S tresdan ehtiyot bo’ling ,, o’qituvchilar va o’quvchilar uchun trening mashg’ulotlarini tashkil etib o’tkazilindi. O’quvchilar uchun individual maslaxatlar berildi. Bolalar tarbiyasi bo’yicha ota-onalarga individual maslaxatlar berildi. Ta’lim tarbiya va o’quvchilar bilan muloqot masalasida o’qituvchilar bilan individual maslaxatlar berildi.
O’quvchilarning ruxiy holatlarini o’rganish uchun ‘’Ijtimoiy so’rovnoma,,7 bo’limdan iborat metodika o’tkazildi.’’Ichki nazoratda turadigan o’quvchilar papkasi,,shakillantirildi va ular bilan alohida ish olib borilmoqda.
Beshinchi sinf o’quvchilarining maktabga bilim olishga va maktabdoshlarining unga bo’lgan munosabatini aniqlash uchun 15 ta savoldan iborat ‘’Zina,, metodikasi moslashuvini aniqlash metodikasi o’tkazildi.’Biz zo’ravonlikka qarshimiz’’mavzusida aksiya o’tkazildi.Aksiyada sinflarda noxush xolatni oldini olishga qarshi trening o’tkazildi va xar xil sinflarda geometrik figuralar mujassamlashtirilgan trening ham o’tkazildi.
Katta sinf qizlarida ‘’Erta turmushni oldini olish,,mavzusida maruza o’tkazildi.’’Chekish umir zavoli ,,mavzusida tadbir o’tkazildi.Hamma katta sinfdagi o’quvchilarni maktab zaliga yeg’ib ularga ,,Zo’ravonlikka qarshimiz ,,mavzusida videorolik taqdim qilindi.Videorolikdan so’ng mavzu yuzasidan baxs munozara o’tkazildi.Ijtimoiy muammosi bor bo’lgan o’quvchilar aniqlandi va aloxida ular bilan psixologik tomondansuxbatlar o’tqazildi va ularni xolatlaridan kelib chiqib texnikalar qo'llanildi .
Tarbiyasida og’ishgan o’quvchilar bilan individual va guruhiy korreksiyon rivojlantiruvchi mashg’ulotlar ham o’tkazildi.Stres darajasi yuqori va o’ziga ishonchi past bo’lgan o’quvchilar bilan ham individual tarzda korreksion ishlar olib borildi
Psixologik yordamga muxtoj o’quvchilar bilan individual maslaxatlar xamda korreksiya ishlari olib borildi.Ota-onalar uchun individual maslaxatlar berilmoqda.Ichki nazoratda turgan o’quvchilarning ota-onalari bilan suxbat olib borildi.’’mening qiziqishlarim ,,mavzusida individual hamda guruhiy suxbatlar olib borildi.
11-sinf o’quvchilari bilan kasb -hunarga yo’naltirish yuzasidan guruxiy hamda individual maslaxatlar berildi .
Dekabr oyining birinchi haftasida 1-sinfdan 4-sinfgacha bo’lgan o’quvchilarimizdan ,,Luskanova ‘’ning moslashuvni aniqlash metodikasi va ,,Mavjud bo’lmagan hayvon ‘’proektiv metodikasi o’tqazildi.
Yuqori sinf o’quvchilaridan profnavigator.uz sayitidan o’quvchilarimiz onlayn test topshirdilar.
8-11sinflar kesimida o’quvchilarimiz o’rtasida ,,Shaxs aksentuatsiyasini diagnostika qilish ‘’so’rovnomasi o’tqazildi.So’rovnoma natijalari asosida hulosa va tavsiyalar berildi. O’quvchilar bilan ,,Avtoportret’’metodikalari o’tkazildi,natijalari asosida ota-onalarga tavsiyalar berildi.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning maktabda o’qish motivatsiyasiyasini aniqlash metodikasi o’tqazildi. So’rovnoma natijasiga binoan korreksiyaga muhtoj o’quvchilarni tanlab olib ular bilan individual ishlar olib borildi.
1-dekabr Butunjahon”OITSga qarshi” kurashish kuni munosabati bilan maktabda o’quvchilar bilan”Biz OITSga qarshimiz” shiori ostida tadbir o’tkaz
Ijtimoiy -psixologik ,emotsional sohasida shaxslararo munosabatlarida muammolari mavjud o’quvchilar va ularni ota -onalari bilan yakka tartibda korreksion ishlar olib borildi.
O’quvchilar bilan yangi yildagi yangi orzular treningi ham o’tkazildi bu trening o’tkazish bolalarda juda bir yaxshi kayfiyat uyg’otdi .Yuqori sinf o’quvchilari bilan kelajakdagi orzulari va maqsadlari haqida davra suxbatlari uyushtirildi.Kichik yoshdagi o’quvchilar bilan esa ularning hayotda ular uchun hozir nima muhumligi va hozirgi kunda ommaviy axborot vositalariga nechog’lik kirishib ketayotganlari va buning salbiy oqibatlari haqida maruzalar o’tqazildi.Yil so’ngida ota onalar majlislarida faol ishtirok ettik va ota-onalarga tegishli mavzularda maslaxatlar berildi.
Yanvar oyida karantin bo’lganligi sababli o’z ustimizda ishladik va qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini o’qidik hamda sertifikatlar oldik.
Murojat yuzasidan o’zlashtirishi past o’quvchilar bilan individual ishlar olib bordik.
2022-yil 7-fevral kuni maktab psixologlari tomonidan o’quvchilarining aqliy qobiliyati va tafakkur jarayonini o’rganish maqsadida 4-sinf o’quvchilarining 13 nafaridan "Ortiqcha so’zni toping" testi olindi.
Joriy yilning 11-fevral kuni 7-sinf o’quvchilarining 20 nafari bilan "Ijobiy xususiyatlarni shakllantirish va o'z-o'zini adekvat baholash"ga oid trening mashg'ulotlari o'tkazildi.
2022-yil 7-fevral kuni 9-sinf o‘quvchilarining 12 nafaridan ta‘limning keyingi bosqichiga qamrab olish, ularga hududimizdagi akademik litseylar va kasb-hunar maktablari to‘g‘risida to‘liq ma‘lumotlar berilib so‘rovnomalar olindi va tahlil qilindi. Natijalari "Kasbim-kelajagim" platformasiga joylashtirildi.
Joriy yilning 8-fevral kuni o'quvchilarga kasb tanlashlari bo'yicha motivatsiya berish bo'yicha 7-sinf o'quvchilarining 20 nafaridan "Kasbim-kelajagim" mashg’ulotlari o’tkazildi hamda "Kasbiy qiziqish, qobiliyat va intilishlar" mavzusida test olindi va natijalari tahlil qilindi.
Joriy yilning 11-fevral kuni maktab psixologi va maktab hamshirasi bilan birgalikda 7-8-sinf o’quvchilariga "Kelajak qo’lingizda" dasturining 4,5,6-trening mashg’ulotlari "Salomatlik va sog’lom turmush tarzi", "Zararli odatlar va salomatlik" haqida tushunchalar, tavsiyalar berildi. O’quvchilarga chekishning zararli oqibatini tajriba asosida ko’rsatib berildi.
Joriy yilning 8-fevral kuni informatika fani o’qituvchi bilan hamkorlikda kasbim kelajagim profnavigator.uz onlayn platformasi orqali 8- sinf o’quvchilaridan "Muloqotchanlikning darajasini aniqlash" testi, "O'quvchilarni qiziqisharini aniqlash" so’rovnomasi, "O’quvchilarning qiziqishlari, qobiliyatlari va intilishlari aniqlash" metodikalari olindi.
Joriy yilning 23-fevral kuni Ko‘kdala tuman 96-umumiy o’rta ta’lim maktabida muntazam darslarga qatnashmaydigan past o’zlashtiruvchi o‘quvchi 2 sinf o’quvchisi Kenjayev Zarifbek va ota-onalari bilan MMIBDO‘, psixolog va sinf rahbari hamkorlikda suhbat va tushuntirish ishlari olib borilmoqda va ta’limga jalb qilindi.
