Qaysi olimning asarida pedagogika alohida fan maqomiga EGA bo‘ldi?


Antik davr mutafakkirlaridan kimlar pedagogning kasb mahorati va notiqlik san’ati haqida fikr bildirgan?



Download 144,5 Kb.
bet4/6
Sana11.06.2022
Hajmi144,5 Kb.
#654225
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
pedagogika oraliq

Antik davr mutafakkirlaridan kimlar pedagogning kasb mahorati va notiqlik san’ati haqida fikr bildirgan?

  1. Suqrot, Platon;

  2. Demosfen, Aristotel;

  3. Sitseron;

  4. Kantiliyan.


2-TOPSHIRIQ.
Savollarga yozma ravishda javob bering.
1.Ulug’bek davrida maktab islohoti.
Ulug’bek Movarounnahr shaharlarini, xususan Samarqand va Buxoroni ilm-u ma’rifat dargohiga aylantirishga intiladi. Uning farmoni bilan 1417-yilda Buxoroda, 1417-1420-yillarda Samarqandda va 1433-yilda G’ijduvonda madrasalar qad ko‘taradi. Hatto Buxoro madrasasining darvozasiga «Bilim olish har bir musulmon ayol va erkakning burchidir» degan kalima o‘yib yozib qo‘yiladi.
Alloma o‘z davlatida ta’lim sohasida jiddiy islohotlarni tashkil etdi. U madrasalarni davlat ta’minotiga o‘tkazdi, mudarris (o‘qituvchi)larga oylik ish haqi belgilagan, shogird (talaba)larga stipendiya ajratgan.
Muhammad Tarag’ay Ulug’bek madrasa o‘quv rejasiga quyidagi fanlar: arab tili, adabiyot, Qur’on, Hadis, ritorika, mantiq, falsafa, fikh (qonunchilik), metafizika, matematika, astronomiya, tibbiyot, geografiya, tarix kabi fanlarni kiritadi.
Mutafakkir tomonidan barpo etilgan hamda o‘zi bevosita ta’lim bergan madrasalarda o‘qish quyidagi bosqichlardan iborat bo‘lgan:
1. «Anda» (kichik) – o‘qish muddati 2 yil.
2. «Aust» (o‘rta) – o‘qish muddati 3 yil.
3. «A’lo» (oliy) – o‘qish muddati 3 yil.
Bunday yondashuvda, bugungi kun nuqtai nazaridan aytganda, bakalavriat va magistratura ko‘zga tashlanadi. Ayni vaqtda ular o‘rta asr Yevropa universitetlari uchun ham xos bo‘lgan.


2. Kaykovusning “Qobusnoma” tarbiyaviy ahamiyati.
Kaykavus 412 xijriy yilda (milod 1021-1022) tug’ilgan. Uning avlodlari g’ilon qabilasidan bo’lib, Tabaristonda (hozirgi Kaspiy dengizining janubidagi xudud) yashaganlar. Ammo biz Kaykovus haqida batafsil ma’lumotlarga ega emasmiz. Kaykovus o’z hayoti davomida ko’rgan-bilganlari asosida o’zining buyuk "Qobusnoma" asasarini yaratdi. Kitobni u o’g’li G’ilonshoxga bag’ishlagan. Bu paytda Kaykovus taxminan oltmish yoshlarda edi. "Qobusnoma" SHarqda, xususan Eronning o’zida ham saqlanib kelayotgan an’anaga ko’ra pand-nasixat tarzida yozilgan bo’lib, mana bir necha asrlardan beri halqlarni, jumladan yoshlarni hayotga, amali faoilyatga tayyorlashda, ularni har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalashda muhim qo’llanma bo’lib kelmokda. "Qobusnoma" murakkab yo’lni bosib o’tdi. SHo’ro mafkurasi davrida [asarning. insonni aqliy, ahloqiy tarbiyalashdagi ahamiyati xokim sinf axlokini targ’ib qilish deb baholandi. Kaykovusning Vatan haqidagi, kasb-xunarni ulug’lovchi, bilimlarni egallash haqidagi fikrlari, diniy qarashlari siyosiy nuktai nazaridan koralanadi. Asarning qimmati faqat uning adabiy-badiy, til xususiyati va tarixiy jihatlarida deb ta’kidlanadi. "Qobusnoma asariga davr va shart-sharoitlar, siyosiy qarashlar ta’sirida qay darajada soya tashlanmasin, bu asar mashhur xind asari "Kalila va Dimna", Nizom ul-Mulkning "Siyosatnoma, Nosir Hisravning "Saodatnoma, Yusuf Xos Xojibning "Qutadg’u bilig", Maxmud Qoshg’ariyning "Devonu lugatit turk" , "Sa’diyning "Guliston", Axmad Yugnakiyning "Xibatul xaqoyik", Alisher Navoyining "Maxbub ul-kulub", Voiz Koshifiyning "Ahloqiy muxsiniy", Davoniyning "Ahloqi Jaloli" kabi ahloqiy-ta’limiy asarlari bilan bir katorda Sharq pedagogik fikr taraqqiyotida inson kamolotini shakllantirishda muhim o’rinni egallaydi.
Shuningdek, mazkur bobda Kaykovus aql haqida ham fikr bildirib inson qobiliyatining bir xil emasligini, inson aqlining tug’ma, azaliy aql (tabiy aql) va kasbiy aql, ya’ni muktasib (o’rganilgan aql kabilariga bo’linishini bayon etadi. Kasbiy aqlni donnish derlar, deydi.
Kaykovusning o’zi ta’kidlaganidek, butun bir asar ana shu oxirgi bobida ta’rif bergan juvonmardlar tarbiyasiga bag’ishlangan. Kaykovus unda "... barcha fikr va tushunchalarimni sening uchun kitobga yozdim va har bir ilm, ham xunar va har peshakim bilur edim, hammasini qirk to’rt bobda etdim", deyish bilan har bir yoshning aqliy, ahloqiy, jismoniy tarbiyasiga oid turmush tajribasi bilan bog’lagan holda kamolga yetkazish yo’llar usullarini bayon etgan. Kitobda juvonmardlar egallashi zarur bu, quyidagi yunalishlarda ta’lim-tarbiya berishrish nazarda tutilgan:
1. Kaykovus bilim olish haqida.
2. Xunar va turli kasb egalari haqida.
3. Turmush va xulq-odob qoidalari haqida.
4. Jismoniy yetuklik haqida.
Kaykovus "Qobusnoma" asarida jismoniy tarbiyaga ham katta e’tibor zgan. Zero, Kaykovusning "Qobusnoma" asari XI asrda yuzaga kelgan yirik tarbiyaviy asardir. Bunda o’sha davrga xos har bir yosh egallashi zarur bo’lgan aqliy, ahloqiy, jismoniy tarbiya bilan bog’liq faoliyat turlari: otda yurish, merganlik, suvda suzish harbiy mashqlar san’ati, ifodali o’qish, hatotlik san’ati, she’r yoza olish, musiqiy bilimga ega bo’lish, shatranj va nard uyinini bilish kabilar ham o’z ifodasini topgan.
Kaykovusning katta xizmati shundaki, u yoshlarni hayotga tayyorlashda xar tomonlama kamolga yetkazishning nazariy masalalarini amaliy faoliyatga tatbiqi nuktai nazaridan ifodalashi bilan hamma zamonlarda, xar qanday tuzumda ham o’z qimmatini yuqotmadi va amaliy hayot dasturi sifatida o’z o’rniga ega bo’ldi.
3. Alisher Navoiyning asarlarida tarbiya va insonparvarlik masalalari.
Аlishеr Nаvоiyning hаyoti, ijоdi vа qаrаshlаri o’zining g’оyaviy-nаzаriy jihаtlаri bilаn O’rtа vа Yaqin Shаrqdаgi ijtimоiy-siyosiy vа fаlsаfiy fikrlаr bilаn chаmbаrchаs bоg’liq. U o’z ijоdi vа fаоliyatidа o’rtа аsrlаr fаlsаfiy shе’riyatining mаshhur vаkillаri Yusuf Хоs Хоjib (X аsr), Аhmаd Yugnаkiy (XII аsr), Firdаvsiy (XII аsr), Аhmаd Yassаviy (XIII аsr), Sа’diy Shеrоziy (XIII аsr), Nizоmiy Gаnjаviy (XIII аsr), Hоfiz Shеrоziy (XIV аsr), Аbdurаhmоn Jоmiy (XV аsr) kаbi buyuk ustоzlаri vа sаlаflаrining аn’аnаlаrini dаvоm ettirdi. Shuni аlоhidа tа’kidlаb o’tish jоizki, shоirning insоnpаrvаr g’оyalаri O’rtа Оsiyo хаlqlаri аn’аnаlаri vа ijtimоiy-mаdаniy qаdriyatlаrini, yozmа аdаbiyot vа ijtimоiy-fаlsаfiy fikrlаrning bоy mа’nаviy mеrоsi аsоsidа vujudgа kеlgаn edi. Insonni sevish, ungа оliy qаdriyat sifаtidа qаrаsh, uning bахt-sаоdаti hаqidа оrzu qilish, оdаmlаr hаyotini yanаdа fоrоvоnlаshtirish yo’llаrini izlаsh bu mutаfаkkir bоbоmizning insоnpаrvаrlik qаrаshlаridа eng yorqin sаhifаlаrni tаshkil etаdi.
Shu tаriqа, XV аsrdа Mаrkаziy Оsiyo shаrоitidа ulug’ mutаfаkkir аllоmаlаrning ijtimоiy-siyosiy vа insоnpаrvаrlik g’оyalаrini dаvоm ettiruvchi vа tаrg’ib etuvchilаridаn biri – buyuk Аlishеr Nаvоiy bo’ldi.

Download 144,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish