Laboratoriya mashg‘ulotlarni o‘tishda mehnat intizomi, texnika xavfsizligi va mehnatni tashkil qilish asosiy mezondir. Laboratoriya mashg‘ulotini boshlashdan oldin texnika xavfsizligi va mehnatni himoya qilish bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishtiriladi.
O‘rnatilgan tartibda tayyorlangan jurnalga har bir talaba texnika xavfsizligi va mehnatni tashkil qilish bilan tanishganligi to‘g‘risida imzo chekiladi.
Ishni tashkil etish, brigadalar orasida uchastkalarni taqsimlash, muhandislik-geodezik o‘lchashlarni bajarish tehnikasi va uslubida brigadaga yordam ko‘rsatish, texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish va bajarilishini kundalik nazorati, tarbiyaviy ishlarni olib borishi, asbob va uskunalarni asrab-avaylash hamda tozaligini saqlashni tekshirish - funksiyalari o‘qituvchi zimmasiga yuklatiladi.
Har qaysi brigada o‘quv geodezik laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tish uchun kafedra laboratoriyasidan geodezik asbob-uskunalar to‘plamini oladi. Laboratoriya mashg‘ulotini o‘tish jarayonida asboblarni boshqa shaxslarga berish qat’iyan man etiladi. Yo‘qolgan yoki buzilgan buyum va asboblarga aybdor, brigadir, kafedra laboratoriya mudiri imzolari bilan dalolatnoma tuziladi.
Geodezik asbob va uskunalar, uslubiy ko‘rsatmalar, xo‘jalik inventarlarining yo‘qolganligi va singanligi uchun material javobgarlikni butun brigada o‘z zimmasiga oladi.
Laboratoriya mashg‘ulotini talabalar tomonidan muvaffaqiyatli o‘tishidagi asosiy va majburiy shartlar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
-laboratoriya mashg‘ulotini boshlashdan oldin brigadir ish joyini ko‘rishi, geodezik asbob va uskunalarni yaxshilab ko‘zdan kechirishi kerak;
-geodezik asboblarning qutisidagi ruchkalari (qo‘l ushlagichlari) mahkam o‘rnatilgan bo‘lishi kerak, reykaning mahkamlagich vintlari soz holda bo‘lishi kerak;
-uchi o‘tkir nishon tayyoqlarni, shtativlarni va boshqa asbob uskunalarni uchlarini oldingi tomonga qaratib olib yurishga ijozat beriladi;
-yo‘llardan o‘tishda reykalarni qo‘lda buklangan holda olib yurish kerak, elkada olib o‘tish taqiqlanadi;
-yo‘lga yaqin joylarda geodezik asboblarni qarovsiz qoldirish taqiqlanadi;
-shtativga o‘rnatilgan geodezik asboblarni erga mahkam o‘rnatish zarur;
-reyka, nishon tayog‘i va shtativni daraxtga, devorga va boshqa tafsilotlarga suyab qo‘yish qat’iyan taqiqlanadi;
-yo‘lda masofa o‘lchashda xavfsizlikni ta’minlash uchun qizil bayroqcha ushlagan talabalarni qo‘yish kerak;
-o‘lchash asboblarini, reyka va nishon tayyoqlarini qo‘ldan-qo‘lga berish kerak, erga tashlash taqiqlanadi;
-teodolit yo‘lidagi nuqtalar, piket nuqtalari va boshqa nuqtalarda qoziqchalarni er baravar qilib berkitish kerak, asfalt yo‘llarga qoziqchalarni berkitish taqiqlanadi;
-trasport yo‘llarida va shahar sharoitida talabalar yo‘l xavfsizligiga rioya qilishi kerak;
-reyka, nishon tayyoqlarini va boshqa narsalarni elektr simlariga, trolleybus simlariga va shunga o‘xshashlarga 2 metr kam masofaga ko‘tarish taqiqlanadi;
-yuk ko‘tarish mexanizmlari oldiga asboblarni o‘rnatish, qurilayotgan bino atrofida yurish taqiqlanadi;
-kanalizatsiya va suv yo‘llarida ish olib borishda ularning quduqlarida yoqilg‘i yoki zaharli gazlar bo‘lishini e’tiborga olish lozim. Talabalarni quduqlaga tushirish taqiqlanadi, agarda zarur bo‘lsa, shamollatish zarur. Ish tugagandan keyin quduqlar og‘zini berkitish zarur;
- o‘quv poligonidagi mashg‘ulotlari vaqtida ish joyida bo‘lishi, amaliyot dasturi bo‘yicha ishlarni bajarishda faol qatnashishi va o‘qituvchining ruxsatisiz amaliyotga qatnashmaslik;
-geodezik asboblarni asrab-avaylash, ular bilan ishlash qoidalariga qat’iy amal qilish (1-ilova);
-texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilish, poligonda o‘rnatilgan kundalik tartib va qoidalarga rioya qilish (2-ilova);
-o‘tkaziladigan tadbirlarda faol qatnashish, poligon territoriyasining tozaligini saqlash.
Talabalar, u yoki bu sabablarga ko‘ra laboratoriya mashg‘ulotlariga qatnashmasa hamda laboratoriya mashg‘ulotlarin bajarganliklari to‘g‘risidagi hisobotlarni rasmiylashtirib topshirmasa va undan reyting ololmasa, qarzdorlar hisoblanishadi.
Asbob va uskunalarni olishgacha talabalar tanishishlari shart:
-laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tish vaqtida mehnat kundaligi shartlari bilan;
-geodezik ishlarni olib borishda texnika xavfsizligi qoidalari bilan.
-yomg‘ir yog‘ishidan oldin ishni to‘xtatish va xavfsiz joyga o‘tish zarur;
- laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tish davrida talabalardan shaxsiy gigiena talab qilinadi;
- laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tish davrida talabalarning “Texnika xavfsizligi va mehnatni muxofaza qilish talablari” bilan tanishganligi haqida ma’lumot jadvaliga rasmiylashtiriladi va laboratoriya mashg‘ulotlari hisobotiga ilova qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |