Qattiq jismlar
Disertatsiya kitobi (999)
Endi kovalent bog’lanishni uzib ketgan erkin elektron o’rnida musbat zaryadlangan, bog’lanishi to’liq bo’lmagan atom qoladi. Endi bu atom o’ziga kovalent bog’lanishni to’ldirish uchun qo’shni atomlardan elektron olishi mumkin, demak go’yoki boyagi musbat zaryadlangan ion o’z o’rnidan boshqa joyga siljib qolgan bo’ladi. Demak zaryad ko’chmoqda, ya’ni elektr toki hosil qilindi. Shuning uchun yarim o’tkazgich materiallar asosiy atomlar musbat zaryadlangan va kovalent bog’lanish buzilgan holatni biz “kovak” yangi turdagi tok tashuvchi deb qabul qilamiz. Demak yarim o’tkazgichlarda metallardan farqli holda 2 xil tok tashuvchi electron va kovaklar mavjud. Shuning uchun ham bunday materiallarda elektr o’tkazuvchanlik : σ=enμn+epμp (1) n-elektronlar konsentratsiyasi, p-kovaklar konsentratsiyasi, μn, μp-elektronlar va kovaklar harakatchanligi. 3.3-§ Fermi−Dirak taqsimoti Fermi−Dirak taqsimoti bu−spinga ega bo’lgan zarrachalar (elektron, kovak) uchun ishlatiladi. Bu taqsimot yarim o’tkazgichlarda elektronlarning (kovaklarning) energetik sathlar bo’yicha taqsimotini aniqlash bilan birga, har qanday yarim o’tkazgichlarda Fermi sathini aniqlash hamda Fermi sathi va yarim o’tkazgichlarning asosiy xossalari o’rtasida bog’lanishni ko’rsatadi. Taqsimotni ko’rishdan oldin, umuman Fermi sathi nima degan savolga javob beraylik. Fermi sathi bu – metallarda T=0K bo’lganda elektronlar bilan band bo’lgan oxirgi energetik sathdir. Bundan kelib chiqadiki, Fermi sathi birligi energiya bilan o’lchanar ekan. Demak Fermi sathidan yuqorida yotgan sathlarda elektronlar yo’q, pastkidagi sathlar elektron bilan to’lgan. Metallarda erkin elektronlar konsentratsiyasi undagi 1sm-3 atomlar soniga teng. Masalan, Au ni oladigan bo’lsak unda 1sm-3 da 5·1022 erkin elektron mavjud. Endi bu elektronlar energetik sathlar bo’yicha qanday joylashgan. Buni bilish uchun oldin Pauli prinsipini hisobga olish kerak. Bu prinsipga asosan har qandan energetik sathlarda maksimum qarama- qarshi spinga ega bo’lgan 2 ta elektron joylashishi mumkin. Agar metallarda elektron konsentratsiyasi n=5·1022sm-3 bo’ladigan bo’lsa, bu elektronlar joylashishi uchun, Pauli prinsipiga asosan 2,5·1022 energetik sathlar kerak bo’ladi. Metallarda erkin elektronlar joylashgan eng pastki sath- o’tkazuvchanlik zonasining boshlanishidan to Fermi sathigacha bo’lgan energiya 5÷10 eV atrofida bo’ladi. Biz bunday o’tkazuvchanlik zonasidagi elektron sathlar orasidagi energiyani topsak ∆E=10/2,5·1022=4·10-22 eV ga teng. Bu shunday kichik energiyaki, shuning uchun metallarda o’tkazuvchanlik zonasida elektron sathlar uzliksiz joylashgan deb qabul qilingan. Ammo yarim o’tkazgichlarda erkin elektronlar soni metallarga nisbatan 1012÷1014 marta kam bo’lganligi uchun, ularda Fermi sath tushunchasi va elektronlar taqsimoti boshqacha bo’ladi. Fermi-Dirak taqsimoti quyidagi formula orqali ifodalanadi. Bu yerda f− berilgan temperaturada (T) va Fermi sathi (F) aniq qiymatga ega bo’lgan holatda har qanday energetik sath − E ning elektronlar bilan band bo’lgan ehtimollikni ko’rsatadi. Berilgan energetik sathning kovaklar bilan band bo’lish ehtimolligi: Bu yerda g − ajralish koeffsiyenti deb ataladi. Bu koeffsiyent donor energetik sathlar uchun 1/2 ga, akseptor energetik sathlar uchun 2 ga teng. g ning fizik ma’nosi bu− donor kirishma atomlarini ionlash uchun, faqat aniq spinga ega elektronni ozod qilish kerak, ammo uni yana neytral holatga kelishi uchun unga 2 xil spinga ega bo’lgan elektronni xohlaganini olish mumkin. Demak g − ionlash va atomni neytrallash uchun kerak bo’lgan elektron spinlarning nisbatini ko’rsatadi. Yarim o’tkazgichlarda Fermi sathini qanday aniqlash mumkinligini ko’rsatishdan oldin, yarim o’tkazgich o’tkazuvchanlik sohasidagi elektronlar konsentratsiyasini aniqlab ko’raylik. Buning uchun yarim o’tkazgich o’tkazuvchanlik sohasidagi elektronlar joylashishi mumkin bo’lgan sathlar zichligi degan tushunchani kiritamiz. Albatta o’tkazuvchanlik zonasi parabola shaklida bo’lganligi uchun NC − qiymati energiya N(E) ga bog’liq bo’ladi. Endi yarim o’tkazgich o’tkazuvchanlik sohasida mavjud elektronlar konsentratsiyasi quyidagicha aniqlanadi: Bu yerda Eco−o’tkazuvchanlik sohasining eng quyi energiyasiga mos energetik sath, En−esa o’tkazuvchanlik sohasining eng yuqori energiyaga mos keladigan energetik sath. Yarim o’tkazgichda erkin elektronlar konsentratsiyasi o’ta kam bo’lganligi va o’tkazuvchanlik sohasi sathidagi energetik sathlar, umuman band bo’lmaganligi Uchun Eco ning qiymati hamma vaqt F dan ancha katta bo’ladi. U holda o’tkazuvchanlik zonasidagi elektronlar konsentratsiyasi quyidagiga teng bo’ladi: xuddi shunday valent sohadagi kovaklar konsentratsiyasi Bunda: , , (7) Download 14,17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |