Buxoro Muhandislik-texnologiya instituti kengashining
№2 Majlisi bayonidan ko’chirma.
Buxoro sh. 27.09.2021 y.
Qatnashdilar: Institut kengashining 50 a’zosida 41 kishi
KUN TARTIBI
3. 2021/2022 o’quv yilida o’quv jarayonini tashkil etishga oid o’quv-me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash. Maruzachi : o’quv – uslubiy boshqarma boshlig’i.
INSTITUT KENGASHI QAROR QILADI:
2021/2022 O’quv yilida 1-kurs kechki shakliga talabalar qabuli amalga oshirilgan ta’lim yo’nalishlarining o’quv rejalari, mazkur o’quv rejalarga kiritilgan fanlarning o’quv dasturlari hamda ular asosida ishlab chiqilgan kechki va sirtqi ta’lim shakillarining ishchi o’quv rejalari tasdiqlansin va o’quv jarayoni ushbu me’yoriy- uslubiy hujjatlar asosida tashkil etilsin.
2021/2022 o’quv yilidan boshlab, kredit - modul tizimi asosida taxsil olayotgan talabalar bilimini baholashning quyidagi tartibi tasdiqlansin:
baholash shartli ravishda 2 qismga, ya’ni dastlabki baholash va asosiy
baholashga bo’linadi:
Dastlabki baholash.
1.1.Talabaning ma’ruza mashg’ulotida olgan bilimini baholash.
1.2. Talabaning amaliy mashg’ulotda olgan bilimini baholash.
1.3. Talabaning tajriba mashg’ulotida olgan bilimini baholash.
1.4. Talabaning mustaqil ish topshiriqlarini bajarishda olgan bilimini
baholash.
1.5.Talabaning kurs ishi (loyihasi) va hisob – grafika ishlarini bajarishda olgan bilimini baholash.
Bunda talabaning bilimi quyidagi tartibda baholanadi:
1.Talaba nazorat uchun qo’yilgan talablarning kamida 60% ni bajarsa ijobiy baholanadi. Masalan ma’ruza mashg’uloti bo’yicha nazorat savollariga kamida 60% to’g’ri javob berishi zarur, lekin kurs ishi (loyihasi), hisob – grafika ishlari ijobiy baholanishi uchun 100% bajarilgan bo’lishi shart.
2. Kurs ishi (loyihasi), hisob-grafika ishlarini bajarib, o’rnatilgan tartibda himoya qilmagan talabalarga fan bo’yicha yakuniy nazorat topshirishiga ruxsat berilmaydi va u akademik qarzdor hisoblanadi.
3. Dastlabki baholashda fandan talabaning olgan baholarini rasmiylashtirish uchun fakultetr dekanatlartida ilovadagi shakl asosida dastlabki baholasah qaydnomasi tashkil etiladi. Bunda guruhdagi har bir talabaning fan bo’yicha amaliy va labaratoriya mashg’uloti topshiriqlarini bajarib olgan baholari, kurs ishi (loyiha)ni, hisob-grafika ishlarini bajarib , o’rnatilgan tartibda himoya qilganda olgan bahosi, mustaqil ish topshiriqlarini bajarib olgan bahosi qayd qilinadi va darsni o’tgan o’qituvchi tomonidan imzolanadi. Qaydnomaga faqat ijobiy baho qayd qilinadi. Talabaning bilimi barcha nazorat turlari bo’yicha ijobiy baholangan bo’lsagina, uning o’rtacha bahosi hisoblanadi vga unga mazkur fan bo’yicha yakuniy nazoratni topshirtishga ruxsat beriladi.
2. Asosiy baholash. Bunda talaba fan bo’yicha yakuniy nazorat topshirib, olgan bahosi (2,3,4,5) inobatga olinadi. Agar talaba yakuniy nazorat savollariga kamida 60% to’g’ri javob bergan bo’lsa uning fan bo’yicha bilimi ijobiy baholanadi.
Masalan 30 ta test savoliga javob berganda:
18 tadan 21 tagacha to’g’ri javob (60 % dan 70 % gacha) – 3 baho;
22 tadan 25 tagacha to’g’ri javob (73 % dan 85 % gacha) - 4 baho;
26 tadan 30 tagacha to’g’ri javob (86 % dan 100 % gacha) – 5 baho;
Kengash raisi N.R.Barakayev
Kengashning ilmiy kotibi I.I.Mexmonov
Do'stlaringiz bilan baham: |