Oilaning vazifalari:
Bolalarning ma‘naviy barkamol va jismoniy sog‗lom bo‗lishlari uchun:
oilada sog‗lom ijtimoiy muhitni yaratish, milliy ruh va turmush tarzini
hisobga olgan holda farzandlarda ota-onaga, Vatanga muhabbat tuyg‗usini
shakllantirish;
farzandlarga chuqur dunyoviy bilim berish, ularning ma‘rifatli va
ma‘naviyati yuksak kishilar bo‗lib etishishlarini ta‘minlash;
bolalarning qiziqishi, iqtidori va extiyojlarini hisobga olgan holda
kasbga yo‗naltirish;
ularni mustaqil fikrlashga o‗rgatish, istiqlol g‗oyalari va milliy
mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash;
bolalarning bo‗sh vaqtlarini to‗g‗ri tashkil etish va ularning qo‗shimcha
ta‘lim olishlariga shart-sharoit yaratish;
oilada farzandni komil inson qilib tarbiyalashda ota-onalarning bilim
darajasini oshirishga erishish;
bolada tejamkorlik va ishbilarmonlik sifatlarini shakllantirish;
oilada milliy va umuminsoniy tarbiyaning barcha yo‗nalishlarini uyg‗un
holda bosqichma-bosqich amalga oshirishni ta‘minlash;
156
bolalarga sanitariya-gigienik, ekologik bilim va ko‗nikmalarni
singdirish, diniy aqidaparastlik, ichkilikbozlik, giyohvandlikka qarshi tarbiyaviy
ishlarni amalga oshirish;
ota-onaning ta‘lim muassasalari va mahalla oldida o‗z farzandlarining
barcha xatti-harakatlari uchun javobgarligini oshirish;
farzandni oilaviy hayotga tarbiyalashda ular ongiga ajdodlardan o‗tib
kelayotgan boy ma‘naviy meros, axloq-odob, urf-odat va an‘analarni bugungi kun
bilan uyg‗unlashtirgan holda singdirib borish;
jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‗lgan bolalarga hayot
talablariga mos ravishda bilim va kasb-hunar egallashlari uchun shart-sharoit
yaratish;
oilada bir-birlarini doimiy ravishda o‗zaro jismoniy, moddiy, ma‘naviy
va psixologik, tibbiy qo‗llab-quvvatlash, oilaviy dam olishni to‗g‗ri tashkil etish;
oilada turli muammoli vaziyatlarni oqilona hal etishda yoshlarni muloqot
madaniyatiga o‗rgatish;
oilada ota-ona
va farzand o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlarni
mustahkamlashda turli mavzuda suhbatlar o‗tkazish;
radio to‗lqinlari, televidenieda berilayotgan kuy va qo‗shiqlar, internet
tarmog‗idan olinayotgan ma‘lumotlar, disk, telefonlardagi ma‘lumot, tasvirlar ota-
onalar tomonidan saralanib, bolalarga taqdim etilishi;
oilada bolaning maktabdan tashqari turli xil ta‘lim muassasalaridagi
(musiqa va san‘at, sport maktablari, «Barkamol avlod» bolalar markazlari,
mahallalar qoshidagi turli to‗garaklar markazlari) to‗garak mashg‗ulotlariga jalb
etish.
O„ta o„qimishli, ruhan bardam va jismonan baquvvat kishilargina istiqlol va
taraqqiyot yo„lini bosib o„ta oladi
(
Islom Karimov).
Inson hayoti va uning ma‘naviyatini to‗g‗ri shakllantirishga bevosita ta‘sir
qiladigan yana bir muhim hayotiy omil bu ta‘lim-tarbiya tizimidir. Ma‘lumki, ota-
bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‗lmish ilmu ma‘rifat, ta‘lim va tarbiyani
inson kamoloti, millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi, deb bilgan. Albatta,
ta‘lim-tarbiya – ong mahsuli, ayni vaqtda, ong darajasi va uning rivojini ham
belgilaydigan, ya‘ni xalq ma‘naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng
muhim omildir.
Maktab, (maktabgacha ta‘lim, o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi) ta‘lim-
tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida bo‗lishi asosiy qonunimiz
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (41-modda) belgilab qo‗yilgan.
Shu bilan birga, bu keng jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va
qo‗llab-quvvatlashini
talab
qiladigan
umummilliy
masaladir.
SHuni
157
unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi,
boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‗lishi farzandlarimizning
bugun qanday ta‘lim va tarbiya olishiga bog‗liq.
Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida,
avvalo, yuksak ma‘naviyatli shaxsni ko‗rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib
chiqqan holda farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‗lgan,
ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga etkazish – ta‘lim-tarbiya sohasining
asosiy maqsadi va vazifasi bo‗lishi lozim.
Zero, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta‘kidlaganlaridek «Ta‘lim va
tarbiya – o‗zaro uzviy bog‗liq sharqona tushunchalardir. Ta‘limni tarbiyadan,
tarbiyani ta‘limdan ajratib bo‗lmaydi».
Do'stlaringiz bilan baham: |