Birinchidan, O.Roʻziyevga tadbirkorlik maqsadlari uchun hokim
tomonidan ajratib berilgan 10 ga yerda sihatgoh maskanini tashkil etdi. Bu yerda
buloq boʻlib bu buloqdan insonlarning sogʻligʻi uchun foydalanilar edi. Suv fondi
yerlarini berish tartibi. Suv obyektlaridan maxsus foydalanish.
Yer kodeksi 77-moddasiga koʻra suv havzalari gidrotexnika va boshqa suv
xoʻjaligi inshootlari egallab turgan, shuningdek suv havzalarining va boshqa suv
obyektlarining qirgʻoqlari boʻylab ajratilgan mintaqadagi suv xoʻjaligi ehtiyojlari
uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda berilgan yerlar
suv fondi yerlari jumlasiga kiradi. Bu normadan shunisi anglashiladiki, suv fondi
yerlari suv obyektilari joylashgan, tashkilot va muassasalarga ajratilishi mumkin
boʻlgan yerlar hisoblanadi. Bu yerlar foydalanish tartibi bilan boshqa yer toifalaridan
ajralib turadi. Bu yerlarda suv obyektlariga salbiy taʼsir koʻrsatadigan xoʻjalik
faoliyati yuritish va qurilish ishlari olib borish taqiqlanadi
2
.
Tabiat resurslaridan foydalanish “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi
qonunning 6-moddasiga muvofiq ikki turga boʻlinadi. Ular umumiy va maxsus
foydalanishdir
3
. Ularning farqini kazusga bogʻlagan holda batafsil koʻrib chiqamiz.
Kazusdan bilinadiki, Roʻziyev oʻziga ajratib berilgan yerdan chiqqan buloq
suvlaridan insonlarning salomatligini yaxshilash uchun foydalangan va uning
faoliyati daromad topishga qaratilgan. Qisqacha qilib aytadigan boʻlsak, buloqdan
tadbirkorlik maqsadlarida foydalangan. Buloqlar “Suv va suvdan foydalanish
toʻgʻrisida”gi qonunga koʻra suv obyektlari hisoblanadi. Ushbu qonunda suvlarning
va suv obyektlarining holatiga taʼsir etilishiga qarab suvdan foydalanish suvdan
2
Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son.
3
“Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni. 1992-yil 9-dekabr, 754-XII-son.
umumiy va maxsus foydalanishga ajratilgan. Unga koʻra suvdan maxsus foydalanish
yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi
maxsus inshootlar va qurilmalarni qoʻllagan holda amalga oshiriladigan suvdan
foydalanishdir.
Shuningdek, suvdan tanho va birgalikda foydalanish mumkin.
Tanho foydalanishga qonunda belgilangan tartibda yuridik yoki jismoniy shaxslarga
berilgan suv obyektlaridan foydalanish hisoblanadi. Birgalikda foydalanish esa
insonlarning oʻz ehtiyojlarini qondirish uchun suv obyektlaridan umumiy tarzda
foydalanishiga aytiladi. Kazusimizda Roʻziyev buloqdan tanho va maxsus
foydalanishga harakat qilgan. “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonunga
koʻra tabiat resurslari maxsus foydalanishga faqatgina maxsus ruxsatnoma orqali
haq toʻlash evaziga egalik qilish, foydalanish yoki ijara koʻrinishlarida beriladi.
Demak, suv obyektlaridan tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun ruxsatnoma
olinishi shart. Ammo shuni eʼtibordan chetda qoldirmaslik kerakki, alohida davlat
ahamiyatiga yoxud alohida ilmiy yoki madaniy qimmatga ega boʻlgan suv
obyektlaridan foydalanish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qisman yoki
batamom taqiqlanishi mumkin.
Xulosa: Roʻzeyiv tomonidan sihatgoh hududidagi buloqdan foydalanish suv
obyektidan maxsus va tanho foydalanish hisoblanadi va buning uchun ruxsatnoma
talab qilinadi. Qonunga asosan tabiiy suv obyektlarining suvidan maxsus
foydalanish yoki ularning suvini maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma yer osti
suvlari boʻyicha — geologiya va mineral resurslar organlari bilan kelishilgan holda
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan beriladi.
Shuningdek qonuning 44-moddasida belgilanishicha, agarda suv obyekti shifobaxsh
suvlar qatoriga kiritilgan boʻlsa, Qishloq va suv xoʻjaligi va ekologiya va atrof-
muhitni muhofaza qilish organlari shifobaxsh suvlar qatoriga kiritilgan suv
obyektlaridan, ayrim hollardagina tegishli geologiya va mineral resurslar organlari,
sogʻliqni saqlash organlari va kurort boshqarmalari bilan kelishib turib, boshqa
maqsadlar uchun foydalanishga ruxsat berishlari mumkin .
Do'stlaringiz bilan baham: |