2022-yil 26-fevral kuni 9, 11-sinf o’quvchilarining ota-onalari bilan oliy ta’limga qamrab olish, ta’lim-tarbiyasi yuzasidan yig’ilish o’tkazildi. Yig’ilishda maktab psixolog tomonidan "Buzuq telefon", "Biz bir jamoamiz" nomli mashg’ulotlar o’tkazildi. Ota-onalarga tavsiyalar berildi va ota-onalardan so’rovnoma olindi.
Joriy yilning 10-fevral kuni maktab psixologlariga muntazam ravishda amaliy-metodik yordam ko’rsatib borish maqsadida Ko‘kdala tumani 92-umumiy o’rta ta’lim maktabida o’quv mashg’uloti o’tkazildi. O’quvda profnavigator.uz saytida ishlash bo’yicha tushunchalar berilib amaliy ko’rsatildi.
2022-yil 5-mart kuni maktab psixologi va MMIBDO’ yuqori sinf sinf rahbaridan tarbiyasi qiyin bolalarni o’rganish uchun so’rovnoma olindi va o’quvchilarining oilaviy sharoitlari, ruhiy holatlarini doimiy kuzatib borishlari va maktab ma’muriyatiga ma’lumot berishlari hamda o’quvchilarning psixologik portretini yaratishda hamkorlik qilishlari aytib o’tildi.
2022-yil 5-mart kuni o’quvchilarning diqqat va xotirasini diagnostikasini o’rganish maqsadida 5-"A" va 6-"A " sinf o’quvchilarining 28 nafaridan "Mantiqiy va mexanik xotirani o’rganish" metodikasi olindi.
2022-yil 10-mart kuni 7- "А" sinf o’quvchilarining 20 nafaridan "Kasbim-kelajagim" mashg’uloti o’tkazildi va "Temperament va kasbni tanlash" test olindi. O’quvchilarning diqqat va xotirasini diagnostikasini o’rganish maqsadida 6-"А" sinf o’quvchilarining 15 nafaridan "Mantiqiy va mexanik xotirani o’rganish" metodikasi olindi.
Joriy yilning 9-mart kuni 8-9-sinf o'quvchilarining 27 nafari bilan "Qiyinchiliklarni yengishda samarali usullar" mavzusida "Kasbim-kelajagim" mashg’uloti o’tkazildi.
2022 yil 30-mart kuni 8-9-sinf o'quvchilari bilan "Teng-tengga" - zamonaviy yoshlar kraudsorsing dasturining modifikatsiyasi" asosida 8-sinf o’quvchilarining 15 nafari bilan "Xavfsiz hudud" 9-sinf o’quvchilarining 12 nafari bilan "Men va biz" 1-2-trening mashg'ulotlari o'tkazildi. Trening mashguloti davomida g’azab va jahlni xavfsiz tarzda ifodalashlari, o’z tuyg’ularini qanday qilib nazorat qilish mumkinligini tushunishlari uchun "Jahl chiqqan sharlar" mashqi, guruh jipsligini his qilishlari uchun "Chigallik" mashqi, hayolni faollashtirish, agressiyani ijtimoiy ma’qul usullar bilan ifodalashga o’rganish maqsadida "Avtomobillarni yuvish joyi" mashqi va "Chegaralar" mashqlari o’tkazildi.
2022-yil 31-mart kuni maktab psixologi Alimova Dilnoza o’quvchilarda fanlarni o’zlashtirishda psixologik ko’nikmalarini va darslarga bo’lgan qiziqishlarini hamda o’qishga bo’lgan ijobiy motivatsiyani shakllantirish maqsadida 7-sinf o’quvchilarining 18 nafari bilan "Past o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan ishlash" mavzusida psixologik mashg’ulotlar o’tkazildi. Psixologik mashg’ulotda "Kamalak", "Chayqalayotgan daraxt", "Muskullarni bo’shashtirish" relaksatsion mashqlari o’tkazildi.
2022-yil 26-mart kuni maktabda bahorgi ta’til davrida maktab psixologi Shaxnoza O’roqova tomonidan maktab o’qituvchilar jamoasini jipslashtirish, ahillik va sog’lom psixologik muhitni yaxshilash, hissiy barqarorlikni, o’ziga ishonchni, bir-biriga mehr-oqibatli munosabatni rivojlantirish maqsadida "Biz- jamoamiz!" nomli trening mashg’uloti o’tkazildi. Trening mashg’ulotida "Siz va men o’xshashmiz", "Signal", "Idel jamoa moduli", "Bingo", "Botqoqlik", "Jonli zanjir", "Tilaklar", "Ertakterapiya", "Yoqimli faoliyat uchun rahmat" mashqlari o’tkazildi.
28-mart kuni 5-6 sinf o’quvchilari bilan “Mantiqiy va mexanik xotirani o’rganish” metodikasi o’tkazildi .Metodika o’tkazish jarayonida o’quvchilarning xotira bo’yicha bergan savollariga javob berildi.O’quvchilar bilan metodikani o’tkazib bo’lgandan so’ng , “Ijobiy va salbiy xususyatlar” trening mashg’uloti o’tkazildi.
30-mart kuni 7-8- sinf o’quvchilari bilan kasbim kelajagim platformasida “Maqsadlarga intilish” va “Muloqatchanlik darajasini aniqlash” metodikalarini o’tkazish ishlari olib borildi, ammo platformadagi bazi texnik nosozliklar tufayli metodika o’tkazishda qiyinchilik yuzaga keldi, shu sababli o’quvchilarni ushbu platformadagi kasblar olami haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirildi.
31-mart kuni murojat yuzasidan muammoli o’quvchilar bilan individual suhbat o’tkazildi.O’tkazilgan suhbat asosida ularga kerakli tavsiyalar berildi.
1-aprel kuni 3-sinf o’quvchilari bilan guruhni jipslashtiruvchi va kayfiyatni ko’taruvchi “Rangli sharlar” hamda “Tezkorlik” trening mashg’uloti o’tkazildi.Trening yakunida o’quvchilarning o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob berildi.
4-aprel kuni “Farzandlarimizga o’z kasbimiz to’g’risida”mavzusida o’quvchilar bilan sayohat uyushtirildi.Sayohat davomida “Shifo nur “ klinikasi ,”Uztelecom” kompanyalariga tashriflar uyushtirildi.O’quvchilar sayohat jarayonida o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan tashkilot hodimlariga murajaat qilishdi va kerakli ma’lumotlarga ega bo’lishdi.
5- aprel kuni ijtimoiy-psixologik ximoyaga muhtoj o’quvchilar bilan suhbatlar o’tkazildi.Suhbat orqali o’quvchilarning muammolari aniqlandi va ularning ota-onalariga tegishli tavsiyalar berildi.O’quvchilar bilan proektiv metodik o’tkazildi.
6-aprel kuni 9-sinf o’quvchilari o’rtasida “Kaliforniya unversiteti ishlab chiqqan IQ ” so’rovnomasi o’tkazildi. Ushbu so’rovnoma 8 sinf o’quvchilarida ham o’tkazildi.So’rovnoma natijalari tahlil qilindi va o’quvchilarning o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob berildi.
“Muvaffaqiyatli inson bo’lish sirlari”,”Yetakchilik ko’nikmalarini rivojlantirish”mavzusida o’quvchilar o’rtasida trening mashg’ulotlari o’tkazildi.Treningdan maqsad:o’quvchilarda yetakchilik ko’nikmalarini shakllantirish,muvaffaqiyatli inson bo’lish sirlarini rivojlantirish.
11.04. kuni ijtimoiy himoyaga muhtoj o’quvchilar bilan individual suhbat o’tkazildi.Suhbat jarayonida proektiv testlardan foydalanildi.Suhbat tahliliga ko’ra kerakli tavsiyalar berildi.
12.04 kuni 8-9 sinf o’quvchilari bilan “O’quvchilarning ruhiy holatlarini o’rganish” testi o’tkazildi.O’tkazilgan metodikamizda 27 nafar o’quvchi ishtirok etishdi.
13.04 kuni 8-9 sinf o’quvchilar bilan “kasbiy qiziqish, qobilyatlar va intilishlar” mavzusida “ha yoki yo’q” va turli psixologik trening mashg’ulotlari o’tkazildi.Treningda o’quvchilar yuqori kayfiyatda ishtirok etishdi va turli kasblar haqida ko’plab ma’lumotlarga ega bo’lishdi.
14.04 kuni 11-sinf o’quvchilaridan maktabga ,bilim olishga va maktabdoshlarining unga bo’lgan munosabatini aniqlash bo’yicha so’rovnoma o’tkazildi.So’rovnoma orqali o’quvchilarning maktabga bo’lgan munosabati va fanlarga bo’lgan qiziqishi o’rganildi va o’quvchilardan ham kerakli takliflar eshitildi.
15.04 kuni 10-11 sinf o’quvchilarining “Ta’lim va kasb “ ko’rgazmasiga tashrifi tashkillashtirildi.9-sinf o’quvchilari bilan turli jamoviy psixologik treninglar o’tkazildi.
16.04 Murojaat yuzasidan muammoli o’quvchilar bilan individual suhbat o’tkazildi va o’quvchi bilan biblioterapiya o’tkazildi.
19.04 kuni 8-9 sinf o’quvchilari bilan “Odam-tabiat” kasb tipi bo’yicha suhbatlar o’tkazildi .Suhbat jarayonida o’quvchilarning kasb tiplari bo’yicha tasavvurlari yanada boyitildi va ularga kasb tiplari bo’yicha yangi ma’lumotlar berildi .Shu bilan bir qatorda suhbat orqali o’quvchilarning o’zlari qiziqqan kasblari haqida ham ma’lumotga ega bo’ldik.Suhbatdan so’ng O’quvchilar bilan kasb haqida bilimlarni kengaytirishga qaratilgan “Ha yoki Yo’q “ psixologik trening mashg’uloti o’tkazildi.
20.04 kuni 10-o’quvchilari bilan “Tengga –teng “ zamonaviy yoshlar kraudsorsning dasturining modifikatsiyasi” dasturining “ Shaxslararo munosabatlarni boshhqarish tinglash qobiliyati”, “ Hissiyotlarni boshqarish” , Tanqidiy fikrlash “ –trening mashg’ulotlari o’tkazildi.Trening so’ngida insonga tanqidiy fikrlash nima uchun kerakligi va uning salbiy hamda ijobiy tomonlari haqida tahlil qilindi.
21.04 kuni 11-sinf o’quvchilari bilan kasbga moyillik darajasini aniqlash uchun mo’ljallangan test o’tkazildi. Ushbu test internet baruzerlari yordamida ishlaganligi va natijalarni avtomatik tarzda chiqarib berish qulayligi borligi uchun o’quvchilarning o’z telefonlarida o’tkazildi.Test so’ngida barcha o’quvchilar o’zlarining qaysi kasbga moyilligi borligini bilib olishdi.
22.04 5-sinf o’quvchilari bilan guruhni jipslashtirishga qaratilgan trening mashg’uloti o’tkazildi .O’quvchilar treningni yuqori kayfiyat bilan bajarishdi .Trening so’ngida o’quvchilardan treningdan olgan xulosalari haqida so’raldi va o’quvchilar o’z ijobiy fikrlarini bildirishdi.
25.04. kuni ijtimoiy himoyaga muhtoj o’quvchilar bilan individual suhbat o’tkazildi.Suhbat jarayonida “Yomg’ir ostidagi odam” proektiv metodikasidan foydalanildi.Suhbat tahliliga ko’ra kerakli tavsiyalar berildi.
26.04 kuni 9sinf o’quvchilari bilan “Qadiryatlar“ trening mashg’uloti o’tkazildi.Trening jarayonida kayfiyatni ko’taruvchi psixologik o’yinlardan ham foydalanildi.Trening “Mix’ nomli hikoya bilan yakunlandi.O’quvchilardan treningdan olgan xulosalari tinglandi.Trening o’quvchilarga ijobiy kayfiyat ulashdi va to’g’ri xulosa chiqarishga yordam berdi.
27.04 kuni 7-10 sinf o’quvchilari bilan “Do’stlik munosabatlari “ mavzusida suhbatlar o’tkazildi.Suhbat jarayonida o’quvchilardan do’stlik haqidagi tasavvurlari so’raldi. O’quvchilarga do’stlik munosabatlari haqida tushunchalar berildi va do’stlik haqidagi hikoyalar aytib berish orqali mavzu yana ham keng yoritib berildi .Suhbat jarayonida aqliy hujumdan foydalanildi ,ya’ni o’quvchilarga do’stlik munosabatlari yuzasidan savol berildi va savolning yechimiga turlicha yondashish talab qilidi.
28.04 5-6 sinf o’quvchilari bilan “Oila va oilaviy qadiryatlar “ mavzusida suhbatlar o’tkazildi.Suhbat jarayonida “Oila”-muqaddas tarbiya o‘chog‘i” trening dasturidan foydalanildi.O’quvchilarga oilaning funksiyalari haqida tushunchalar berildi
05.05 kuni “O’z-o’zingga qanchalik ishonasan” testi 6-7 sinf o’quvchilarida o’tkazildi.Metodikada jami 35 nafar o’quvchi ishtirok etdi.Olingan natijalar tahlil qilindi va kerakli tavsiyalar ishlab chiqildi.
06.05 kuni 9-11 sinflarda “Qiziqishlar xaritasi “ metodikasi o’tkazildi.Kasbim kelajagim platformasidag texnik nosozliklar tufayli metodikaning qog’oz variant olindi.
06.05 kuni murojat yuzasidan o’quvchilar bilan individual suhbat o’tkazildi.
10.05 kuni 4-5 sinf oʻquvchilarida oʻquvchilarning maktabga, bilim olishga va sinfdoshlarining unga boʻlgan munosabatini aniqlash soʻrovnomasi oʻtkazildi.Jami 26 nafar oʻquvchi qatnashdi.
11.05 kuni 9-11 sinf oʻquvchilari bilan agressiv xulq-atvor psixologik korreksiya boʻyicha mashgʻulot tashkil etildi.
13.05 kuni “Zamonaviy kasblar” roʻyxati sinf rahbarlarga yetkazildi.
16.05 murojat yuzasidan muammoli oʻquvchilar bilan individual ishlar olib borildi va kerakli tavsiyalar berildi.
17.05 10-11 sinf oʻquvchilarini OTMga yoʻnaltirish boʻyicha ma`lumotlar bilan tanishtirildi.
18.05 kuni 9 sinf oʻquvchilari bilan “Orzu va maqsad “ , “ Munosib hayot formulasi” trening mashgʻuloti o’tkazildi.
19.05 kuni ichki nazoratdagi oʻquvchilar bilan mahalla faollari hamkorligida suhbat oʻtkazildi.
20.05 kuni 5-11 sinf qizlari bilan “Toʻgʻri kiyinish madaniyati “ mavzusida suhbat tashkil etildi.
21.05 kuni Qarshi davlat universiteti oʻqituvchilari tomonidan 10-11-sinf oʻquvchilarini kasbga yoʻnaltirish va boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishga doir davra suhbati boʻlib oʻtdi.Unda Qarshi davlat universiteti oʻqituvchilari tomonidan,, Kasb tanlash mavzusida slayd qoʻyib berdi va oʻquvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.
24.05 kuni murojat yuzasidan muammoli oʻquvchilar bilan individual ishlar olib borildi va kerakli tavsiyalar berildi.
25.05 kuni “Soʻngi qoʻgʻiroq “ tadbiri boʻlib o’tdi .
Maktab direktori: R.Sharipova
Maktab psixologi: B.Rajabov
Do'stlaringiz bilan baham: |