Vodorod bog‘lanish. Vodorod atomi bir elektronga ega. Shuning uchun u bitta atom bilan kovalent bog‘lanishda bo‘lishi mumkin. Agar bu atom vodorod atomi elektronini kuchli umumlashtirsa, manfiy zaryadlangan atomga aylanadi. U vaqtda elektron ko‘p vaqt davomida atom yaqinida bo‘ladi, proton (vodorod atomi yadrosi) ekranlanmagan bo‘ladi (vodorod atomi musbat zaryadlangan) va manfiy zaryadlangan boshqa atomga tortiladi. Bundan vodorod atomi orqali ikki manfiy zaryadlangan atomlar orasida bog‘lanish yuzaga keladi. Bunday bog‘lanish vodorod bog‘lanish deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |