 
Ekskursiya  o‗quvchylarni  tetiklashtiradi,  ularning  kuzatuvchanlik  va  sinchkovlik 
kobiliyatlarini,  hayotiy  faoliyatlarini  oshiradi.  O‗quvchilar  ekskursiya  vaqtida 


152 
 
ma‘lum darajada mehnat qiladilar, tabiat va atrof bilan tanishadilar, o‗z o‗lkalarini 
yaxshiroq  o‗rganadilar,  ekskursiya  tufayli  ularning  o‗z  Vataniga  bo‗lgan 
muhabbati  ortadi.  Ekskursiya  O‗qituvchi  bilan  o‗kuvchilarni  birbiriga 
yakinlashtiruvchi vositadir. 
O‗quv ekskursiyalari. O‗quv  ekskursiyalarining  maksadi  o‗quvchilarni 
dastur  talab  etgan  geografik  ob‘ekt  va  ayrim  tabiat  hodisalari,  shuningdek 
axolining xo‗jalik faoliyati bilan tanishtirishdan iborat. Ekskursiya tabiatni ongli va 
to‗liq bilib olishga imkon beradi. Biron ko‗rsatmali qo‗llanma, biron badiiy tasvir 
o‗rganiladigan  ob‘ekt  va  xodisa  haqida  ekskursiyadagidek  to‗liq  tasavvur  berishi 
qiyin. 
Tabiatga  uyushtiriladigan  ekskursiyalarda  ko‗rilgaya  ob‘ekt  yoki  hodisa 
shuning  uchun  ham  ongli  o‗zlashtiriladiki,  ular  tamg‗a  bosgandek  bolalar 
miyasidan  kattiq  o‗rin  olib  qoladi.  6  sinfda  er  yuzasi  shakllari  va  ularni  tashkil 
etuvchi jinslar hamda mahalliy suvlarni o‗rganish maqsadida o‗quv yili boshlarida 
ekskursiya  o‗tkazish  mumkin.  CHunki  keyingi  tegishli  temalarni  o‗rganishda 
mazkur  ekskursiyadan  olingan  tushuncha  va  ma‘lumotlarga  tayaniladi.  Agar 
o‗quv  yili  boshida  ekskursiya  tashkil  qilinsa,  bu  ekskursiya  o‗quvchilarni  fanga 
qiziqtirib yuboradi. 
Korxonalarga uyushtirilgan ekskursiyalarda o‗quvchilar mazkur rayon xalq 
xo‗jaligining  bir  qismi  sifatida  korxonaning  ekonomikasi,  korxonaning  kshlab 
chiqarishdagi  mavqei,  shuningdek  xo‗jalikning  muayyan  sohadagi  ishlab 
chiqarishning xususiyatlari bilan tanishtiriladi, 
Muzeyda  o‗rganiladigan  buyumlar  tabiiy  holatda  emas,  balki  sun‘iy 
sharoitda, ko‗rgazmalarga to‗plangan eksponatlar shaklida bo‗ladi. Muzeyda juda 
ko‗p  material  to‗planganligidan  faqat  dars  temasiga  taalluqli  ko‗rgazmalargina 
o‗rganiladi.  Ulkani  o‗rganish  muzeylari  o‗z  o‗lkasini  o‗rganish  uchun  muhim 
axamiyatga ega. 
Ekskursiyalar  joy  sharoitiga  qarab  turlicha  bo‗lishi  mumkin:  qishloq 
maktablarida  tabiatga,  yirik  shaxarlarda  ko‗proq  korxonalarga  uyushtiriladi. 
Maktab  joylashgan  territoriyaning  relef  xususiyatiga  bog‗liq  xolda  ham 
ekskursiya  mazmunining  o‗zgarishi  mumkin.  Masalan,  bir  maktab  voxada, 
ikkinchi  maktab  tekislikda,  uchinchi  maktab  esa  tog‗da  joylashgan  bo‗lishi 
mumkin. 
O‗quv  ekskursiyalari  o‗tkazish  uchun  kamida  ikki  soat  vaqt  ajratilishi 
lozim. 
Ekskursiya  samarali  o‗tishi  uchun  o‗qituvchi:  a)  ekskursiyaga  tegishli 
asbobuskunalarning 
tayyor  ekanligi  ko‗zdan  kechirishi;  b)  ekskursiya 
uyushtiriladigan  joyni  oldindan  bilib  qo‗yishi;  v)  ekskursiyaning  maqsadi, 
mazmuni va o‗tkazishlini aniqlab qo‗yishi; g) ekskursiya o‗tkazish planini ishlab 
chikkan bo‗lishi lozim. 
O‗qituvchi ekskursiyaga tayyorlanar ekan, tegishli adabiyotlar bnlan tanishib 
chiqqan  bo‗lishi  lozim.  Tabiatga  uyushtiriladigan  ekskursiyaning  taxminiy  plani 
quyidagicha bo‗lishi mumkin: 
1.
 
Sinfi, oy va kun. 


153 
 
2.
 
Ekskursiya temasi. 
3.
 
Ekskursiyaning maqsadi. 
4.
 
Ekskursiya uyushtiriladigan joy, marshruti va kuzatish ob‘ektlari. 
5.
 
Ekskursiya uchun tegishli o‗quv qurollari. 
6.
 
Ekskursiyaning o‗tkazilishi:  
 a) o‗qituvchining axboroti; 
b) o‗quvchilar  olib  boradigan  kuzatishlar,  tadqiqlar  va  o‗rganadigan 
qonuniyatlar;  
v) 
tog‗ 
jinsi, 
tuproq, 
o‗simlik 
va 
mayda 
hayvonlar namunalarini to‗plash rasm va sxemalar chizish. 
7. 
Ekskursiya  materiallarini  ishlab  chiqish:  a)  ekskursiya  marshrutini 
chizish; b) chizma va fotorasmlarni tayyorlash; v) o‗lkani  o‗rganish  muzeyi  (yoki 
burchagi) ga material tayyorlash; g) devoriy gazeta uchun maqola yozish. 
O‗qituvchi  ekskursiyaga  chikishdan  avval  o‗quvchilarning  qaerga,  qachon 
yig‗ilishlari haqida, ekskursiya vaqtida ular qanday ishlar bajarishlari, ekskursiya 
uchun  zarur  o‗quv  qurollari  va  ularni  ishlatish  yo‗llari  haqida  tushuntyradi. 
O‗quvchilarni  gruppalarga  bo‗ladi.  Agar  ekskursiya  marshruti  va  ko‗lami  kichik 
bo‗lsa,  barcha  gruppalar  o‗zlari  uchun  ajratilgan  maydonlarga  bo‗linib, 
o‗kituvchining  ko‗rsatmasiga  muvofiq  o‗zlariga  topshirilgan  topshiriqlarni 
bajaradilar.  Ekskursiyada  mo‗ljallangan  ishlar  bajarilib  bo‗lingach,  o‗qituvchi 
o‗quvchilarni marshrut bo‗ylab, olib o‗tadi. Agar ekskursiya marshruti va ko‗lami 
katta bo‗lsa, barcha o‗quvchilar bir marshrut bo‗ylab boradilar. 
Ekskursiya  so‗ngida  yakunlovchi  yig‗ilish  yoki  konferensiya  o‗tkaziladi, 
bunda o‗kuvchilar kilingan ishlar haqida axborot beradilar, to‗plagan materiallarini 
ko‗rsatadilar.  Ekskursiyada  to‗plangan  materiallar  —  kolleksiyalar,  gerbariylar 
maktab laboratoriyasini, tegishli kabinetlarni boyitadi. 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish