Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yashovchi fuqaro O. Roʼziyev



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana29.07.2021
Hajmi0,71 Mb.
#132079
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3839 (1)

Ekspertiza oʻtkazish tartibi. “Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida”gi qonunga 

binoan ekologik ekspertiza obyekti tomonidan yuqoridagi organning talabi asosida 

materiallarni  taqdim  etiladi.  Bu  materiallar  amaldagi  tabiatni  muhofaza  qiluvchi 

qonunlarga muvofiqligi tekshiriladi. Tashkilotning ekologiyaga taʼsiri tahlil qilinadi 

va  baholanadi.  Biologik,  kimyoviy  moddalar  va  texnologiyalarning  atrof  tabiiy 

muhitga  taʼsirini  baholashning  asosli  ekanligi  tekshiriladi.  Ekologik  xavfsizlikni 

taʼminlash  chora  tadbirlarini  tekshiradi.  Taqdim  etilishi  kerak  boʻlgan  hujjatlar 

qonunning  15-moddasida  aks  etgan.  Ekspertiza  1  oydan  oshmasligi  kerak,  ammo 

tekshirilayotgan  obyektning  murakkabligiga  qarab  bu  muddat  vakolatli  organ 

tomonidan  uzogʻi  bilan  2  oygacha  uzaytirilishi  mumkin.  Va  nihoyat  ekspertiza 

yakunida  Oʻzbekiston  Respublikasi  Ekologiya  va  atrof-muhitni  muhofaza  qilish 

davlat  qoʻmitasi  ekspertiza  obyektini  amalga  oshirish  mumkin  yoki  yoʻqligi 

yuzasidan xulosa beradi. Bu xulosaning ijro etilishi majburiydir. 

26-savol 

Oʻzbekiston  Respublikasining  “Suv  va  suvdan  foydalanish  toʻgʻrisida”gi 

qonuni suv va suv obyektlarini muhofaza qilish qoida-talablarini belgilaydi. 



Suv va suv obyektlarini muhofaza qilishning ekologik talablarini amaldagi 

qonunchilik asosida yoriting. 

“Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi qonunining XXIV-bobi aynan suv 

va suv obyektlarini muhofaza qilish bilan bogʻliq. Suv obyektlarini muhofaza qilish 

avvalambor  uni  foydalanishga  berishdagi  tartibdan  boshlanadi.  Aynan  shu  metod 

                                                             

5

 “Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston respublikasi qonuni. 2000-yil 25-may, 73-II-son 




orqali himoya qilish uning maʼmuriy himoyasidir. Ularni ekologik muhofaza qilish 

esa,  ularni  ifloslantirmaslik,  har-xil  salbiy  taʼsirlardan  himoya  qilishda,  kimyoviy 

xossalarini saqlashda ifodalanadi. Bunda bir qancha ekologik talablar mavjud. Bular 

quyidagilar hisoblanadi: 

  Suvni  va suv obyektlarini chiqit va chiqindilar bilan  ifloslantirishdan 

muhofaza qilish.  

Bunda suvning xususiyatiga zarar yetkazuvchi eritmalar, yogʻlar yok boshqa 

turdagi har qanday chiqindilarni suvga tashlash, uni ifloslantirish taqiqlanadi.  

  Suv  obyektlarining  suvni  muhofaza  qilish  zonalari,  sohil  boʻyi 

mintaqalari va sanitariya muhofazasi zonalarini belgilash. 

Suv  obyektlarining  tuproq  eroziyasi  mahsulotlari  bilan  bulgʻanishi, 

ifloslanishi,  kamayishi  va  loyqa  choʻkishining  oldini  olish  hamda  ularni  bartaraf 

etish,  shuningdek  qulay  suv  rejimini  saqlash,  foydalanish  va  taʼmirlash-tiklash 

ishlarini  olib  borish  uchun  normal  shart-sharoit  yaratish  maqsadida  qonun 

hujjatlariga  muvofiq  suv  obyektlarining  suvni  muhofaza  qilish  zonalari  va  sohil 

boʻyi mintaqalari belgilanadi. 

  Yer osti suvlarini muhofaza qilish 

Bunda  esa,  yer  ostidagi  suv  manbalariga  zarar  yetkazadigan  har  qanday 

harakat taqiqlanadi. 

  Kichik daryolarni muhofaza qilish 

Bunda  shu  daryodan  foydalanuvchi  obyektlar  ekologiya  va  atrof-muhitni 

muhofaza  qilish  organlari  bilan  birgalikda  suvni,  uning  musaffoligi  va  sifatini 

saqlash chora-tadbirlarini koʻrishlari lozim. 

Mavjud  suv  resurslaridan  oqilona  foydalanish  va  uni  muhofaza  qilishda 

ragʻbatlantirish katta ahamiyat kasb etadi. 

Suv  resurslarini  muhofaza  qilishni  ragʻbatlantirish  boshqa  tabiat 

obyektlaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilishni ham taʼminlaydi. 

Amaldagi «Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida»gi qonunning 37-moddasida 

koʻrsatilganidek,  tabiatdan  oqilona  foydalanish,  atrof  tabiiy  muhitni  muhofaza 

qilishni  ragʻbatlantirishning  amalga  oshirilishi  ekologiyani  muhofaza  qilishga 

barchani undaydi. 

Xulosa  oʻrnida  shuni  aytish  oʻrinlikki,  tabiatni  muhofaza  qilish  oʻzimizni 

muhofaza qilish hisoblanadi. Aslida ham inson shu tabiatning ajralmas boʻlagidir. 

 

 

 

 




Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish