Yarim o’tkazgichlar – elektr o’tkazuvchanligi metallarnikidan ancha kam ( σ = 103 ÷ 10-10(Om/sm)-1 ), kirishma atomlar konsentratsiyasiga o’ta sezgir, harorat pasayishi bilan elektr o’tkazuvchanligi eksponensial qonuniyat bilan kamayadigan, past haroratlarda ( t= 1÷ 2K ) dielektrik xossasiga ega bo’lgan qattiq jismlardir.
Dielektriklar – elektr va issiqlik o’tkazuvchanligi juda kam va tashqi elektr maydoni ta’sirida qutblanishga ega bo’lgan qattiq jismlardir.
Segnetoelektriklar – bunday kristallar dielektrik bo’lib, ma’lum harorat oralig’ida o’z– o’zidan poliyarizatsiyalanadigan – tashqi ta’sirga o’ta sezgir qattiq jismlardir.
Ferromagnit qattiq jismlar – Kyuri temperaturasidan past haroratlarda ion yoki atomlar magnit momentlarining ( metall bo’lmagan qattiq jismlarda ) yoki jamlangan elektronlar magnit momentlarining ( metallarda ) ferromagnetik tartibi hosil bo’ladigan modda.
Do'stlaringiz bilan baham: |