QATTIQ JISMLAR. QATTIQ JISMLARDA ATOMLARNING BOG‘LANISH TURLARI. ION BOG‘LANISH. KOVALENT BOG‘LANISH. VODOROD BOG‘LANISH. METALL BOG‘LANISH. MOLEKULYAR
BOG‘LANISH.
REJA:
Qattiq jismlar. Qattiq jismlarda atomlarning bog‘lanish turlari.
Ion bog‘lanish.
Kovalent bog‘lanish.
Vodorod bog‘lanish.
Metall bog‘lanish.
Molekulyar bog‘lanish.
Qattiq jismlar. Qattiq jismlarda atomlarning bog‘lanish turlari. Jismlarning qattiq holati molekulalar, atomlar, ionlar orasidagi kuchli o‘zaro ta’sir natijasida hosil bo‘ladi, bunda molekulalarning issiqlik harakati ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Erkin energiyaning kichik qiymatlarida molekulalarning bir-biriga nisbatan muvozanatda mustahkam joylashishi yuz beradi. Molekulalarning o‘zaro joylashishi fazoning bir sohasidan ikkinchi sohasiga o‘tganda takrorlanadi, ya’ni bunda qattiq jismlarning davriy tuzilishi hosil bo‘ladi. Bu esa kristall panjarani hosil qiladi, qattiq jismlar kristallar holida bo‘ladi.
Molekula, atom, ionlar kristallarini tashkil qiluvchi muvozanat holat nuqtalari kristall panjara tugunlari deyiladi. Kristall panjara mavjudligi qattiq jismning asosiy belgisidir.
Atomlar bir-biridan uzoq masofalarda tortishadi, yaqin masofalarda esa itarilishadi. R0 masofada tortishish va itarilish kuchlari o‘zaro kompensatsiyalashadi va atomlar mustahkam muvozanat holatiga o‘tadi. Bunday mustahkam muvozanat kristall panjara tugunlaridagi molekulalar atomlari orasida yoki tugunlardagi atomlar o‘rtasida kuzatiladi. Potensial energiyaning atomlar orasidagi En masofaga bog‘liq o‘zgarishi 11.1-rasmda keltirilgan.
Ushbu rasmdagi potensial energiya molekulalar uchun ham to‘g‘ri bo‘ladi. Kristall panjara tugunlarida molekulalar joylashgan 0 bo‘lsa, molekulyar kristallar deyiladi. Agar atomlar joylashgan bo‘lsa, atom kristallari deb
yuritiladi. Kristallarda besh xil bog‘lanish 11.1-rasm
bo‘lishi mumkin: ionli, kovalent, vodorod, metall va molekulyar bog‘lanishlar.
Ion bog‘lanish. Ionli bog‘lanish atomlar orasida bo‘ladi, bunda atomlardan biri osonlikcha elektronini yo‘qotadi va musbat ionga aylanadi. Ikkinchi atom esa qo‘shimcha elektronni biriktirib olib manfiy ionga aylanadi. Bu ionlar Kulon tortishish kuchi ta’sirida bog‘langan tizimni hosil qiladi. Bunday bog‘lanishga ionli bog‘lanish deyiladi. Ionli bog‘lanishli kristallarga NaCl, LiF, KI va boshqalar misol bo‘la oladi. NaCl kristallida natriy atomi elektron qobig‘i inert gaz neonning (Ne) yopiq elektron qobig‘iga bitta elektronning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Yoki natriyning elektron konfiguratsiyasini (Na)=(Ne)3s ko‘rinishda ko‘rsatish mumkin. 3s holatdagi elektron atomning asosiy qismi bilan kuchsiz bog‘langan bo‘lib, atomdan osonlikcha ajraladi va natriy ioni Na+ hosil bo‘ladi. Xlor atomi elektron qobig‘i inert gaz argonning yopiq elektron qobig‘ini hosil qilishi uchun bitta elektroni yetishmaydi. Xlor yetishmagan elektronni biriktirib olib yopiq elektron qobiqni to‘ldirish uchun harakat qiladi, natijada xlorning manfiy ioni Cl– hosil bo‘ladi. Bir-biridan r masofada bo‘lgan ionlarning o‘zaro ta’sir potensial energiyasi e2/(40r2) ko‘rinishda ifodalanadi. Shunday qilib, ion bog‘lanish atomlar orasidagi zaryad almashishi orqali hosil bo‘ladi. Ionli kristallarda bog‘lanish energiyasi katta bo‘ladi. NaCl kristall panjarasi bog‘lanish energiyasi 764 kJ/mol (183 kkal/mol)ni tashkil qiladi. Ionli kristallarning elektr o‘tkazuvchanligi past temperaturelarda kichik va yuqori temperaturalarda katta bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |