Xiva xonligida ta`lim tarbiya
Xiva xonligida ham ta’lim ikki bosqichli edi. Quyi bosqich - boshlang‘ich maktab
bo‘lib, unda o‘quvchilar o‘qish-yozishni o‘rganganlar. XIX asrda xonlikda 1,5 mingga yaqin boshlang‘ich maktab faoliyat ko!rsatgan. Madrasalar soni esa 103 tani tashkil etgan. Shundan 22 tasi Xiva shahrida joylashgan. Munis ta’lim sohasi rivojiga o!zining 1804-yilda yozgan „Savodi taTim“ asari bilan hissa qo‘shdi. Bu she’riy qo‘llanma savod chiqarishni yengillashtirishga, shuningdek, husnixatni rivojlantirishga morijallangan edi.
Madrasa ta’limning oliy bosqichi bo‘lib, unda diniy ilm bilan birgalikda arab tili grammatikasi, mantiq, nutq madaniyati, matematika geografiya, tarix fanlari o'qitilgan. Madrasani bitirganlar qozi, uning yordamchisi, masjid imomi lavozimlarida ishlaganlar. Ayrimlari mudarrislik ham qilishgan. Ta’limning barcha xarajatlari, mudarris va
talabalarning ta’minoti vaqf mulki daromadlari hisobidan amalga
oshirilgan.
Qo`qon xonligida talim-tarbiya
Maktabxona ta’limi boshlang’ich ta’lim va tartib-qoidalari edl- Maktablar ко pincha bitta smfxona haqida dan iborat bo‘lganligi uchun maktabxona deb atalgan. Xonlikda 350 ta maktabxona faoliyat ko‘rsatgan. Boshlang!ich maktab bolalarga umumiy ma’lumot
beruvchi va xat-savod chiqarish maskani edi. Unda arab imlosida savod chiqarish, yozish va o!qish ko‘nikmalari shakllantirilgan. Shuningdek, hisoblash qoidalari va ko‘nikmalari hosil qildirilgan. Tevarak-atrof, jamiyat, islom dini haqida bilim va tushunchalar berilgan.
Shuningdek, odob-axloq me’yorlariga amal qilish o‘rgatilgan. O‘g‘il bolalar maktabxonalarining aksariyati masjidlar, madrasalar, qorixonalar qoshida, shuningdek, xususiy maktabdor xonalarida ochilgan. Qiz bolalar maktabxonalari otin ayollar uylarida yoki badavlat kishilarning maktab yoshidagi qizlari uchun ularning uylarida tashkil etilgan. Ana shu otinlardan biri Dilshodi Rahimqul so‘fi qizi (taxallusi
Dilshod Otin, Bamo, Dilshodi Barno) edi. XIX asrda Qo‘qonda ijod qilgan shoira. U, ayni paytda, maktabxona maktabdori bo‘lib ham faoliyat yuritgan. O‘zining maktabdorlik (otinlik) faoliyati haqida, jumladan, shunday deb yozgan edi: „Mening suhbatdoshlarim va dugonalarim aqlli qizlar va iste’dodli shoiralar edi. 51 yil davomida men maktabdorlik (o ‘qituvchilik) qildim va yiliga о ‘rtacha 20 nafardan 30 nafargachaо‘quvchilarim bo‘lib, 890 nafar qizning savodini chiqardim. Bulardan deyarli to ‘rtdan bir qismi she’riyatga qobiliyatli bo ‘lib, shoira va о ‘z davrining aqlli hamda dono odamlari edilar“.
Xususan, Anbar Otin uning iqtidorli o‘quvchilaridan bo‘lgan.
Dilshod Otinning qalamiga mansub „Muhojirlar tarixi“, „Inson matonati va muhojirlar tarixi“ hamda „Barnoning tanlangan she’rlari" asarlari bizgacha yetib kelgan. Asarlarida xonlikdagi o‘zaro urushlar, uning xalq ommasi turmushiga ko'rsatgan ayanchli ta’siri
kabi masalalar o‘z ifodasini topgan. Shoira, ayni paytda, yaxshi kunlar kelishiga ishonib asarlarining birida: ,,Bu jabr-u zulmat albat muvaqqat“, deb yozgan. Shuningdek, turkistonliklami do‘st va inoq bo‘lib yashashga ham da’vat etgan. Maktabxonamaktabdorligiga (o‘qituvchiligiga) masjid mutasaddilari ishga taklif etishgan. Maktabdorga maktabdan uzrsiz ketib qolmaslik sharti qo’yilgan,
Dars mashg‘nlotlari avval kalimai shahodat va toyiba yod olinganidan so ng arab ahfbosini o‘rganishdan boshlangan. Alifbe darslarida dastlab harflarning yozilisbi mashq qilingan. So‘ng harflarning turli o‘rinlardagi sbakllari o‘rganilgan. Keyin esa zeru-zabar, ya’ni harflarning osti va ustiga qo‘yiladigan farqlovchi belgilar va ularning qo‘llanishi, shuningdek, ular yordamida bo‘g‘in tuzish qoidalari o‘rgatilgan. Maktabdor (o‘qituvchi) harflami yog‘ochga yoki qattiq lavhalarga yozib devorga osib qo‘ygan. Unga qarab harflar yod olingan. Harflami bir-biriga qo‘shib yozish mashq qilingan. Duoyi salomni yoza olgan o‘quvchi „xati chiqqan“ hisoblangan. Alifbe o‘rganilib bo‘lingach, ,,Haftiyak“ (muqaddas Qur’oni Karimning 1/7 qismi ko‘chirib yozilgan kitob)ni o‘rganishga kirishilgan. ,,Haftiyak“ tugallangach, ,,Tavjud“ (Qur’oni Karimni qiroat bilan
o‘qish san’ati to‘g‘risidagi ilm)ga o‘tilgan. Undan so‘ng esa bevosita „Qur’oni Karim“ ning o‘zini o‘qitish boshlangan.
Shundan so‘ng „Farzi ayn“, ya’ni shariatga ko‘ra barcha musulmonlarga buyurilgan va bajarilishi shart bo‘lgan amallar haqida tushunchalar berilgan. U o‘rganilib bo‘lingach, islom dinining asosiy qoidalari bayon etilgan „Chor kitob“ (,,To!rt kitob“)ni o‘rganishga
kirishilgan. Undan keyin kattaqo‘rg‘onlik So‘fi Olloyorning „Sabot ul-ojizin“ („Ojizlar saboti“) kitobi o‘qitilgan. Mazkur asarda islom dinining asosiy qoidalaridan tashqari, go‘zal insoniy fazilatlar, axloqiy tarbiyaga oid hikmatlar, ibratli hikoyalar, she’r va dostonlar o‘rin olgan. „Sabot ul-ojizin“dan so‘ng shu asaming fors tilida yozilgan va
„Maslak ul-muttaqin“ („Taqvodorlar maslagi“) deb atalgan asl nusxasi o‘rganilgan. „Sabot ul-ojizin“ „Maslak ul-muttaqin“ning turkiy tilda qisqartirib yozilgan nusxasi bo‘lib 12 ming baytdan tuzilgan ilohiy ma’rifatning she’riy talqinidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |