Birlamchi pirogenlar:
mikroblarning endotoksinlari. Gram manfiy mikroblarning endotoksinlari 3 qismdan iborat: lipoid, polisaxarid va oqsil. Lipoid qismi intoksikatsiya va isitma chaqiradi.
asseptik yallig’lanish va infarktlarda
viruslar, rikketsiyalar, spiroxetalar va oqsillar
Bu moddalarning o’zi isitma chaqirmaydi,lekin ular ta'sirida organizmdagi hujayralarda ikkilamchi pirogenlar ishlab chiqariladi.
2.Ikkilamchi pirogenlar:granulotsit va monotsitlarda birlamchi pirogenlar ta'sirida hosilbo’ladi.Ular endogen leykotsitar pirogen yoki interleykin-1 deyiladi.
In vitro sharoitida pirogen moddalar ta'sirida neytrofillar 16-18 soat davomida, monotsitlar esa 35 soat davomida leykotsitar pirogenni ishlab chiqaradi. Ulardan tashqari yana interferon, lizotsim, PG va boshqa lar ham ishlab chiqariladi.
Patogenezi. Isitmaning asosida leykotsitar pirogenlar tomonidan termoregulyatsiya markazlari ishining qayta qurilishi yotadi. Bu esa markazning o’ziga kelayotgan signallarni(sovuq,issiq) sezish bo’sag’asining o’zgarishi bilan xarakterlanadi, ya'ni sovuqqa sezgir neyronlarning aktivligi oshadi, issiqqa sezgir neyronlarniki esa tormozlanadi. Natijada termoregulyatsiya darajasi yuqoriga ko’tariladi.
Natijada tana harorati sovuq deb qabul qilinadi,ximik va fizik termoregulyatsiya mexanizmlari ishga tushib tana haroratini ko’tarilishi ta'minlanadi.
411.Pirogen moddalar markazning termosezgirmas neyronlari faoliyatini buzadi,natijada markazning sovuqqa va issiqqa sezgir neyronlari signallarini solishtiruvchi faoliyati o’zgaradi.Bu esa harorat gomeostazi nuqtasini o’zgartiradi.
1. Harorat gomeostazining nuqtasi sovuqqa va issiqqa sezgir neyronlarning funktsional holati bilan ifodalanadi.Pirogenlar sovuqni sezuvchi neyronlarning aktivligini oshiradi,issiqni sezuvchi neyronlarnikini esa pasaytiradi.Natijada markazning sovuqni sezish bo’sag’asi pasayadi va normal harorat pasaygan deb qabul qilinib,issiqlikning ajratish yo’llari berkitiladi,tana haroratinin ko’tarilishi kuzatiladi.
Isitmani ishga soluvchi molekuyar mexanizmlar hanuzgacha chuqur o’rganilmagan.
Isitmaning bosqichlari
Isitma jarayoni uch bosqichda boradi.
haroratni ko’tarilishi davri (St.incrementi). Bunda t ermoregulyatsiyani qayta qurilishi issiqlik hosilbo’lishini issiqlik yo’qotilishidan yuqori bo’lishi bilan xarakterlanadi.Ximik va fizik termoregulyatsiya jarayonlari o’zgaradi. Issiqlik yo’qotishini kamayishi periferiyadagi tomirlarni spazmi, ter ajralishi va bulanishni kamayishi bilan bog’liq. "mustahoz" terisi bo’lganda issiqlik yaxshi izolyatsiya bo’ladi.
Muskullar tonusini oshishi va ularni qaltirashi ularda moddalar almashinuvini oshirib issiqlikni hosilbo’lishini ko’paytiradi.
Buni mexanizmi quyidagicha. Periferiyadagi tomirlarni spazmi termoretseptorlarni qo’zg’atib "sovuq"ni sezishga (oznob ) olib keladi. Unga javoban muskullarni titrashi bo’ladi(droj). Bundan tashqari jigar, o’pka va miyada issiqlik hosilbo’lishi kuchayadi. Shuning uchun ham issiqlikda ham,sovuqda ham isitma vaqtida temperaturani ko’tarilishi bir xilda bo’ladi.
haroratni yuqori darajada saqlanib turish davri (St.fastigii).
Ma'lum darajagacha ko’tarilgan temperatura bir necha vaqt shu darajada turadi,yuqoriga ko’tarilmaydi,chunki shu vaqtda tomirlar kengayib issiqlikni yo’qotish ko’payib issiqlik hosilbo’lishi bilan tenglashadi. Odam tanani qizishini sezadi, terisi issiq bo’ladi.
Bu davrda leykotsitar pirogenlar termoregulyatsiya markazini "ustanovochnaya tochka"sini o’zgartiradi va shu darajada tana temperaturasini ushlab turuvchi mexanizmlar ishlab turadi.
Temperatura ko’tarilish darajasiga qarab uni quyidagi turlarini ta fovut etiladi: temperatura 38oS gacha ko’tarilsa subfebril, 38-39oS gacha ko’tarilsa - o’rtacha, 39-41oS gacha bo’lsa - yuqori, 41oS dan yuqori bo’lsa giperpiretik deyiladi.
haroratni pasayish davri. Pirogen moddalarni ta'siri kamayaborgan sari termoregulyatsiya markazi asl holiga keladi. Tanada yiqilgan issiqlik tomirlar kengayishi,terlash va nafasni tezlashishi hisobiga yo’qotiladi.
Isitmani intensivligi markaziy nerv sistemasini faoliyatiga, gormonlarga boliqdir. Gipofiz,buyrak usti bezlarining faoliyati pasaysa isitma kuchsiz rivojlanadi.
Temperatura egri chiziqi ko’tarilish,turish va pasayish qismlaridan iborat. Bu egri chiziqni diagnostikada ahamiyati bor.
Isitmada ayniqsa, simpato-adrenal sistema faoliyatining o’zgarishlari sezilarli bo’ladi. qon da adrenalin va noradrenalin miqdori orta boshlaydi, pirogen moddalar, nihoyat, isitma jarayonining o’zi kuchli stressor omil bo’lganligi uchun, xuddi umumiy adaptatsion sindromga o’xshash ichki sekret bezlar sistemasida nomaxsus o’zgarishlarga sabab bo’ladi.Bunda,chu nonchi buyrak usti bezi po’stloq qismining giperplaziyasi,AKTG miqdorining oshishi,glyukokortikoid gormonlarning ko’payishi,limfotsitlarning kamayib ketishi va h.k. kabi o’zgarishlar yuz beradiki ular ana shundan dalolat beradi.
Qon aylanish sistemasi. Tana temperaturasini 1oSga ko’tarilishi pulsni 1 minutda 8-10 ga ortishiga olib keladi.Buni Liebermeister K (1865) qoidasi deyiladi. Bu sinus tuguni isishi,hamda simpatik nervni tonusini oshishi bilan bog’liqdir.Ayrim kasalliklarda (qorin tifi, qaytalama tif) intoksikatsiya hisobiga issiqlik vaktda taxikardiya o’rniga bradikardiya bo’ladi.
Arterial bosim isitmani birinchi bosqichida teri tomirlarini spazmi hisobiga oshsa,uchinchi davrida atreriyalarni tonusining birdan pasayishi hisobiga kollaps holati ham bo’lishi mumkin.
Tashqi nafas olish birinchi bosqichda biroz sekinlashsada,temperatura ko’tarilganda bosh miyani temperaturasi oshishi hisobiga, nafas olish tezlashadi.
hazm sistemalarida anchagina o’zgarishlar bo’ladi:so’lak ajralish buzilgani uchun til guruh va qarash bo’ladi,oshqozon shirasi miqdori va kislotaligi kamayib ishtaha yo’qoladi.Bu o’zgarishlar ham isitma, hamda bakterial intoksikatsiyalar hisobiga bo’ladi.
Moddalar almashinuvi tomonidan bo’ladigan o’zgarishlar asosiy almashinuvni oshishi,avvaliga uglevodlarni yonishi kuchayib keyinchalik yog’larni oksidlanishi kuchayadi va keton tanachalarini yiqilishi bilan xarakterlanadi.
Oqsil almashinuvi uchun xos bo’lgan oqsillarni parchalanishi va mochevinani siydik bilan ko’p ajralishi, manfiy azot balansi kabi o’zgarishlar ham isitmaga, hamda intoksikatsiya bog’liqdir.
Suv-elektrolit almashinuvi tomonidan isitmani birinchi davrida arterial bosim ortishi natijasida diurez ko’payadi.Ikkinchi bosqichida esa aldosteron ko’p ishlab chiqarilgani uchun to’qimalarda Na ushlab holinib diurez kamayadi. Uchinchi davrida esa xloridlarni va Na ko’p chiqarilishi bilan birga siydik va ter ko’p ajraladi.
Isitmani ahamiyati. Isitma organizmni himoya reaktsiyasi bo’lishi bilan birga ayrim hollarda ziyonli ham bo’lishi mumkin.
Isitma patofiziologiyasi sohasida ko’p yillar ilmiy ishlar olib borgan taniqli olim P.N.Veselkinning fikricha isitmalash qobiliyati evolyutsion rivojlanish nuqtai nazaridan biron-bir populyatsiyani saqlanishi uchun kerak bo’lgan xususiyatdirki,agar u yuz bermaydigan bo’lganda gomoyotermli hayvonat olami tabiiy tanlanish jarayonida yo’qolib ketgan bo’lardi. Bu - umumlashtirib aytilgan fikrda isitmaning asosiy biologik mohiyati ko’rilib turibdi.
Yuqori temperatura ko’pgina mikroblarni ko’payishiga to’sqinlik qiladi.40oSda tuberkulez tayog’chasiga streptomitsinni ta'siri 37oSdagiga nisbatan 100 barobar yuqoridir.Isitmada fagotsitoz kuchayadi,antitelolar,interferonlar ishlab chiqarish kuchayadi,immunokompetent hujayralarning reaktivligi ortadi, viruslarni reproduktsiyasini bosib turuvchi hujayra ichidagi fermentlar aktivlashadi.Isitma organizmga stress ta'sir qilgani uchun organizmni nospetsifik rezistentligini oshiradi.Shuning uchun ham tozalangan pirogenlar (pirogenal,piriefir va b.mustah.) zaxlini o’tib ketgan turlarini suyak bo’g’in silida, o’pkani kavernali silida va boshqa larda piroterapiya ishlatiladi.
Isitmani ana shunga ko’ra ijobiy ta'sirini nazarga olib neyrosifilis (zaxm), gonorreya (so’zak), psixoz, dermatit, allergiya, tromboflebit va h.k. kabi holatlarda bemor ahvolini yaxshilashi, shifobaxsh ta'sir vositasida kasallikni bartaraf etishga qaratilgan. Shuning uchun undan amalda foy- dalanadilar.
Issiq urishi, sinonim - organizmni qizib ketishi, sinonim gipertermiya.
Bu holatlar issiqlik balansini buzilishi natijasida organizmda issiqlik miqdorini oshishi bilan xarakterlanadi. Buni isitmaga aloqasi yo’q,unga qarama-qarshi holat bo’lib organizmni kompensator imkoniyatlari qurigandan keyin yuzaga keladi.Isitmada termoregulyatsiya temperaturani ko’tarilishga qaratilgan bo’lib gipertermiyada esa organizm bunga qarshilik qiladi.Bunda pirogen moddalar rol uynamaydi.
Issiq urishi-bu tashqaridagi issiq faktorlar ta'sir qilganda organizmni qizib ketishi bilan xarakterlanadigan holatdir.
Sababi tashqaridan ortiqcha issiqlik tushishi natijasida t ermoregulchtsiyani buzilishidan kelib chiqadi.
Issiqlikni uzatishga to’sqinlik qiluvchi va issiqlik hosilbo’lishini kuchaytiruvchi omillar tanani qizib ketishini tezlatuvchi omillardir.
Issiq urishi issiq sexlarda ishlovchilarda,sayog’larda uchrashi mumkin.
Oftob nurlarini boshga to’gri dan to’gri ta'sir qilishi natijasida oftob urishi yuzaga keladi. Issiq yoki oftob urishlarini klinik belgilari deyarli bir xil bo’lgani uchun ularni alohida holat deb qaralmasa ham bo’ladi.
Issiq urish kuchli ter ajralishi natijasida qon ni quyuqlanishi va suv-elektrolit almashinuvini buzilishi bilan boradi. Markaziy nerv sistemasida miya to’qimasi va pardalarida giperemiya va shish bo’lgani uchun nevrologik simptomlar bilan o’tadi.
Issiq urish odamlarga beriladigan yordam asosan organizmdan issiqlikni yo’qotishni tezlatishga qaratilgan bo’lishi kerak.
Gipertermik sindrom. Bu gipotalamusda t ermoregulyatsiyani buzilishi natijasida birdan tana temperaturasini 40oS va undan yuqoriga ko’tarilib ketishi bilan xarakterlanadi. Bu sindrom bosh miyani o’smalari, travmalarda,qon quyilganda,infektsiyalarda va b.mustah. gipotalamusdagi termoregulyatsiya markazlarini shikastlanishidan kelib chiqadi.Bulardan tashqari narkotik moddalar va miorelaksantlar birgalikda berilganda ham kuzatilishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Robbins. Basic. Pathology.(9th.Edition)California- 2013y
KyMap.,Acrep. ,Фаусто.,Аббас.-Основы заболeваний патологии Роббинсу и Котрану. California -2015г.
3.H.Y.Karimov., Saidov.S.A., SH.SH. Bobojonova. Patologiya. T., “Tafakkur qanoti”, 2014y.
Abdullaev N.X., Karimov H.Y. Patofiziologiya. T., “Ibn Sino” nashriyoti.,1998 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |