Qayta tayyorlash va malakasini oshirish



Download 1,49 Mb.
bet10/10
Sana07.09.2017
Hajmi1,49 Mb.
#19028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Tabiiy resurs deb, inson hayoti va faoliyati davomida bevosita foydala- niladigan barcha turdagi tabiat ne’matlariga aytiladi.

Yer shari juda ko‘p va xilma-xil tabiiy resurslarga ega. Tabiiy resurslar besh turga bo‘linadi. Ular yer, suv, mineral, biologik va iqlimiy resurslardan iborat. Ular yer yuzasi bo‘ylab ancha notekis joylashgan. Shu sababli, alohida hududlar, mamlakatlar, materiklar tabiiy resurslar bilan turlicha ta’minlangan, ularning turlari va miqdoriy ko‘rsatkichlari ham har xil. Bu holat, o‘z navbatida, resurslar bilan ta’minlanganlik tushunchasini keltirib chiqaradi.

Tabiiy resurslar bilan ta’minlanganlik deganda, tabiiy resurslaming umumiy ko‘lami ko‘rsatkichlari bilan ulardan foydalanish miqdori o‘rtasidagi nisbat tushuniladi. U tabiiy resursning necha yillargacha yetishi yoki resurs zaxirasining aholi jon boshiga qanchadan to‘g‘ri kelishi ko‘rsatkichlari bilan ifodalanadi.

Ko‘pchilik tabiiy resurslar, eng avvalo, turli moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari uchun qimmatli xomashyo hisoblanadi. Shu sababli sanoat xom- ashyolari bilan ta’minlanish muammosi ko‘pchilik mamlakatlar oldida dolzarb bo‘lib turadi.

Tabiiy resurslaming ba’zi birlari, o‘z navbatida, yana ham mayda va kichik turlarga taqsimlanadi. Tabiiy resurslar tabiatda kelib chiqishi, ishlatilishi xusu- siyatlariga ko‘ra tugaydigan va tugamaydigan gumhlarga bo‘linadi. Tuproq,mineral, o‘simlik, hayvonot, rekreatsiya kabi resurslar tugaydigan tabiiy resurslar- ga kiradi. Ular, o‘z navbatida, tiklanadigan va tiklanmaydigan guruhlarga bo‘linadi. Tiklanishi mumkin bo‘lgan tabiiy resurslarga tuproq, o‘simlik, hayvonot, rekreatsiya, chuchuk - iste’mol suvi kabi boyliklar kiradi. Mineral (yer osti) resurslari tiklanmaydigan tabiiy boylik hisoblanadi.

Tabiatda amalda tugamaydigan tabiiy resurslar ham mavjuddir. Ular quyosh nuri, shamol, dengiz va okeanlar, yeming ichki (geotermal) energiyasidir. Tabiiy resurslar yer yuzasi bo‘ylab notekis joylashgan. Fors qo‘ltig‘i mamlakatlari neft va tabiiy gazga, And mamlakatlari mis va polimetall rudalariga, Shimoliy yarimshaming o‘rta kengliklari va ekvatorial mintaqa hududlari o‘rmonlarga ancha boy. Rossiya, AQSH, Xitoy, Kanada, Braziliya, Avstraliya kabi bir qator ulkan davlatlar amalda tabiiy resurslaming deyarli barcha xillari bilan yaxshi ta’minlangan. Shuningdek, ko‘pgina mamlakatlar muhim tabiiy boyliklaming bir yoki bir necha turlarigagina ega. Jahonda uchinchi xil mamlakatlar, masalan: Andorra, Okeaniya va Karib havzasidagi bir qator mamlakatlar tabiiy boyliklar, ayniqsa, mineral boyliklar bilan yetarli darajada ta’minlanmagan.

  1. Mustahkamlash

Mustahkamlash jarayonida “5-si ortiqcha” metodidan foydalaniladi. Bunda har bir partaga 1 tada savol 5 ta javob variant bilan taqdim etiladi. Variantlar orasidan 1 tasi xato bo’ladi, o’quvchi ana shu noto’g’ri variantni topishi kerak bo’ladi. O’ylash uchun 1 daqiqa beriladi. Olingan javoblarga qarab o’quvchilar bilimi baxolanadi. (Ilova - 2)

  1. Baholash

Dars jarayonida faol ishtirok etgan o’quvchilar baxolanadi va baxolar e’lon qilinadi.

  1. Uyga vazifa . 3 daqiqa

1.Kishilik jamiyatining rivojlanishdavrlari jadvalini chizish.

2. tabiiy resurslar bo’yicha insoniyat oldida turgan muammolarni o’rganish.

3. Regionlarni resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi bo’yicha guruhlash.

4. Resurslarni xaritada ifodalanishni o’rganib kelish.

I.Tabiat va jamiyat o’rtasidagi o’zaro ta’sir bosqichlari

1. Qishloq ho’jalik inqilobi

2. Ibtidoiy jamoa davri

3. Kishilik jamiyati davri

4. O’rta asrlar davri

5. Fan-texnika inqilobi davr

II. Oykumena tushunchasi

  1. Yashayman, joylashaman

  2. Yer yuzasining aholi yashaydigan qismi

  3. Yer yuzasining 60 %i

  4. Shaxar, qishloq, bog’lar, istirohat joylari

  5. Tog’lar, o’rmonlar, chakalakzorlar

III. Tabiiy resurslar qanday guruhlarga bo’linadi?

  1. O’rmonlar, suv omborlari, IES, kanallar

  2. Yer, suv, quyosh energiyasi

  3. Biologik resurslar, shamol energiyasi

  4. Inson hayoti davomida foydalanadigan ne’matlar

  5. Mineral resurslar

IV.Tabiat bilan jamiyatning o’zaro ta’sirining 4-bosqichida qanday jarayonlar yuz berdi?

  1. Yevropada ishlab chiqariosh kuchlari yanada rivojlanadi.

  2. Shimoliy va Janubiof-muhitgy Amerika, Avstraliya, Afrikani o’zlashtirish tezlashdi.

  3. “Eski” va “Yangi” dunyo tushunchalari paydo bo’ldi.

  4. Tabiiy landshaftlar tez sur’atlarda o’zlashtirildi.

  5. Inson faoliyatining atrof- muhitga salbiy ta’siri kuchaydi.

V. Qaysi resurs turlari tiklanishi mumkin?

1. Tuproq

2. O’simlik

3. Hayvonlar

4. mineral resurslar

5. chuchuk suv

VI.Tabiatda amalda tugamaydigan tabiiy resurslar ham mavjud. Ular……

  1. Rekreatsiya resurslari

  2. Shamol energiyasi

  3. Yerning ichki energiyasi

  4. Quyosh nuri

  5. Dengiz va okeanlari

VII.Fan-texnika inqilobi davrida qanday xodisalar ro’y berdi?

  1. Jamiyat bilan tabiatning munosabatlarida jamiyatning faolligi oshdi

  2. “Eski” va “Yangi” dunyo tushunchalari paydo bo’ldi.

  3. Tabiiy resurslardan foydalanish sur’atlari oshib ketdi.

  4. Oykumena chegarasi kengayib ketdi.

  5. Jamiyat va tabiat o’rtasidagi muvozanat buzildi.

  1. Qaysi davlatlar tabiiy resurslarning deyarli barcha turlari bilan yaxshi ta’minlangan?

1.Rossiya, AQSH, Xitoy

2. Kanada, Braziliya, Avstraliya

3. Markaziy Amerika, Avstraliya

4. Xitoy, Avstraliya, Rossiya

5. Okeaniya va Karib havzasi, AQSH, Xitoy

  1. Geografik muhit tushunchasi

1.O’zlashtirilmagan hududlar

2. Oykumena

3. O’ziga xos yashash muhiti

4. Antropogen landshaft

5. O’zlashtirilayotgan hududlar

  1. Tabiat va jamiyatning o’zaro ta’sirining 1-bosqichi qanday bo’jgan?

1.Yovvoyi meva va o’simliklar yig’ish

2. ovchilik va baliqchilik rivojlandi.

3. Yangi yerlar o’zlashtirildi.

4. Insonning tabiatga moslashuvi

5. jamoa bo’lib yashash

  1. O’rta asrlar davrida qanday voqealar sodir bo’ldi?

1.Yangi yerlarni o’zlashtirish kuchaydi.

2. Tabiiy resurslardan foydalanish kengaydi.

3. Aholi ko’paya boshladi.

4. Yerlarga ishlov berildi.

5. Insonlar dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullana boshladi.

  1. Jamiyat o’z ehtiyojlarini qondirish uchun tabiiy resurslardan foydalanadi. Buning natijasida esa…..

1.Tabiiy boyliklarning yangi turlari topildi va ko’paytirildi.

2. Tabiatda chiqindilar ko’payib ketdi.

3. Atrof-muhit ifloslandi.

4. Tabiiy resurslar kamayib ketdi.

5. Ekologiya buzildi.



1



Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish