?
Tireotrop gormon
|
|
|
|
|
Oksitotsin
|
|
|
|
|
F S G
|
|
|
|
|
Androgenlar
|
|
|
|
|
Katexolaminlar
|
|
|
|
|
Neyrogipofiz
|
|
|
|
|
Adenogipofiz
|
|
|
|
|
Paratgormon
|
|
|
|
|
Endokrin tizimi kasallik
|
ari
|
Organizimning hayot faoliyatini mahsus tarzda idora qiluvchi muhim sistemalardan biri endokrin sistemasidir. U o’ziga xos kimyoviy moddalarni - gormonlarni ixtisoslashgan a’zolar - ichki sekret bezlari hujayraralarda hosil qilib, bevosita qonga chiqarad i va shu yo’l bilan a’zo - to’qimalarning aloqalarini hamda idora qilinishini amalga oshiradi. Metabolizm va fiziologik funktsiyalarning idora etilishida nerv impulslarining faoliyatini endokrin sistemasining davomli sekretor faolligi to’ldiradi. Bunday faoliyatning buzilishi faqat endokrin sistemasining patologiya holatlariga emas, balki boshqa turli sistema va a’zolarning patologiyasida ham o’z aksini topadi. Gormonlar - kimyoviy vositachilar bo’lib, boshqa to’qimalarning faolligini idora qiladi. Ular ma’lum va aniq qonuniyatga bo’ysunuvchi va o’zaro bog’liq doirada ta’sir ko’rsatadi. Gormonlar ta'siri mexanizmlari.
Gormonlar ta’sirida asosan quyidagi 5 mexanizm farqlanadi:
Adenilatiklaza sistemasi faollashtirish yo’li bilan hujayra membranasini g lyukoza, aminokislotalar, yog’lar, suv va ionlar uchun o’tkazuvchanlikni ta’minlash.
Fermenlar faolligini bevosita oshirish.
Ribosomal tizimlarning oqsilli fermenlar bevosita ta’sir etish
Xujayra ichidagi jarayonning bevosita rag’batlantiruvchisi - adenilatiklaza sistemasini faollashtirish.
Transkriptsiya darajasida samara ko’rsatish.
Endokrin idora etilish mexanizmlari.
Gormonlar sekretsiyasi hamma vaqt ham bir xil bo’lmaydi, bezlar vaqti-vaqti bilan gormonlar ishlab chiqaradi. Bir kunlik va uzoq davomli ritmlar farqlanadi. Kopchilik bezlar tashqi muhit sharoitlari ta’sirlariga bog’liq va muvofiq ravishda faoliyat ko’rsat adi, chunonchi ular uchun davomli adaptatsiya harakterlidir.
Endokrin buzilishlarning etiologiyasi.
1.Irsiy nuqsonlar (ko’proq jinsiy bezlarda) tufayli endokrin bezlarining (ko’proq qalqonsimon bez, oshqozon osti bezi, buyrak usti bezining po’stloq qismida) biosintezi, gormonlarning tuzilishi, tashilishi va almashinuviga oid u yoki bu enzimopatiyalar.
Alimentar omillarga (masalan, ovqat tarkibida yod taqchilligi tufayli ba’zi viloyatlarda endemik bo’qoq, shuningdek oqsillar, ba’zi vitaminlar taqchilligiga va h. k.) bog’liq sabablar.
Yallig’lanish, infektsion agentlar ta’siri autoimmun va autoagressiv xarakterga ega bo’lgan kasalliklar (masalan, autoimmun o’zgarishlar, tireoidit, gipertireoz va gipokortikoizmga olib keladi). Yallig’lanish va autoimmun endokrin kasalliklarning etiologiyasida, ayniqsa virusli infektsiyalarning roli katta.
4.O’smalar va bunda endokrin bo’lmagan a’zolarda o’sma metastazi tufayli xatto hujayralar tomonidan gormonlar ishlab chiqarilishi - gipergormonal holatning yuzaga kelishi (masalan, oshqozon osti bezining o’smasini STGni ishlab chiqarishi mumkin va buning natijasida akromegaliya rivojlanishi kuzatiladi).
Parazitlar ta’siri - degenerativ va granulematoz jarayonlar endokrinopatiyaning sabablari bo’lishi mumkin (sklerodermiya, amiloidoz, sarkoidoz, toksoplazmoz va x. k.).
Jarrohlik muolajalari va idora etuvchi gormonal dori vositalarini yuborish natijasida yuzaga keluvchi endokrinopatiyalar uchraydi (strumektomiya natijasida - gipoparatireoz, endokrin bo’lmagan kasalliklarda kortikoidlarning katta dozalari bilan davolash oqibatida va h.k.).
Do'stlaringiz bilan baham: |