Qattiq jismlar



Download 14,17 Mb.
bet43/51
Sana31.12.2021
Hajmi14,17 Mb.
#272260
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   51
Bog'liq
Disertatsiya kitobi (999)

5.1 – rasm. Elektronning energetik sathlari – bosh kvant sonining o’zgarishi ko’rsatilgan.

Fizikada birinchi elektron orbitani K(n=1), ikkinchisi L, uchinchisi M, to’rtinchisi N va qolganlari O,P,Q bilan belgilash qabul qilingan.



l - orbital kvant soni –bu elektronning harakat miqdori momentini ko’rsatadi, uning qiymati l=(n-1) teng bo’lib, n- qiymatiga qarab (n=1.2…) l=0.1.2… bo’ladi.

m - magnit kvant soni qiymati m=±l bo’lib, uning fizik ma’nosi harakat miqdori momentining berilgan unga nisbatan proyeksiyasini ko’rsatadi. Demak, berilgan n va l qiymatlarida m qiymatlari elektron orbitalarning fazadagi har xil yo’nalishlarini ko’rsatadi. Agar l=1 teng bo’lsa, m=-1,0,1. Agar l=2 bo’lganda, m=-2,-1,0,1, 2 qiymatlarga ega bo’ladi. Bundan kelib chiqadiki, berilgan l - qiymatida harakat miqdori momentining berilgan o’qqa nisbatan yo’nalishi 2l+1 ga tengdir.

Spin kvant soni bu - elektronning o’z o’qi atrofida aylanishidagi harakat miqdori momentini ko’rsatadi va uning qiymati s=±1/2 ga teng. Demak, m ning har bir qiymatiga s ning ikkita qiymati bo’lishi mumkinligi uchun, berilgan l ning qiymatida elektronning 2(2l+1) energetik holati mavjud bo’lar ekan.

Elektronlarning atomdagi energetik holatini 4 ta kvant soni

n = 1.2.3…

l = (n-1) = 0.1.2.3…

m = ±l = (-l+1), (-l+2)

s = -1/2, +1/2.

bilan aniqlansa ham, ammo yana bir o’ta muhim Pauli prinsipini hisobga olmasdan, elektronlar atom atrofida joylashishi to’la va to’g’ri tasavvur qilib bo’lmaydi. Pauli prinsipi - har qanday energetik sathda 4 ta kvant soni bir xil bo’lgan 2 ta elektron joylashishi mumkin emas deb ko’rsatadi yoki buni shunday tushuntirish ham mumkin. Har qanday energetik sathda spinlari qarama –qarshi bo’lgan 2 ta elektron joylashishi mumkin. Bunga ko’ra n=1 elektron orbitada spinlari +1/2 yoki -1/2 2 ta elektron joylashishi mumkin. Bunday energetik holatni n=1, l=0, 1s energetik holat deb belgilash qabul qilingan. Agar n=2 bo’lsa, l=1ga teng, bunday orbitada N = 2n2 = 8 elektron bo’lishi mumkin, ammo Pauli prinsipiga asosan bunday orbita 2ta dan elektron joylashadigan 4ta orbita qobiqlariga ajraladi va l=1 energetik holatni p deb belgilanadi hamda l=1 2s2p p - holat ham o’z navbatida 3 ta qobiqqa ajraladi. n=3 l=2 elektron holat d bilan ifodalaniladi, bular ham o’z navbatida Pauli prinsipiga asosan 5 ta qobiqqa ajraladi.

Elektron sathlarni belgilash quyidagicha bo’ladi:

l = 0 1 2 3 4 5

s p d f g h

qobiqlar 0 3 5 7 7 7

shunga asosan atomlar elektron tuzilishi quyidagicha ifodalaniladi:



H – 1s1, He – 1s2

C – 1s22s22p2 , Si – 1s22s22p63s23p1.

5.2-§ Qattiq jismlarda elektronlar energetik holati

Biz yuqorida alohida joylashgan atomlarda elektronlarning energetik qobiqlari va sathlaridagi taqsimotini ko’rib chiqdik. Endi mana shu atomlar ishtirokida tashkil topgan qattiq jism kristallarida elektronlar energetik joylashish taqsimotini ko’rib chiqamiz. Bunday holatda kristallni tashkil etayotgan atomlar o’rtasidagi masofa (panjara doimiysi – masalan kremniyda d=5,4A0) juda kichik bo’ladi. Endi atom yadrolarining o’zaro har bir atomga tegishli elektronlarning o’zaro barcha yadro va barcha elektronlarga ta’sirini, elektronlarning energetik sarhlari va ulardagi taqsimotiga ta’sir qilmasdan iloji yo’q. Buni aniqroq tasavvur qilish uchun ikkita bir xil atomni bir – biriga shunday yaqinlashtiraylikki, ular orasidagi masofa kristall panjara doimiysiga yaqinlashsin. Bu holda bu ikkita atomning tashqi elektron qobiqlari bir – biriga kirishib ketadi. Natijada, birinchi atomning elektronlari bemalol ikkinchi atomning elektron qobiqlariga hech qanday energiya sarflamasdan o’ta boshlaydi. Go’yoki endi ikkala atom tashqi elektronlari uchun umumiy elektron qobig’i paydo bo’ladi. Ammo endi bu elektron qobiqda to’rtta elektron bo’lib qolganligi uchun Pauli prinsipiga ko’ra (har qanday energetik sathda spinlari bir – biriga qarama – qarshi bo’lgan ikkitadan ortiq elektron joylashishi mumkin emas) bu umumiy elektron sath endi energiyalari bir – biridan juda kam farq qiladigan ikkita energetik sathga ajraladi.




Download 14,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish