3. Buxoro amirligi, Qo’qon va Xiva xonliklarida ta’lim-tarbiya
Buxoro xonligida ta`lim-tarbiya
Shayboniylar ta’lim sohasida ham islohot o`tkazildilar. Islohot o`tkazilaishiga amaldorlar guruhini shakllantirish va ularni jamiyatning asosiy tayanchiga aylantirish zarurati sabab bo‘ldi. Xonlarga va sultonlarga barcha sohalar bo‘yicha ilmli, diplomatik qobiliyatga ega bo‘lgan amaldorlar zarur edi. Islohotga ko‘ra, ko‘p bosqichli o‘qitish tizimi joriy etildi.
Har bir mahallada maktab ochildi, ba’zi xonadonlarda uy ta'limi joriy etildi. Bolalarga 6 yoshdan ta’lim beriladigan bo‘ldi. Maktabda ikki yil o‘qigach, o‘quvchilar madrasaga o‘tkazilardi. Madrasa ta’limi uch bosqichli bo‘lib, uning har bir bosqichida 7 yil dan o’qilgan va o‘quv jarayoni 21 yil davom etgan. O‘quvchilar ilohiyot ilmi, hisob-kitob, handasa, fiqh, mantiq, musiqa, she’r san’atidan ilm olishgan.
XVII-XVIII asrlarda shahar va qishloqlarda ko‘plab maktabxonalar
faoliyat ko’rsatgan. O‘g‘il va qiz bolalar alohida-alohida maktablarda
o‘qitilgan. O‘g‘il bolalar maktablari masjidlar, madrasalar, xo‘jalik yurituvchi ustaxonalar qoshida yoki xususiy maktabdorlar xonadonlarida tashkil etilgan ho‘lih, masjid imomi yoki madrasani tugatgan ziyoli kishilar o‘qituvchilik qilishgan. Ulami domla deyishgan. Qiz bolalar maktablari badavlat kishilar yoki o‘qituvchi ayollar uylarida tashkil
etilgan. Qizlami otinoyi, otinbibi, bibixalifa, bibiotin deb atalgan ayol
o‘qituvchilar o‘qitishgan. Bolalar maktabga 6 -7 yoshdan berilgan va
ular 5 -8 yil davomida boshlang’ich ta’lim olganlar. O‘quvchilarga avval harflar, keyin esa bo‘g‘inlar, ulami qo'shish orqali so‘z tuzish, ,,Haftiyak“ (Qur’oni Karimning yettidan biri) kitobini o‘qish o‘rgatilgan. Hisob darslarida sonlar va to‘rt amal o‘rgatilgan. O‘quvchilar Navoiy, Fuzuliy, Bedil, Mashrab, Sa’diy Sheroziy, Holiz Sheroziy va So‘fi Olloyor asarlarini, „Chor kitob“ni o‘qib saboq olganlar. Qizlar maktabxonalarida uy-ro‘zg‘or tutish, pazandachilik, odob-axloq, pokizalik sirlarini o‘rganishga ko‘proq e’tibor berilgan.
Bolalar o‘qishni to‘liq o‘zlashtirib olganlaridan keyingina yozishga o‘tganlar. Maktabxonalarda imtihonlar o‘tkazilmagan. O‘quvchilarga maktabni bitirgani to‘g‘risida hujjat ham berilmagan. Bolaning ravon o‘qishi, to‘g‘ri yoza olishi, hisob-kitobni bilishi maktabni bitirganligining isboti bo‘lgan.
Madrasa o‘rta va oliy o‘quv yurti hisoblangan. Madrasaga maktabxonalarni tugatganlar qabul qilingan. Madrasa ta’limi talabalar iqtidoriga qarab 7-12 yil davom etgan. Buxoro xonligi shaharlarida 150 dan ortiq madrasa bo'lgan. O‘qish „Avvali ilm“ deb nomlangan fors tilidagi o‘quv qo'llanmasini o‘zlashtirishdan boshlangan. So‘ng arab va fors tilida yozilgan kitoblar o‘qitilgan. Ular talabalarga mudarris tomonidan turkiy tilda sharhlab berilgan. Keyin arab tili grammatikasi o‘qitilgan. Fiqh (huquq)ni o'rganish majburiy hisoblangan. Xonlikda ta’lim xarajatlari vaqf mulki daromadlari hisobidan amalga oshirilgan. E’tibor bergan bo‘lsangiz maktabxonalarda eng muhim tabiiy fanlar o‘qitilmagan. Buning sababi, birinchidan, diniy mutaassiblikning kuchayganligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, xonlikning tashqi aloqasi o‘zi kabi kam taraqqiy etgan davlatlar bilan cheklanib qolgan hamda ilg‘or Yevropa davlatlari bilan aloqani yo‘lga qo‘ya olmaganligida edi. Shuning uchun ham ajdodlarimiz zamonaviy, tabiiy va texnika fanlari yutuqlaridan bexabar qolishdi. Natijada, mamlakat taqdiri uchun mas’ul bo‘lgan hukmdorlar, davlati arkon, sulola vakillari o`z qobig‘iga o‘ralashib qoldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |