Qayta davlat ro’yxatiga olingan



Download 136 Kb.
bet2/3
Sana10.04.2017
Hajmi136 Kb.
#6503
1   2   3

• amaldagi qonunlar va me'yoriy hujjatlarga muvofiq, ularning ixtiyorida qoldirilgan mablag'lar doirasida, kasaba uyushma byudjeti va harajat smetasini tasdiqlaydi hamda bu mablag'larni Ustavda belgilangan maqsadlarga sarflaydi;

• ijtimoiy sug'urta bo’yicha tasdiqlangan smetaga muvofiq, mablag'larni mehnatkashlar va ularning oila a'zolarini sog'lomlashtirish, mehnat muhofazasi, madaniyat, ma'rifat, ommaviy sport ishlariga, sport inshootlarini saqlash va qurishga sarflashda qatnashadi;
• kasaba uyushma yig'ilishlari, konferentsiyalari, qurultoylar, yuqori kasaba uyushma organlari qarorlari bajarilishini tashkil etadi.

Kasaba uyushma qo’mitasi tsex qo’mitalari, kasaba uyushma guruhlariga kasaba uyushma qo’mitasi vakolatiga kiradigan ayrim huquqlarni berishi, o’z komissiyalarini tashkil qilishi va ularning vakolatlarini belgilash mumkin.


KASABA UYUSHMALARINING TUMAN, SHAHAR, VILOYATLAR, QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI KENGASHLARI
5.6. Rayosat tomonidan belgilangan kasaba uyushma a'zolarining miqdori me'yoriga muvofiq kasaba uyushmalari tuman, shahar, viloyat, Qoraqalpog'iston Respublikasi kengashlari tuzilishi mumkin. Ularni tuzish bo’yicha qaror kasaba uyushmasi Markaziy kengashi Rayosati tomonidan qabul qilinadi. Ushbu kengashlarni shakllantirish tegishlicha kasaba uyushmalari tuman, shahar, viloyat, Qoraqalpog'iston Respublikasi konferentsiyalarida amalga oshiriladi.

Kengashlarning vakolatlari va vazifalari tarmoq kasaba uyushmasi Ustavlari bilan belgilanadi. Ularni moliyalashtirish tartibi, strukturasi va shtatlari kasaba uyushmasi MK yoxud ularning Rayosatlari tomonidan belgilanadi.


O’ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI
5.7. O’zbekiston kasaba uyushmalari (bundan buyon matnda “Kasaba uyushmalari” deb yuritiladi) ishlab chiqarish, shuningdek noishlab chiqarish sohalarida, faoliyati turi bo’yicha manfaatlar mushtarakligi asosida qisman ish bilan band bo’lganlar yoki vaqtincha ishsizlar, talabalar va o’quvchi yoshlar, ishlamaydigan pensionerlar, aholining boshqa toifalari (bundan buyon matnda “Xodimlar” deb yuritiladi) ning ixtiyoriy o’zini o’zi boshqaruvchi jamoat nodavlat-notijorat tashkilotlaridir.

5.8. Kasaba uyushmalari kasb-kor, ishlab chiqarish, hududiy-ishlab chiqarish, tarmoq, tarmoqlararo hududiy printsiplar bo’yicha tuziladi.

5.9. Kasaba uyushmalari Federatsiyasining ushbu Ustavi va Harakat dasturiga zid bo’lmagan o’z ustavi, nizomi, dasturiy hujjatlarga ega bo’lishi mumkin.

qurultoylar kasaba uyushmalarining oliy organi bo’lib, ular kasaba uyushmalarining MK tomonidan besh yilda kamida bir marta chaqiriladi. Ularni chaqirish, vakillik normasi va kun tartibi haqida kamida ikki oy oldin e'lon qilinadi.

QURULTOY VAKOLATI
• kasaba uyushmalari MKlari, taftish komissiyalari faoliyati to’g'risidagi hisobotlarni eshitish;

• kasaba uyushmalarini tuzish va tugatish;

• ustav, nizom va boshqa hujjatlarni qabul qilish, shuningdek, ularga o’zgartishlar kiritish;

• kasaba uyushmasi MK, taftish komissiyasi raislarini saylash;

• Federatsiya Kengashi tarkibiga vakillar saylovi, kasaba uyushmasi MK, taftish komissiyasi va Federatsiya qurultoyiga delegatlar saylash;

• belgilangan kvotaga muvofiq to’g'ridan-to’g'ri vakil yo’llash printsipiga binoan saylangan kasaba uyushmasi MK a'zolari vakolatini tasdiqlash.


Kasaba uyushmalarining navbatdan tashqari qurultoyi kasaba uyushmasi MK qarori bilan uning o’z tashabbusiga binoan yoki kasaba uyushma a'zolarining kamida uchdan bir qismining talabi, shuningdek, kasaba uyushmasi MK Rayosati qaroriga binoan chaqiriladi. Navbatdan tashqari qurultoyni chaqirish to’g'risidagi qaror, vakillik normasi va kun tartibi bir oydan kam bo’lmagan muddatdan kechikmay e'lon qilinadi.

5.10. Kasaba uyushmasi MK qurultoylar oralig'ida tarmoq kasaba uyushmalarining rahbar organi hisoblanadi va qurultoyda besh yil muddatga saylanadi va faqat qurultoy oldida hisob beradi.

Kasaba uyushmasi MK majlislari zaruratiga qarab, lekin yilda kamida bir marotaba o’tkaziladi.
MARKAZIY KENGASHLAR:
• Federatsiya, tarmoq kasaba uyushmasi qurultoylari tomonidan qabul qilingan qarorlar, Federatsiya Kengashi, Rayosat qarorlarining bajarilishini ta'minlaydilar;

• davlat va jamoat organlarida, mulk shaklidan qat'i nazar, xo’jalik strukturalarida kasaba uyushma tashkilotlarining huquq va manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladilar;

• Respublika davlat organlari va xo’jalik boshqarmalarining tarmoqlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish davlat dasturlarini tayyorlash va amalga oshirish ishlarida qatnashadi;

• tegishli ish beruvchilar birlashmalari (vazirliklar, idoralar, assotsiatsiyalar, mulk shaklidan qat'i nazar boshqa xo’jalik strukturalari) bilan tarmoq xodimlariga taalluqli ijtimoiy-iqtisodiy muammolar majmui bo’yicha kelishuvlar tuzadilar;

• kasaba uyushma tashkilotlari faoliyatiga rahbarlik qiladilar va ularga o’z faoliyatlarini amalga oshirishda amaliy yordam ko’rsatadilar;

• amaldagi qonunchilikka muvofiq mehnat va mehnat muhofazasi to’g'risidagi qonunlarga rioya qilinishi ustidan jamoatchilik nazorati va tekshiruvini tashkil etadilar, mehnat huquqi, mehnat muhofazasi va salomatlik masalalari bo’yicha normativ aktlar loyihasini ishlab chiqishda qatnashadilar;

• xo’jalik organlarining amaldagi qonunchilikka zid ravishda qabul qilgan boshqarishga oid qarorlarining belgilangan tartibda bekor qilinishiga erishadilar;

• kasaba uyushma xodimlari va faollarini o’qitishni tashkil etadilar, kasaba uyushma faoliyatiga oid ijobiy tajribalarni umumlashtiradilar va tarqatadilar;

• qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun kasaba uyushma tashkilotlarining Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar birlashmalari bilan hamkorlik qiladilar;

• kasaba uyushmasi MK rais o’rinbosarini, zarurat tug'ilganda – raisini, shuningdek, Federatsiya Kengashiga o’z vakillarini saylaydi va vazifasidan ozod etadi;

• kasaba uyushmasi MK majlislari oralig'ida joriy masalalarni hal qilish uchun rayosatni saylaydi va ularning vakolatlarini belgilaydi. Rayosat majlislari zaruratga qarab, ammo chorakda kamida bir marta o’tkaziladi;
.
• kasaba uyushma byudjetining bajarilishi va taqsimlanishini boshqaradilar, ular ustidan nazoratni amalga oshiradilar, kasaba uyushma mablag'larining Federatsiya Kengashiga o’z vaqtida va to’la-to’kis o’tkazib berilishini ta'minlaydilar;

• xodimlar va ularning oila a'zolarini sog'lomlashtirish uchun Rayosat tomonidan belgilangan mablag'larning maqsadli sarflanishini nazorat qiladilar.


TUMAN (SHAHAR) MUVOFIQLASHTIRUVCHI KENGASHLARI
5.11. Boshlang'ich kasaba uyushma tashkilotlarining tashabbusi bilan Rayosat qaroriga ko’ra, nizomi Rayosat tomonidan tasdiqlanadigan kasaba uyushmalarining tuman (shahar) muvofiqlashtiruvchi kengashlari tuzilishi mumkin.

5.12. Boshlang'ich tashkilotlarning kasaba uyushma qo’mitalari, tuman, shahar, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar kengashlari, birlashgan qo’mitalar O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro’yxatidan o’tgan tegishli kasaba uyushmalari Ustaviga muvofiq faoliyat yuritadilar.


KASABA UYUSHMA TASHKILOTLARINING QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI, VILOYATLAR, TOSHKENT SHAHAR BIRLSHMALARI
5.13. Kasaba uyushmasi tashkilotlarining Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar birlashmalari Federatsiya manfaatlarini ifodalaydi va amalga oshiradi, O’zbekiston kasaba uyushmasi strukturaviy tashkilotlari harakatini muvofiqlashtiradi va birlashtiradi, Respublika hududiy bo’linmalarida vakil bo’lib qatnashadi, kasaba uyushma a'zolari huquq va manfaatlari bo’yicha faoliyatini ta'minlashga ko’maklashadi.

Federatsiyaga a'zo tashkilot hisoblangan kasaba uyushmalarining strukturaviy tashkilotlari hududiy birlashmalarda kasaba uyushma tashkilotining vakillari bo’lishi kerak.

Kasaba uyushma tashkilotlarining hududiy birlashmalari Federatsiyaga a'zo tashkilot hisoblangan faqat strukturaviy kasaba uyushma tashkilotlarini birlashtirishi lozim.

5.14. Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar kasaba uyushma tashkilotlari birlashmalari Rayosat qarori bilan tuziladi yoki tugatiladi. Ular o’z faoliyatini mazkur Ustav va Rayosat tomonidan tasdiqlangan “Kasaba uyushmalari Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar birlashmalari haqida”gi Nizom asosida amalga oshiradi.

Birlashma konferentsiyasi kasaba uyushma tashkilotlarining Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar birlashmalarining oliy organi hisoblanadi, u birlashma kengashi tomonidan besh yilda kamida bir marta chaqiriladi. Uni chaqirish, vakillik normasi va kun tartibi haqida ikki oydan kechikmay e'lon qilinadi. Navbatdan tashqari konferentsiyalar birlashma kengashi qarori bilan ularning o’z tashabbusiga ko’ra yoki unga kiruvchi tashkilotlarning kamida uchdan biridan kam bo’lmagan qismining talabi, shuningdek, Rayosat qarori bilan chaqiriladi. Uni chaqirish, vakillik normasi va ko’zda tutilgan kun tartibi haqida bir oydan kechikmay e'lon qilinadi.
KONFERENTSIYALAR VAKOLATIGA:
• Kasaba uyushma tashkilotlari Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar birlashmalari, taftish komissiyalari faoliyati to’g'risidagi hisobotlarni eshitish;

• nizom va dasturiy hujjatlarni qabul qilish, shuningdek, ularga o’zgartishlar kiritish;

• birlashma raisi, kengash va taftish komissiyasi a'zolarini saylash, Federatsiya Kengashi tarkibiga vakillar va Federatsiya qurultoyiga delegatlar saylovini o’tkazish;

• belgilangan kvotaga muvofiq to’g'ridan-to’g'ri vakil yo’llash printsipiga binoan a'zo tashkilotlar tomonidan saylangan birlashma kengashi a'zolari vakolatini tasdiqlash kiradi.

Kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi raisi bir vaqtning o’zida birlashma kengashi va kengash rayosati raisi ham hisoblanadi.

5.15. Kasaba uyushma tashkilotlarining Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar birlashmasi kengashi konferentsiyalar oralig'ida rahbar organ hisoblanadi va besh yil muddatga saylanadi.

Kengash majlisi zaruratga qarab kengash rayosati qarori bilan, lekin yilda kamida bir marta chaqiriladi.
KASABA UYUSHMA TASHKILOTLARI BIRLASHMALARI KENGASHLARI:
• Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar organlari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida kasaba uyushma a'zolarining iqtisodiy, mehnat, ijtimoiy huquq va manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi;

• joylarda ish beruvchilar birlashmasi va ijro hokimiyati organlari bilan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo’yicha kelishuvlar tuzadi va ularni amalga oshirishga erishadi;

• mehnat, bandlik, turmush, sog'lomlashtirish, madaniy-ma'rifiy va sport ishlari masalalari, shuningdek, boshqa masalalar bo’yicha takliflar kiritadi hamda ularni hayotga tadbiq etishga erishadi;

• ishchi xodimlarning kasb tayyorgarligi va qayta tayyorgarligini tashkil etishga erishadi;

• aholining turli guruh va tabaqalari hayot darajasini o’rganadi, aholi daromadlaridagi nisbiylikni boshqarish hamda xalq iste'moli mollari va xizmat ko’rsatishda narx-navoning o’sishi indeksi bo’yicha takliflar tayyorlashda ishtirok etadi;

• mintaqada ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish rejalarini shakllantirish ishlarida qatnashadi;

• amaldagi qonunchilikka muvofiq mehnat to’g'risidagi qonunchilik va mehnat muhofazasi bo’yicha qoidalarga rioya qilinishi ustidan jamoatchilik nazorati va tekshiruvini tashkil etadi, ishlab chiqarishda mehnat huquqi, mehnat muhofazasi va sog'lomlashtirish masalalariga oid normativ aktlarga rioya etilishini nazorat qiladi;

• ijtimoiy sug'urta byudjeti va yo’llanmalarni taqsimlash rejasini tasdiqlaydi, ijtimoiy sug'urta mablag'larining maqsadli sarflanishi ustidan nazorat o’rnatadi va javob beradi, Federatsiya Kengashiga byudjet ijrosi bo’yicha moliyaviy hisobot taqdim etadi;

• xo’jalik organlarining amaldagi qonunchilikka zid ravishda qabul qilgan boshqarishga oid qarorlarining belgilangan tartibda bekor qilinishiga erishadi;

• kasaba uyushma tashkilotlariga huquqiy, uslubiy, tashkiliy, konsul'tativ yordam ko’rsatadi, kasaba uyushma xodimlari va faollarining o’quvini tashkil qiladi, tadbirlar o’tkazadi;

• umumiy maqsadlarda kasaba uyushmasi MKlari bilan hamkorlik qiladi;

• birlashma kengashiga qarashli tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va rahbarlik qiladi;

• kasaba uyushma byudjeti qismini boshqaradi;

• kasaba uyushma mablag'lari, shuningdek, xodimlar va ularning oila a'zolarini sog'lomlashtirish uchun ajratiladigan mablag'larning to’la-to’kis va o’z vaqtida tushishini ta'minlaydi;

• xodimlar, ularning oila a'zolarini sog'lomlashtirishga doir ishlarni tashkil etadi.

• kengash raisi o’rinbosarini, zarurat tug'ilganda birlashma raisini saylaydi va lavozimidan ozod qiladi, yangi vakil qilingan kengash a'zolarining vakolatini tasdiqlaydi, birlashma kengashi a'zolarini to’ldiradi, shuningdek, Federatsiya Kengashi tarkibidan o’z vakillarini chaqirib oladi hamda vakil qiladi;

• Federatsiya qurultoyi, birlashma konferentsiyasi, Federatsiya Kengashi, Rayosati, tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini ta'minlaydi.

Kengash majlislari oralig'ida joriy masalalarni hal qilish uchun kengash majlisida kengash rayosati saylanadi.

Rayosat majlisi zaruratga qarab, lekin chorakda kamida bir marotaba o’tkaziladi.

Kasaba uyushma tashkilotlari hududiy birlashmasi kengashi strukturasi va devon shtati Rayosat tomonidan belgilanadi.


O’ZBEKISTON KASABA UYUSHMA TASHKILOTLARINING TAFTISH KOMISSIYALARI
5.16. Kasaba uyushma tashkilotlari taftish komissiyasi kasaba uyushmalarining tegishli saylov organlari bilan bir vaqtda yig'ilishlar, konferentsiyalar, qurultoyda o’sha muddatga va o’sha tartibda rais va komissiya a'zolari tarkibida saylanadigan mustaqil organ bo’lib, uni saylangan organ oldida hisob beradi.

Taftish komissiyalari o’z faoliyatida mazkur Ustavga, tarmoq kasaba uyushmalari ustavlariga, tegishli konferentsiyalar, O’zbekiston kasaba uyushmalari qurultoyi tomonidan tasdiqlangan “Taftish komissiyalari to’g'risida”gi Nizomga amal qiladi. Taftish komissiyalarining ishi, shuningdek, Federatsiyaning nazorat-taftish komissiyasi tomonidan muvofiqlashtiriladi va yo’naltiriladi.


VI. FEDERATSIYA ORGANLARI
6.1. quyidagilar Federatsiya organlari hisoblanadi:

• Federatsiya qurultoyi;

• Federatsiya Kengashi;

• Federatsiya Kengashi Rayosati;

• Federatsiyaning Nazorat-taftish komissiyasi.

6.2. Federatsiya qurultoyi Federatsiyaning oliy organi hisoblanib, u besh yilda kamida bir marta o’tkaziladigan qurultoy Federatsiya Kengashi qarori bilan chaqiriladi. Uning chaqirilishi, vakillik normalari hamda kun tartibi qurultoy ochilishidan kamida uch oy oldin e'lon qilinadi.

Federatsiyaning navbatdan tashqari qurultoyi Federatsiya Kengashi tomonidan yoki Federatsiya a'zo tashkilotlarning kamida uchdan bir qismining talabiga binoan chaqiriladi. Navbatdan tashqari qurultoyni chaqirish, vakillik normasi, kur tartibi to’g'risida Federatsiya Kengashi qarori uning ochilishidan kamida bir oy oldin e'lon qilinadi.

6.3. Agar a'zo tashkilotlarning kamida uchdan ikki qismi hozir bo’lsa hamda saylangan delegatlarning uchdan ikki qismi qatnashayotgan bo’lsa, qurultoy to’la vakolatga ega hisoblanadi.

6.4. Kvorum bo’lgani holda, qurultoyda ishtirok etayotgan delegatlarning yarmidan ko’pi ovoz bergan bo’lsa va mazkur Ustav bilan boshqa hol ko’zda tutilmagan bo’lsa, qurultoy qarorlari qabul qilingan hisoblanadi. qurultoy qarorlarini qabul qilishda ovoz berish tartibi uning delegatlari tomonidan belgilanadi.

6.5. qurultoy qarorlari qarorlar shaklida qabul qilinadi.


QURULTOY VAKOLATIGA:
• Federatsiyani qayta tashkil etish, tugatish va faoliyatini to’xtatish;

• Ustav va Harakat dasturini qabul qilish, shuningdek, ularga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish;

• Federatsiya Kengashi va Federatsiya Nazorat-taftish komissiyasi faoliyati haqidagi hisobotni tinglash;

• Federatsiya raisi, shuningdek, Federatsiya Kengashi a'zolarini saylash, to’g'ridan-to’g'ri vakillik printsipiga muvofiq belgilangan kvotaga muvofiq a'zo tashkilotlar tomonidan saylangan Federatsiya Kengashi a'zolari vakolatlarini tasdiqlash;

• Federatsiya Nazorat-taftish komissiyasi saylovlarini o’tkazish, uning vakolatlarini belgilash va hisobotlarini tasdiqlash;

• mamlakat hayoti, kasaba uyushmalari harakati, hukumat organlari faoliyatiga doir muhim masalalar bo’yicha qarorlar, rezolyutsiyalar, bayonotlar, murojaatnomalar qabul qilish;

• a'zo tashkilotlar appelyatsiyalarini ko’rib chiqish;

• Federatsiyaning xalqaro kasaba uyushmalari va boshqa birlashmalar, tashkilotlarga a'zo bo’lish to’g'risidagi Federatsiya Kengashi qarorlarini tasdiqlash;

• Federatsiya Kengashi, Prezidiumi, Federatsiya raisiga alohida vakolatlar bera olishi kiradi.

6.6. Kasaba uyushmalari harakati bilan bog'liq dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun Federatsiya konferentsiyasi chaqirilishi mumkin. Konferentsiyaning o’tkazilish tartibi va muddati Federatsiya Kengashi tomonidan belgilanadi.


6.7. Navbatdagi qurultoylar oralig'ida Federatsiyaning saylov-kollegial organi — teng huquqlilik asosida, har bir a'zo tashkilotning ikki vakilidan shakllanadigan Federatsiya Kengashi doimiy rahbar organ hisoblanadi.

Vakillarni Federatsiya Kengashiga saylash qurultoylar, Federatsiyaga a'zo tashkilotlarning konferentsiyalari yoki plenumlarida amalga oshiriladi.

Ularni chaqirib olish va almashtirish ham xuddi shu tartibda amalga oshiriladi.

Federatsiya Kengashi tarkibiga lavozimiga ko’ra Federatsiya raisi va uning Federatsiya Kengashi bo’yicha o’rinbosarlari kiradi.

Federatsiya Kengashi zaruriyatga ko’ra ammo kamida bir yilda bir marta chaqiriladi.

6.8. Federatsiya Kengashining vakolat muddati besh yil.

6.9. Federatsiya Kengashi:

• Ustav vazifalarini va Federatsiya qurultoyining qarorlarini bajarish bo’yicha faoliyat olib boradi;

• o’z faoliyati to’g'risida qurultoyga hisobot beradi;

• xodimlarning ijtimoiy - mehnat huquqlariga aloqador, jumladan, bandlik, mehnat munosabatlarini tartibga solish, ish haqi, mehnat sharoiti va muhofazasi, salomatligi va atrof-muhit, uy-joy, turmush sharoiti va madaniy xizmat ko’rsatish, xodimlarning ijtimoiy kafolat masalalari bo’yicha takliflar ishlab chiqadi va ularni qonunlarda va boshqa normativ hujjatlarda mustahkamlash yuzasidan faoliyat olib boradi;

• mamlakat hayoti, kasaba uyushmalari harakati, davlat hokimiyati organlari faoliyatiga doir muhim masalalar yuzasidan qarorlar, rezolyutsiyalar, bayonotlar, murojaatnomalar qabul qiladi;

• mehnat munosabatlarini tartibga solish bo’yicha uch tomonlama komissiyadagi Federatsiyaning muxtor vakillari tarkibini tasdiqlaydi;

• Federatsiyaga murojaat qilingan hollarda Federatsiyaga a'zo tashkilotlar o’rtasidagi nizoli masalalarni ko’rib chiqadi.

• xorijiy mamlakatlar kasaba uyushmalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantiradi hamda ular tajribasini o’rganib boradi;

• o’z faoliyati haqida a'zo tashkilotlarga muntazam ravishda ma'lumot berib boradi;

• Federatsiyaga a'zo tashkilotlar tomonidan to’lanadigan a'zolik badali miqdori, to’lov tartibi va muddatini belgilaydi, Federatsiyaning maxsus jamg'armalarini (birdamlik, sug'urta, madaniy-ma'rifiy, kadrlarni o’qitish va tayyorlash va Federatsiyaning Ustav maqsadlariga muvofiq boshqa masalalarga oid) tashkil qiladi, shuningdek, ajratilgan mablag'larni faqat ushbu jamg'armalar Nizomida belgilangan maqsadlarda sarflanishini nazorat qiladi.

• Federatsiya mulkiga egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish masalalari yuzasidan normativ xarakterdagi qarorlar qabul qiladi;

• qurultoy chaqirish to’g'risida qaror qabul qiladi;

• a'zo tashkilotlardan Federatsiya Kengashi tarkibiga vakillik normalari to’g'risida takliflar kiritadi;

• Federatsiya Raisi lavozimiga nomzodlar ko’rsatish tartibini belgilaydi;

• Federatsiya rahbarlari va a'zo tashkilotlar rahbarlarining Federatsiya organlari qarorlarining bajarilishi to’g'risidagi hisobotlarini tinglaydi. A'zo tashkilot tomonidan Federatsiya Ustavi, Federatsiyaning kollegial organlari qarorlarining bajarilmaganligi, a'zolik badallari o’z vaqtida va to’liq to’lanmaganligi aniqlangani holda, ushbu tashkilotga xizmat ko’rsatishni to’xtatish va uning vakillarini Federatsiyaning kollegial organlari majlislarida hal qiluvchi ovozdan mahrum qilish to’g'risida qaror qabul qiladi. A'zo tashkilotning tegishli saylov organlariga javobgarlikka tortish to’g'risida murojaat qiladi;

• Prezidium, Federatsiya Kengashi Raisiga alohida vakolatlar bera oladi;

• a'zo tashkilotlarning respublikalararo, mintaqalararo va umumkasaba vazifalarini bajarish borasidagi harakatlarini birlashtiradi va muvofiqlashtiradi kasaba uyushmalarining umumrespublika tadbirlarini o’tkazadi;

• kasaba uyushmalariga qonunchilik tomonidan beriladigan huquqlarni amalga oshiradi;

• barcha darajadagi kasaba uyushma tashkilotlari uchun yagona moliyaviy faoliyatni belgilaydi va intizomni o’rnatadi;

• zarur hollarda, jumladan, Respublikada yangi qonunlar qabul qilinganda, tegishlicha ushbu Ustavga o’zgartish kiritadi, so’ng tasdiqlash uchun qurultoyga taqdim etadi;

• Rayosatining son tarkibini belgilaydi va shakllantiradi;

• Federatsiya Kengashiga qayta saylangan a'zolarning vakolatlarini tasdiqlash, shuningdek, a'zolarni Federatsiya Kengashidan chiqarish, saylash hamda kooptatsiya qilish huquqiga ega;

• Federatsiyaning xalqaro faoliyat strategiyasini belgilaydi, uning kasaba uyushma va boshqa tashkilotlar, shuningdek, turli xalqaro tashkilotlarga a'zo bo’lishi to’g'risida qaror qabul qiladi, a'zo tashkilotlarning xalqaro faoliyatini muvofiqlashtiradi;

• kasaba uyushma faoliyati yo’nalishlari bo’yicha komissiyalar tuzadi;

• nashr organlariga ega bo’ladi va nashriyotchilik faoliyatini olib boradi, o’z faoliyati to’g'risida ommaviy axborot vositalari orqali jamoatni xabardor qiladi, kasaba uyushmalarining yagona axborot xizmatini rivojlantiradi;

• Rayosatning Federatsiyaga yangi a'zo tashkilotlarni qabul qilish yoki a'zolikdan chiqarish to’g'risidagi qarorlarini tasdiqlaydi;

• Federatsiya vakillarini Xalqaro kasaba uyushma markazlariga tanlaydi va ular bilan o’zaro munosabat printsiplarini belgilaydi;

• Federatsiya Kengashi Raisi o’rinbosarlarini, zarur hollarda esa Federatsiya Kengashi Raisini saylaydi yoki vazifasidan ozod qiladi;

• qurultoylar oralig'idagi davrda Federatsiya Raisi o’z xohishiga ko’ra lavozimidan ketgan holatda, navbatdagi qurultoy o’tkazilguniga qadar Federatsiya Kengashi a'zolaridan biriga Federatsiya Raisi vazifasini bajarishni yuklash to’g'risida qaror qabul qiladi;

• unga a'zo tashkilotlar tomonidan yuklatilgan boshqa vazifalarni amalga oshiradi;

• o’z faoliyati to’g'risida faqat Federatsiya qurultoyiga hisobot beradi.

Federatsiya Kengashi qarori bilan Rayosatga Federatsiya Kengashi vazifasiga kiruvchi ba'zi vakolatlar berilishi mumkin.

6.10. Federatsiya Kengashi zaruriyatga qarab, ammo bir yilda kamida bir marta yoki Federatsiya Kengashi a'zolarining kamida uchdan bir qismining talabiga ko’ra chaqiriladi va unda Federatsiya Kengashi a'zolarining uchdan ikki qismi qatnashayotgan bo’lsa, u to’la huquqli hisoblanadi;

6.11. Federatsiya Kengashi qarorlari, agar ushbu Ustavda boshqacha holatlar ko’zda tutilmagan bo’lsa, majlisda qatnashayotgan a'zolar tomonidan, kvorum bo’lgani holda, ko’pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.

6.12. Federatsiya Kengashi qarorlari qaror, rezolyutsiya va murojaatnomalar shaklida qabul qilinadi.

6.13. Federatsiya Kengashi majlisini Federatsiya Kengashi Raisi, u yo’q bo’lgan hollarda — o’rinbosarlaridan biri olib boradi.

6.14. Rayosat Federatsiyaning joriy rahbariyat faoliyatini amalga oshiruvchi saylanadigan kollegial ijroiya organi hisoblanadi.

6.15. Rayosat Federatsiya Kengashi tomonidan Federatsiya Kengashi a'zolari orasidan, tashkilotlarning hududiy va tarmoq birlashmalaridan, teng miqdorda a'zo tashkilotlar va ularning birlashmalari (assotsiatsiyalar, rais kengashlari, boshqa birlashmalar) tomonidan Rayosat tarkibiga tavsiya qilinganlar hisobidan saylanadi.


Download 136 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish