152
ma‘lum darajada mehnat qiladilar, tabiat va atrof bilan tanishadilar, o‗z o‗lkalarini
yaxshiroq o‗rganadilar, ekskursiya tufayli ularning o‗z Vataniga bo‗lgan
muhabbati ortadi. Ekskursiya O‗qituvchi bilan o‗kuvchilarni birbiriga
yakinlashtiruvchi vositadir.
O‗quv ekskursiyalari. O‗quv ekskursiyalarining maksadi o‗quvchilarni
dastur talab etgan geografik ob‘ekt va ayrim tabiat hodisalari, shuningdek
axolining xo‗jalik faoliyati bilan tanishtirishdan iborat. Ekskursiya tabiatni ongli va
to‗liq bilib olishga imkon beradi. Biron ko‗rsatmali qo‗llanma, biron badiiy tasvir
o‗rganiladigan ob‘ekt va xodisa haqida ekskursiyadagidek to‗liq tasavvur berishi
qiyin.
Tabiatga uyushtiriladigan ekskursiyalarda ko‗rilgaya ob‘ekt yoki hodisa
shuning uchun ham ongli o‗zlashtiriladiki, ular tamg‗a bosgandek bolalar
miyasidan kattiq o‗rin olib qoladi. 6 sinfda er yuzasi shakllari va ularni tashkil
etuvchi jinslar hamda mahalliy suvlarni o‗rganish maqsadida o‗quv yili boshlarida
ekskursiya o‗tkazish mumkin. CHunki keyingi tegishli temalarni o‗rganishda
mazkur ekskursiyadan olingan tushuncha va ma‘lumotlarga tayaniladi. Agar
o‗quv yili boshida ekskursiya tashkil qilinsa, bu ekskursiya o‗quvchilarni fanga
qiziqtirib yuboradi.
Korxonalarga uyushtirilgan ekskursiyalarda o‗quvchilar mazkur rayon xalq
xo‗jaligining bir qismi sifatida korxonaning ekonomikasi, korxonaning kshlab
chiqarishdagi mavqei, shuningdek xo‗jalikning muayyan sohadagi ishlab
chiqarishning xususiyatlari bilan tanishtiriladi,
Muzeyda o‗rganiladigan buyumlar tabiiy holatda emas, balki sun‘iy
sharoitda, ko‗rgazmalarga to‗plangan eksponatlar shaklida bo‗ladi. Muzeyda juda
ko‗p material to‗planganligidan faqat dars temasiga taalluqli ko‗rgazmalargina
o‗rganiladi. Ulkani o‗rganish muzeylari o‗z o‗lkasini o‗rganish uchun muhim
axamiyatga ega.
Ekskursiyalar joy sharoitiga qarab turlicha bo‗lishi mumkin: qishloq
maktablarida tabiatga, yirik shaxarlarda ko‗proq korxonalarga uyushtiriladi.
Maktab joylashgan territoriyaning relef xususiyatiga bog‗liq xolda ham
ekskursiya mazmunining o‗zgarishi mumkin. Masalan, bir maktab voxada,
ikkinchi maktab tekislikda, uchinchi maktab esa tog‗da joylashgan bo‗lishi
mumkin.
O‗quv ekskursiyalari o‗tkazish uchun kamida ikki soat vaqt ajratilishi
lozim.
Ekskursiya samarali o‗tishi uchun o‗qituvchi: a) ekskursiyaga tegishli
asbobuskunalarning
tayyor ekanligi ko‗zdan kechirishi; b) ekskursiya
uyushtiriladigan joyni oldindan bilib qo‗yishi; v) ekskursiyaning maqsadi,
mazmuni va o‗tkazishlini aniqlab qo‗yishi; g) ekskursiya o‗tkazish planini ishlab
chikkan bo‗lishi lozim.
O‗qituvchi ekskursiyaga tayyorlanar ekan, tegishli adabiyotlar
bnlan tanishib
chiqqan bo‗lishi lozim. Tabiatga uyushtiriladigan ekskursiyaning taxminiy plani
quyidagicha bo‗lishi mumkin:
1.
Sinfi, oy va kun.
153
2.
Ekskursiya temasi.
3.
Ekskursiyaning maqsadi.
4.
Ekskursiya
uyushtiriladigan joy, marshruti va kuzatish ob‘ektlari.
5.
Ekskursiya uchun tegishli o‗quv qurollari.
6.
Ekskursiyaning o‗tkazilishi:
a) o‗qituvchining axboroti;
b) o‗quvchilar olib boradigan kuzatishlar, tadqiqlar va o‗rganadigan
qonuniyatlar;
v)
tog‗
jinsi,
tuproq,
o‗simlik
va
mayda
hayvonlar namunalarini to‗plash rasm va sxemalar chizish.
7.
Ekskursiya materiallarini ishlab chiqish: a) ekskursiya marshrutini
chizish; b) chizma
va fotorasmlarni tayyorlash; v) o‗lkani o‗rganish muzeyi (yoki
burchagi)
ga material tayyorlash; g) devoriy gazeta uchun maqola yozish.
O‗qituvchi ekskursiyaga chikishdan avval o‗quvchilarning qaerga, qachon
yig‗ilishlari haqida, ekskursiya vaqtida ular qanday ishlar bajarishlari, ekskursiya
uchun zarur o‗quv qurollari va ularni ishlatish yo‗llari haqida tushuntyradi.
O‗quvchilarni gruppalarga bo‗ladi. Agar ekskursiya marshruti va ko‗lami kichik
bo‗lsa, barcha gruppalar o‗zlari uchun ajratilgan maydonlarga bo‗linib,
o‗kituvchining ko‗rsatmasiga muvofiq o‗zlariga topshirilgan topshiriqlarni
bajaradilar. Ekskursiyada mo‗ljallangan ishlar bajarilib bo‗lingach, o‗qituvchi
o‗quvchilarni marshrut bo‗ylab, olib o‗tadi. Agar ekskursiya marshruti va ko‗lami
katta bo‗lsa, barcha o‗quvchilar bir marshrut bo‗ylab boradilar.
Ekskursiya so‗ngida yakunlovchi yig‗ilish yoki konferensiya o‗tkaziladi,
bunda o‗kuvchilar kilingan ishlar haqida axborot beradilar, to‗plagan materiallarini
ko‗rsatadilar. Ekskursiyada to‗plangan materiallar — kolleksiyalar, gerbariylar
maktab laboratoriyasini, tegishli kabinetlarni boyitadi.
Do'stlaringiz bilan baham: