Qarshi shahar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnalogiyalari universiteti Kompyuter injenering 12. 19 guruhi sirtqi yo’nalishi talabasi Yoqubov Baxtiyorning Falsafa fanidan


II. Falsafaning insoniyat va jamiyat hayotidagi o’rni



Download 321,53 Kb.
bet2/4
Sana21.07.2021
Hajmi321,53 Kb.
#124867
1   2   3   4
Bog'liq
1. Yoqubov Baxtiyor - FALSAFA MAVZULARI VA MUAMMOLARI

II. Falsafaning insoniyat va jamiyat hayotidagi o’rni

Falsafiy bilimlar rivoji uzluksiz jarayon bo’lib, u insoniyatning tafakkur bobida ilgari erishgan yutuqlarini tanqidiy baxolashni taqozo etadi. Biroq – bu ularni tamoman rad etish, ko’r – ko’rona tanqid qilish lozim degani emas, balki ularga xos barcha xato va kamchiliklarni anglab, yaxshi va ijobiy jihatlaridan foydalanish demakdir. Ana shunday tanqidiy yondashuv va vorislik falsafaning muhim xususiyatlaridan biridir.

Bu fanning oldida qo’yilgan vazifalarga va uning hayotdagi o’rniga qarab, ijtimoiy taraqqiyotning turli davrlarida unga bo’lgan munosabat ham o’zgarib brogan. Bu munosabatlar dastlabki fanlar paydo bo’lib va ularning ba’zilari falsafadan ajralib, alohida mustaqil fan sohasiga aylana boshlangan davrlardayoq shakllana boshlagan.

Falsafaning ijtimoiy ong tizimida turgan o’rni, jamiyat va shaxs hayotidagi ahamiyati nimadan iborat, degan masala hamma davrlarda ham dolzarb bo’lgan. Ayniqsa, tarixiy taraqqiyotning tub burilish davrlarida falsafaning asl mohiyatining bilish, uning usul va g’oyalari kuchidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etgan.

Falsafa, sirasini aytganda, ijtimoiy tafakkur va insoniyat ma’naviy taraqqiyoti mahsulidir. U kishilarning olamni bilish, o’zlashtirish, farovon hayot kechirish va o’z insoniy salohiyatlarini namoyon etish ehtiyojlari bilan uzviy bog’liqdir. Falsafiy ta’limotlar hamma davrlarda ham insoniyatninf ilg’or tajribalarini o’zida mujassamlashtirgan va insoniyat madaniyatini yanada yuksakroq bosqichga ko’tarishga xizmat qilgan.

Har bir falsafiy g’oya, mafkura, bilimlar tizimini asosan o’z davri xususiyatlarini aks ettirgan. Ular zamon ruhi va ma’naviyatini o’zida mujassamlashtirgan, davr muammolarini hal etishda qo’l kelgan. Shuning uchun Aflotun, Forobiy, Beruniy, Navoiy va Gegelning asar hamda ta’limotlarida ular yashab o’tgan davr g’oyalari aks etgan.

Kishilik jamiyati xech qachon bir tekis va silliq rivojlanmagan. Taraqqiyot ortidan inqirozlar, yutuqlar ketidan mag’lubiyatlar, farovonliklar izidan zavolga yuz tutishga ta’qib etgan. Muayyan jamiyat iqtisodiy – siyosiy, axloqiy – diniy, badiiy – estetik taraqqiyot borasida inqirozga duch kelar ekan, undan chiqib ketish uchun ilg’or falsafiy ta’limotlarga ehtiyoj sezadi.

Shuning uchun ham buyuk falsafiy ta’limotlarini, bir tomondan, madaniy – intellectual rivojlanish samarasi, ikkinchi tomondan, tub ijtimoiy o’zgarishlar taqozosi deyish mumkin. Muayyan tarixiy burilish davrida “Falsafa nima o’zi?” degan masala dolzarb ahamiyat kasb etishi ham shundan. Ana shunday davrlarda kishilar falsafaning mohiyati, uning maqsad va vazifalarini yangicha idrok etganlar.

Qadimgi Yunoniston va Rim davridan buyon o’tgan ikki ming yildan ziyodroq vaqt mobaynida “Falsafa endi yo’q bo’ldi, uni o’rganishning xech bir zarurati qolmadi”, qabilidagi gaplar ko’p bo’lgan. Lekin zamonlar o’tishi bilan odamzod baribir falsafaga ehtiyoj sezgan va u insonning ma’naviy kamolotida beqiyos ahamiyat kasb etishiga qayta – qayta ishonch hosil qilgan.

Bu jihatdan quyidagi rivoyat ibratlidir. Miloddan oldingi birinchi asrda yashab o’tgan buyuk faylasuf Lukretsiyning shogirdlaridan biri unga qarab, “ Ustoz, fanning boshqa sohalariga oid ilmlar juda ko’payib ketdi. Endi falsafani o’rganishning hojati bormikan?” debdi. Shunda ulug’ faylasuf: “Falsafani Suqrot, Aflotun, Arastu kabi buyuk allomalar yaratgan. Lekin endilikda insoniyatning ana shunday buyuk mutaffakirlari yaratgan bu fanni o’rganmaslik har qaysi nodonning ham qo’lidan keladigan ish bo’lib qoldi”, degan ekan.

Falsafa kishilarga olam to’g’risida yaxlit tasavvuf beradi, boshqa fanlar esa, uning ayrim jihatlarini o’rganadi. Masalan, biologiya o’simlik va hayvonot dunyosini, turlarining kelib chiqishi, o’zgarishi va takomillashib borishi kabi masalalarni o’rganadi. Bu sohaga oid fanlar ushbu yo’nalishdagi jarayonlarning ba’zi xususiyat va jihatlarini chuqurroq tadqiq etishga harakat qiladi. Binobarin, biology har qanday rivojlanish jarayoni bilan emas, balki faqat jonli tanadagi rivojlanish jarayoni bilan qiziqadi. Umuman, rivojlanish jarayonining o’zi nima, uning mohiyati qanday? Masalaning aynan shu tahlitda qo’yilishi ilmiy muammolarni falsafiy masalaga aylantiradi. Ya’ni, shu tariqa muayyan mavzu oddiy ilm sohasidagi yo’nalishdan falsafiy muammo tusini oladi.

Endi faylasuf kim, degan savolga javob beraylik. Filosof so’zini, yuqorida aytganimzdek, ilk bor atoqli matematik va mutaffakir Pifakor qo’llagan. Bu tushunchasining ma’nosini u Olimpiya o’yinlari misolida quyidagicha tushuntirib bergan: anjumanga keladigan bir guruh kishilar bellashish, kuch sinashish, ya’ni o’zi va o’zligini namoyon etish uchun, ikkinchi bir guruh – savdo – sotiq qilish, boyligini ko’paytirish uchun, uchunchisi esa, o’yindan ma’naviy oziq olish, haqiqatni bilish va aniqlashni maqsad qilib oladi. Ana shu uchunchi guruhga mansub kishilar, Pifagor talqiniga ko’ra faylasuflar edi.

Bu, bir qarashda, oddiy va jo’n misolga o’xshaydi. Ammo uning ma’nosi nihoyatda teran. Chunki, inson umrining o’zi ham shunday. “Dunyo teatrga o’xshaydi, unga kelgan har bir kishi sahnaga chiqadi va o’z rolini o’ynab dunyoni tark etadi”, degan fikr bejizga aytilmagan. Kimdir bu dunyoga uning sir – asrorlari to’g’risida bosh ham qotirmasdan kelib ketadi, umrini yeyish – ichish, uy – ro’zg’or tashvishlari bilan o’tkazadi. Boshqasi – nafs balosiga berilib, mol- mulkka ruju qo’yadi. Uchunchisi esa, olam hikmatlarini o’rganadi, umrini xayrli va savob ishlarga sarflaydi, boshqalar uchun ibrat bo’larli hayot kechiradi.

Qadimgi Sharq va Yunonistonda har tomonlama chuqur bilim hamda katta hayotiy tajribaga ega bo’lgan, inson ma’naviyatini boyitish va haqiqatni bilishga intiluvchi kishilarni faylasuf deb ataganlar. Fozil va komil insonlargina falsafa bilan shug’ullanishgan. Aslida, o’sha davrlarda falsafani o’rganish deyilganda, ilmning asoslarini egallash ko’zda tutilgan. Grek mutaffakirlaridan Geraklit (eramizdan avvalgi 520 – 460 yillarda yashagan) shogirdlariga murojaat qilib, “Do’stim, sen hali yoshsan, umringni bekor o’tkazmay desang, falsafani o’rgan”, deganda aynan aynan shu haqiqatni nazarda tutgan.

Boshqa bir grek faylasufi Epikur (eramizdan avvalgi 470-399 yillarda yashagan) bu haqiqatni quyidagicha ifoda etgan: “O’z – o’zingni yerga urish, tubanlashish nodonlikdan boshqa narsa emas, o’zligingdan yuqori turish esa – faylasuflikdir”

Lev Tolstoy donishmand kishilarning uch xislatini ta’kidlab, shunday yozgan: “Ular, avvalo, boshqalarga bergan maslahatlariga o’zlari amal qiladilar; ikkinchidan, hech qachon haqiqatga qarshi bormaydilar; uchinchidan, atrofidagi kishilarning nuqsonlariga sabr – toqat bilan chidaydilar”

Xuddi shuningdek, Sharqda ham Konfutsiy va Moniy, Xorazmiy va Forobiy, Imom Termiziy, Beruniy va ibn Sino, Naqshband va Navoiy kabi donishmand bobolarimiz o’z hayotiy kuzatishlari hamda tajribalarini umumlashtirish, insonga xos xato va kamchiliklardan saboq chiqarib, bashariyat tomonidan to’plangan bilim, tajribalarni o’zlashtirish orqali faylasuf darajasiga ko’tarilganlar.

Umuman olganda, bilimdon kishilarning barchasini ham donishmand yoki mutaffakir deb bo’lmaydi. Haqiqiy faylasuflar hayotda nihoyatda kam bo’ladi. Ular o’z davri va millatining farzandi sifatida insoniyat tarixiga katta ta’sir ko’rsatadi. Xudoning o’zi aql – zakovat, iste’dod, kuch – quvvat ato etgan, yorqin tafakkuraga ega bo’lgan bunday buyuk shaxslar umumbashariy taraqqiyot miqiyosida tanlangan, teran insoniy g’oyalar, ma’naviy boyliklarning qadr – qimmatini chuqur anglaydigan donishmand odamlar bo’lgan.

Kezi kelganda shuni alohida ta’kidlash lozimki, hozirgi davrda bizda falsafa ixtisosligi bo’yicha ma’lumot olgan mutaxassisni faylasuf deyish odat tusiga kirib qoldi. Aslida, faylasuf so’zi ana shu tarzda ishlatilganida ushbu sohaning zamonaviy mutaxassisi, uning asosalarini egallagan, mazkur yo’nalishda tadqiqot olib boradigan yoki ilmiy darajaga ega bo’lgan kishilar tushuniladi, xolos.


Download 321,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish