2. ―Oila-mahalla-ta‘lim muassasasi‖ hamkorligini amalga oshirish
shakllari va usullari.
Ta‘lim va tarbiya sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar talablarini
samarali bajarishda oila-mahalla-ta‘lim muassasasi hamkorligini ta‘minlash o‗ziga
xos pedagogik tizim, shakl va uslublarni talab etadi. CHunki bu jarayon farzandlar
kamolatida va kelajakda katta hayot ostonasiga qadam qo‗yishida muhim
hamkorlik hisoblanadi. «Oila-mahalla-ta‘lim muassasasi» hamkorligi shakllari
deganda, albatta, oila bilan ta‘lim muassasasini bog‗lab turuvchi ko‗prik, ya‘ni
vosita sifatida mahallani tushunish kerak. Ta‘lim bilan tarbiya birgalikda olib
borilishi kerak bo‗lgan jarayon bo‗lib, unda mahallaning o‗rni katta. YA‘ni
shakllariga birinchi galda quyidagilar kiritiladi:
1. «Oila-mahalla-ta‘lim muassasasi»ning hamkorlikdagi faoliyati o‗sha
jarayonning shaklini anglatadi. Ular bir-biriga uzviy bog‗liq. Ana o‗sha shaklning
ish usullari turli xil ko‗rinishga ega. Hamkorlikda o‗tkaziladigan tadbirlar har
tomonlama puxta, shuningdek, qatnashchilarning yoshiga mos pedagogik va
psixologik jihatdan uyg‗unlashgan, mantiqan teran, qiziqarli, ko‗rgazmali, ayniqsa
ta‘sirchan, ommabop, amaliy jihatdan qisqa va lo‗nda, estetik jihatdan jozibali
bo‗lishi kerak.
2. Hamkorlikda amalga oshiriladigan tadbirlar mahalla hududidagi barcha
yoshlar va turli toifadagi fuqarolarni qamrab olishi hamda ularning qiziqish va
intilishlariga mos bo‗lishi lozim.
3. Hamkorlikda o‗tkaziladigan tadbirlar
“Ota-onangga rahmat!”,
“Odobingga balli!”, “Sog„ tanda sog„lom aql”, “Qizlar ibosi”, “Bir yigitga qirq
hunar oz”, “O„g„lim – posbonim”, “Hayot – ustoz, xalq – muallim”, “O„zbekiston
– Vatanim mening!”, “Milliy burch va mas‟uliyat”, “Oila etikasi”, “Oila tinch –
160
mahalla tinch”, “Askarlik – yigitlik maktabi”, “Oila baxti – Vatan baxti”, “Sport
va oilam”, “Oilamiz an‟analari”, “Vatan ostonadan boshlanadi”, “Biz kimmiz?”
kabi mavzularda bo‗lishi mumkin. Bundan tashqari, turli mavzularda boshqa
tadbirlarni o‗tkazib turish zarur
.
Masalan,
“Namunali oilalar”, “Ota – oila ustuni,
ona – oila charog„boni”, “Uch avlod uchrashuvi”, “Kasbim – faxrim mening”,
“Inson va tabiat”, “Inson va salomatlik”, “Inson va huquq”, “Oila va nikoh”,
“Oila – muqaddas tushuncha”, “Oilaviy an‟analar”, “Mahalla va oila
ma‟naviyatining mustahkamligi”, “Ota va ona – oila tayanchi”, “Oilada
sharqona sadoqat”, “Farzand – oila faxri”
va shu kabi mavzularda bo‗lishi
maqsadga muvofiqdir.
4. Ota-onalar majlisi, Qizlar klubi, Orasta qizlar to‗garagi, Saxovatli bolalar
harakati va boshqa jamoat tashkilotlari faoliyatidan maqsadli foydalanish «Oila-
mahalla-ta‘lim muassasasi» hamkorligi samaradorligini oshirishga qaratilgan
asosiy omillardan hisoblanadi.
Bularning barchasi hamkorlikning shakllanishidir. «Oila-mahalla-ta‘lim
muassasasi» hamkorligini amalga oshirish usullari keng qamrovli hisoblanadi.
Ta‘lim muassasalari bilan fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlari qoshida
otaonalarning yosh avlodni tarbiyalash bo‗yicha huquqiy, ma‘naviy-axoqiy va
fiziologik bilimlarini oshirish maqsadida tashkil etilgan «Ota-onalar
universitetlari»ning hamkorlikdagi faoliyatining talab darajasida olib borilishi,
«Oila-mahalla-ta‘lim muassasasi» hamkorligi ishlarining samaradorligini
oshirishga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. Ta‘lim muassasalari bilan fuqarolar yig‗inlarida
tuzilgan «Ota-onalar universiteti»ning o‗zaro hamkorligini kuchaytirishga
qaratilgan tadbirlarni hayotiy misollar bilan mustahkamlagan holda munozara,
muloqot, uchrashuv, ko‗rik-tanlovlar shaklida o‗tkazilishi, shuningdek, taniqli
olimlar, namunali oilalar, iqtidorli, ijodkor ota-onalar va bolalar, san‘atkorlar,
yozuvchi, shoirlarni taklif etish ijobiy samara beradi. Ta‘lim muassasalari bilan
«Ota-onalar universiteti»ning yillik rejalari doirasida olib borilayotgan ishlar
muhokama qilinadi, mavjud holat bo‗yicha hisobotlar eshitiladi, hamkorlik
ishlarini yaxshilashga doir takliflar o‗rganiladi va kelgusidagi dolzarb vazifalar
belgilab olinadi. Ta‘lim muassasalari jamoatchilik kengashlari bilan «Otaonalar
universiteti»ning faoliyati natijadorligini oshirishda quyidagi mavzularni keng
qamrab olish mumkin:
- barkamol avlodni tarbiyalashda hamkorlikning ahamiyati;
- yoshlar tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlar;
- sog‗lom va ma‘naviy boy shaxsni tarbiyalashda oilaning o‗rni; - yoshlarni
oilaga psixologik tayyorlash;
161
- muloqot psixologiyasi hamda shaxslararo munosabatlar masalalari; - bola
shaxsini shakllantirishda ota-onaning o‗rni;
-oilada bolani o‗z ishini rejalashtirish va iqtisodiy tejamkorlikka o‗rgatish;
- yoshlarda tabiatga va ekologiyaga munosabatni shakllantirish; - yoshlarni
kasb-hunarga yo‗naltirish;
- oila, o‗smir va qonun hamda boshqalar.
«Oila-mahalla-ta‘lim muassasasi» hamkorligi jamoat kengashi a‘zolari
mas‘ulligida tizimli ravishda profilaktik tadbirlarning amalga oshirilishi voyaga
etmaganlar o‗rtasidagi nazoratsizlik va qarovsizlik, surunkali dars qoldirish va
ma‘naviyatimizga zid bo‗lgan ma‘naviy tahdidlar, diniy aqidaparastlik va
«ommaviy madaniyat»ning salbiy illatlaridan himoya qilishga qaratilgan
hamkorlik ishlarini kuchaytirishda ijobiy natija beradi. YOsh avlodni tarbiyalashda
mahalla va ta‘lim muassasasining o‗zaro hamkorlikdagi ishtiroki muhim
ahamiyatga ega. Xususan, mahallalarda yosh oilalar, kam ta‘minlangan, noto‗liq
yoki boquvchisini yo‗qotgan oilalar bilan ishlash, xulqi og‗ir, voyaga etmagan
holda pul topish bilan shug‗ullanayotgan yoki turli ishlarga jalb etilgan, muntazam
darslarga qatnashmaydigan farzandlarning ota-onalari bilan suhbatlar o‗tkazib
borish, o‗tkaziladigan turli sayllar, uch avlod uchrashuvi, otalar maktabi, onalar
maktabi, ma‘naviyat exsoni kabi seminar-treninglar, davra suhbatlari, uchrashuvlar
tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Fuqarolar yig‗inlari tomonidan ichki
ishlar organlari bilan hamkorlikda farzandlari tarbiyasi bilan shug‗ullanmaydigan
ota-onalar, profilaktik hisobda turgan farzandlar tarbiyasiga salbiy ta‘sir
ko‗rsatuvchi ota-onalar, oila turmush munosabatlari doirasidagi huquqbuzarliklar
sodir etganliklari uchun profilaktik hisobda turganlarni aniqlash hamda ular bilan
profilaktik-tarbiyaviy ishlar olib borish lozim bo‗ladi. Farzandlari tarbiyasi bilan
shug‗ullanmaydigan ota-onalar, notinch va noqobil oilalardagi holatlarning
sabablarini chuqur o‗rganish, natijalari bo‗yicha fuqarolar yig‗ini kengashi,
mahalliy hokimliklar, huquqni muhofaza qilish organlari va tegishli tashkilotlar
bilan hamkorlikda tezkor yig‗ilishlarda muhokama etish bo‗yicha takliflar
tayyorlash hamda bunday salbiy illatlarning oldini olish yuzasidan aniq chora-
tadbirlarni amalga oshirish. Mahallalarda tarbiyasi og‗ir bolalarning ota-onalariga
bola bilan muomala qilganda uning uchun ahamiyatga ega bo‗lgan shaxslarni
kamsitmaslik, harakatlarida ketma-ketlikka rioya qilish, ilgari ruxsat bergan
narsalarga keyinchalik sababsiz ruxsat bermay qo‗ymaslik, bolaning shikoyatlarini
hisobga olish, ulardan qo‗lidan kelmaydigan narsalarni talab qilmaslik lozimligini
tushuntirib borish, agar bola biron fan bo‗yicha qiyinchiliklarga uchrasa, unga
yordam berish, uni har tomonlama qo‗llab-quvvatlash, erishgan yutuqlari uchun
maqtashni unutmaslik kerakligini tushuntirish. Bolalarga ishonch bildirish, u bilan
162
rostgo‗y bo‗lish, uni boricha fazilat va nuqsonlari bilan qabul qilish, farzandida
biror bir sabab bilan o‗qishda o‗zlashtirishi susaysa, unda uni birorta o‗zi
yoqtiradigan to‗garakka qatnashtirish, bolaning bo‗sh vaqtini doimiy nazoratda
tutish va uni o‗zi yoqtirgan mashg‗ulotlar bilan to‗ldirib borish, shuningdek, uni
jamoa ishlariga jalb etish, maktab va oilada do‗stona aloqalar o‗rnatilishiga yordam
berish, yutuqlari bilan rag‗batlantirib borish kabi tavsiyalarni tadbirlar orqali
etkazish maqsadga muvofiq bo‗ladi.
SHu o‗rinda bir misol: Ibrohimning oilasida ota-onasi o‗zaro qattiq
ziddiyatda edilar. Otasi muhandis, spirtli ichimlikka berilib, rafiqasini haqoratlardi.
Onasi munosabatlarini yumshatishni istab, barchasiga chidab kelardi. Lekin bir
kuni Ibrohim otasidan onasini tahqirlashni bas qilishini talab qiladi. Ish
mushtlashishgacha borib etadi. SHundan so‗ng, Ibrohim darslarga bormay qo‗yadi.
Sinf rahbari shoshilinch chora ko‗radi, ya‘ni Ibrohimning otasi ishlaydigan joyga
kelib, tushuntirish ishlarini olib boradi. SHundan so‗ng, oilada vaziyat asta-sekin
yaxshilanadi. Ona ham, o‗g‗il ham o‗qituvchining ota bilan suhbatlashganini
bilishmaydi. Jamoatchi va bilimli sinf rahbari yoki mahalla faoli har qanday
vaziyatdan juda ustalik bilan chiqib ketadi va har tomonlama rivojlangan jamoani
tashkil qiladi. YUqorida qayd etilgan tarbiyaviy, tashkiliy, metodik ishlarni
hayotga tatbiq etish, avvalo har bir fuqaro, oila, mahalla va ta‘lim muassasalarining
mavjud imkoniyatlarini inobatga olgan holda shakllantirilgan «Oila-mahalla-ta‘lim
muassasasi» hamkorligi Jamoat kengashining yillik rejasida belgilangan
vazifalarning to‗liq ijrosi bilan amalga oshirilishi ko‗zda tutilgan.
«Oila-mahalla-ta‘lim muassasasi» hamkorligida Jamoat kengashining
quyidagi uslubiy asoslari orqali oila-mahallata‘lim muassasalari hamkorligining
samaradorligi va natijadorligini ta‘minlashga erishish mumkin:
- ota-onalarning farzandlar tarbiyasidagi o‗rni, majburiyati, mas‘uliyati va
farzandlar bilan o‗zaro munosabatlarini mustahkamlashga ko‗maklashish;
- ta‘lim muassasalaridagi ta‘lim-tarbiya sifatini o‗rganish va ularni yanada
takomillashtirishga oid tadbirlarni amalga oshirish;
- qonunchilik talablaridan kelib chiqib ta‘lim muassasalariga yaqin
hududlarda alkogolli va tamaki mahsulotlari sotilishiga yo‗l qo‗ymaslik bo‗yicha
jamoatchilik nazoratini o‗rnatish;
- ta‘lim tizimidagi islohotlar haqida ota-onalar va keng jamoatchilikning
uzviy ma‘lumotga ega bo‗lishlarini ta‘minlash;
- o‗quvchi-yoshlarning zararli odatlar yo‗liga kirishiga sabab bo‗layotgan
omillarga qarshi manzilli profilaktik tadbirlarni amalga oshirish;
163
- ta‘lim-tarbiya jarayonini hamda ushbu sohaga oid normativhuquqiy
hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflarni belgilangan tartibda tegishli
davlat organlariga kiritish.
Barchasini hamkorlikda olib borishda fuqarolar yig‗ini raisi, diniy ma‘rifat
va ma‘naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‗yicha maslahatchi, ma‘sul kotib,
«Mahalla posboni» jamoat tuzilmasi rahbari, fuqarolar yig‗inlarining tegishli
faoliyat yo‗nalishlari bo‗yicha komissiyalar, ko‗cha boshilar va ta‘lim
muassasalarining birgalikda olib borayotgan ishlari muhim hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |