Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tuman 96-umumiy o’rta ta’lim maktabi psixologi Rajabov Bexruzning



Download 6,96 Mb.
bet1/2
Sana13.07.2022
Hajmi6,96 Mb.
#787930
  1   2
Bog'liq
33-maktab psixologlari Yillik Hisoboti


Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tuman 96-umumiy o’rta ta’lim maktabi
psixologi Rajabov Bexruzning
2021-2022-o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan


HISOBOTI
2021-2022 o`quv yilining birinchi haftaligida maktab amaliyotchi psixologlarni oylik ish rejasi asosida ishlar amalga oshirildi.
1-sinf o`quvshilarni moslashish jarayoni kechishi xususiyatlarini o’rganildi bunda Lyusher rang testi,’’UYCHA” metodikasi olinib tahlil qilindi va o’quvchilarni emotsional xususiyatlari o’rganildi.
STRESSga chidamlilikni oshirish, STRESS holatidan chiqarishga ko’maklashish va o’ziga bulgan ishonchini oshirish maqsadida “Men qanaqaman”, “Ichki kuch” treninglari o’quvchilarga tashkil qilindi.
Xavotirlirlanish va tushkunlik holatlarini bartaraf etish, o’ziga bo’lgan ishonchini oshirish maqsadida “Xavotirlik darajasini aniqlash” so’rovnomasi olindi.O’quvchilarga individual va guruhiy korreksion rivojlantiruvchi mashg’ulotlar o’tkazildi.
Tarbiyasida og’ishlar kuzatilayotgan bolalarni aniqlash maqsadida tarbiyalanganlik anketa so’rovnomasi olindi,natijasi tahlil qilinib individual korreksiya ishlari amalda qullanildi.
9-11-sinf o’quvchilaridan shaxs tiplari va ularga mos kasblarni aniqlash “Kasbiy qiziqishlar” metodikasini olinib tahlil qilindi.
9-11- sinf o’quvchi qizlariga “Qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash”, “Sog’lom turmush tarzini shakllantirish” maqsadida davra suhbati o’tkazildi..
10-11- sinf o’quvchilaridan Shaxsni kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatini urganish, yetakchi o’quv mativlari, maktabga munosabat, o’quvchilarni shaxs xususiyati, kommunikativ sohada muammolari bor o’quvchilarni o’rganish usuli olindi.
Maktab psixologi 3-sinf o’quvchilari bilan ularning shaxsiy xususiyatini o’rganish maqsadida “O’z-o’zini baxolash diagnostikasi”, ‘Zinapoya” test metodikasi o’tkazildi. Bundan tashqari o’zlarining tiplarini, pog’onalarini aniqlash maqsadida “Temperament tipini aniqlash” metodikasi o’tkazildi. 1-11-sinflarkesimida Psixologik portret shakillantirildi .
Maktab psixologlari tomonidan maktab ichki nazoratidagi o’quvchilari bilan suhbat olib bordi. Suhbat mavzusi “Muammolar va ularning to’g’ri yechimi” haqida bo’ldi.
Xaftaning har Payshanba kunlari “Ruhiyat olamida” to’garagi faoliyat yuritib kelmoqda. Kun tartibiga quyidagi mavzu mohiyatini ochib berish, mavzuga aniqlik kiritish, bilim, tasavvur, fikr doirasi kengligini aniqlash. Muloqotga kirishish va birgalikda ishlashga o’rgatish maqsadida o’quvchilarni ahilliklarini oshirib o’zaro hurmatni shakillantirish masalasi yuzasidan trening mashg’uloti o’tkazildi.
“Men orzu qilgan kasb” mavzusida suhbat-so’rovnoma o’tkazildi. Maktab psixologlari yuqori sinf o’quvchilari bilan kelajakdagi orzusi, qaysi kasbga qiziqishlari to’g’risida suhbat o’tkazdilar. Suhbat davomida o’quvchilar o’z oldilariga qo’ygan maqsadi, o’ziga bo’lgan ishonchi, kechinmalariva hissiyotlari haqida so’z yuritdilar. Suhbatdan so’ng o’quvchilardan kasb tanlash so’rovnomasi o’tkazildi.
6-7-sinf o’quvchilariga “O’rmonga sayohat” realaksatsiya treningi o’tkazildi. Insonlarning hayoti davomida turli xil ziddiyatli vaziyatlar, qiyinchiliklar, tushunmovchiliklar yuzaga keladi. Shunday vaziyatlarda inson doimo olg’a intilishi kerakligini, muammolarni o’ziga bo’lgan ishonchini kuchaytirga holda hal qilish kerakligi aytib o’tildi.
Noyabr oyida 2-3-siniflarda o’z -o’zini baxolash diagnostikasi’’Zinapoya,, metodikasi o’tkazildi va taxlil qilindi.
Maktabga moslashish muammosi bo’yicha ota onalar bilan suhbat o’tkazildi.Orqada qolayotgan va muammosi bor bolalar bilan aloxida ishlar olib borildi.O’quvchilarning ruxiy holatlarini o’rganish uchun ‘’Ijtimoiy so’rovnoma,7 bo’limdan iborat metodika o’tkazildi.’’Ichki nazoratda turadigan o’quvchilar papkasi,,shakillantirildi va ular bilan alohida ish olib borilmoqda.
“Biz zo’ravonlikka qarshimiz’’mavzusida aksiya o’tkazildi.Aksiyada sinflarda noxush xolatni oldini olishga qarshi trening o’tkazildi va har xil sinflarda geometrik figuralar mujassamlashtirilgan trening ham o’tkazildi.
Katta sinf qizlarida ‘’Erta turmushni oldini olish,,mavzusida maruza o’tkazildi.’’Chekish umir zavoli ,,mavzusida tadbir o’tkazildi.
Tarbiyasida og’ishgan o’quvchilar bilan individual va guruhiy korreksiyon rivojlantiruvchi mashg’ulotlar ham o’tkazildi.Stress darajasi yuqori va o’ziga ishonchi past bo’lgan o’quvchilar bilan ham individual tarzda korreksion ishlar olib borildi.Psixologik yordamga muxtoj o’quvchilar bilan individual maslaxatlar hamda korreksiya ishlari olib borildi.
Ota-onalar uchun individual maslaxatlar berilmoqda.Ichki nazoratda turgan o’quvchilarning ota-onalari bilan suxbat olib borildi.’’mening qiziqishlarim ,,mavzusida individual hamda guruhiy suxbatlar olib borildi.11-sinf o’quvchilari bilan kasb -hunarga yo’naltirish yuzasidan guruxiy hamda individual maslaxatlar berildi.
5- sinf o‘quvchilari o‘rtasida ularning yangi ijtimoiy muhitga moslashish diagnostikasi so‘rovnomasini o‘tkazildi.
Trening maqsadi: 5- sinf o‘quvchilari bilan ularning yangi ijtimoiy muhitga moslashish diagnostikasi so‘rovnomasini o‘tkazish hamda 5-sinf o‘quvchilari uchun “Beshinchi sinf o‘quvchisi bo‘lish osonmi? nomli trening-mashg‘uloti tashkil etish.
Trening borishi: So‘rovnoma davomida o‘quvchilar yangi ijtimoiy muhitga qay darajada moslashganliklarini namoyon etishdi.
Beshinchi sinf bo‘lish osonmi mavzusidagi trening mashg‘uloti qizg‘in baxs munozaralalarga boy bo‘ldi.
7-11 – sinf o’quvchilari o’rtasida “Oiladagi zo‘ravonlikning oldini olish” mavzusida davra suhbatlari o’tkazildi.
”Oiladagi zo‘ravonlikning oldini olish” maqsadida o’quvchilarga zo‘ravonlikdan himoyalanish va bola huquqlarini haqida tushuncha berildi, jumladan:
7-sinf:Oilada, oilaviy qadriyatlar haqida tushuncha berish.
8-sinf: Huquqlarim olamiga sayohat.
9-sinf: Bolalarni himoya qilish
10-sinf:Zo‘ravonliksiz dunyoni birgalikda yaratamiz
11-sinf: Bola huquqlari konvensiyasi
O’quvchilarda oilalarida keng tarqalgan halollik, to’g’rilik, birovlar haqiga xiyonat qilmaslik, xayr-ehson, sahovat va muruvvat, tejamkorlik va isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslik kabi fazilatlar milliy qadriyatlar zamirida shakllangan kattalarga hurmat kichiklarga izzat ko’rsatish kabi milliyligimiz asosida ularning ma’naviy dunyosini boyitish. bolalarning asosiy huquqlari to’g’risidagi bilimlarini umumlashtirish, ularni hayotda qo’llashga o’rgatildi.
– "huquqlar" va "burchlar" tushunchalarini ajratish, huquq va majburiyatlarning birligini ko’rsatish;
– boshqalarning huquqlarini hurmat qilishni tarbiyalash;
– faol hayotiy pozitsiyani shakllantirishda yordam berish.
O‘quvchilarni o’zbekistonda mustaqillik yillarida gender tenglikka erishish yo’lida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, oilaning ijtimoiy muhofazasi, onalik va bolalik muxofazasiga qaratilgan masalalar to’g’risida bilim berildi.
11-sinf oʼquvchilari bilan “Аtrofdagilar bilan oʼzaro munosabatlarni qanday muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin” mavzusi doirasida “Voyaga yetmaganlarni mustaqil xayotga tayyorlash, sogʼlom turmush tarzi va ijtimoiy koʼnikmalarini rivojlantirish” ning 4 moduli toʼgʼrisida tushunchalar berish maqsadida trening o’tkazildi.
Psixologik treningni boshlashdan oldin oʼquvchilarga Voyaga yetmaganlarni mustaqil xayotga tayyorlash, sogʼlom turmush tarzi va ijtimoiy koʼnikmalarini rivojlantirishning 4 moduli toʼgʼrisida tushunchalar berildi.
1.Xayotiy va ijtimoiy koʼnikmalar.
2. Kommunikativ koʼnikmalar.
3. Nizolarni xal qilish.
4. Oʼzini dadil tutish.
5. Qaror qabul qilish koʼnikmasi
6. Vaqtni boshqarishni oʼrganish. Xar bir modulga misollar keltirish orqali tushunchalar berildi.
8-11-sinflarda “Men o‘zim” mavzusida trening o’tkazildi
Shahslararo munosabatlarida muammolari, mavjud o‘quvchilar va ularni ota-onalari bilan yakka va guruhiy korreksion tadbirlarni o‘tkazildi.
Yig‘ilish ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi, muammoli o‘quvchilar va ularning farzandlari bilan arrterapiya va ertakterapiya mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
O‘quvchilar va ota-onalari maktab psixologi tomonidan individual suhbatlarga jalb etildi va muammolarga yechim topishga yordam ko‘rsatildi.
Birinchi sinf o’quvchilari bilan maktabga moslashish muammosi bo’yicha o’quvchilar bilan alohida uycha proektiv metodikasi o’tkazildi.Maktabga moslashishi qiyin bo’lgan o’quvchilar bilan alohida tanlab olinib ular bilan individual ravishda ishlar olib borildi.Ular uchun ota onalariga tavsiyalar berildi.Imkoniyati cheklangan o’quvchimiz bilan ham ishlar olib borilib uni rivojlanish darajasi ni aniqlab u bilan individual ravishda ishlar olib borildi.
Darslarni psixologik jixatdan taxlil qilindi.O’quvchi va o’qituvchi orasidagi munosabatlar va ular o’quvchilar bilan qanday usullardan foydalanib dars o’tayotganlarini tekshirib o’rganildi.
O’quvchilar shaxsini diagnostika qilish boyicha 5-sinflarda ‘’Mavjud bo’lmagan xayvon,,proyektiv metodikasi o’tkazildi.Bu metodika orqali shaxsning anglanmagan emotsional holatlari kompitentlarini aniqlab chiqildi.
Tarbiyada og’ishlar kuzatilgan bolalar bilan individual korreksion rivojlantiruvchi mashg’ulotlar o’tkazildi.Shaxslararo munosabatlarda bo’lish ko’nikmasini rivojlantirish xavotirlik agressiya darajasini pasaytirish uchun o’quvchilar bilan amaliy mashg’ulotlar o’tkazildi.Xavotirlik darajasini pasaytirish o’quv motivlarini oshirish stressga chidamlilikni oshirish maqsadida o’quvchilarga individual tarzda maslaxatlar berildi.Hulqiy og’ishgan bolalar bilan individual korreksion ishlar olib borildi.Hulqida og’ish holatlari bo’lgan o’quvchilar bilan
‘’Emotsional hissiy zo’riqish,,ni bartaraf etishga qaratilgan tajovvuzkorlikni holatini bartaraf etishga qaratilgan treninglar o’tkazildi guruxiy tarzda. Stress darajasi yuqori va o’ziga ishonchli past bo’lgan o’quvchilarga guruxiy korreksion rivojlantiruvchi mashqlar o’tkazildi.
’’Xuquqbuzarlik ,jinoyatchilik,giyoxvandlik kabi salbiy illatlardan asraylik,,nomli mavzudamuttasadi tashkilotlar hamkorligida o’qutivchi va ota-onalar uchun o’quv seminari tashkil etildi.

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish