Qarshi shahar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnalogiyalari universiteti Kompyuter injenering 12. 19 guruhi sirtqi yo’nalishi talabasi Yoqubov Baxtiyorning Falsafa fanidan



Download 321,53 Kb.
bet1/4
Sana21.07.2021
Hajmi321,53 Kb.
#124867
  1   2   3   4
Bog'liq
1. Yoqubov Baxtiyor - FALSAFA MAVZULARI VA MUAMMOLARI





Qarshi shahar

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnalogiyalari universiteti Kompyuter injenering 12.19 guruhi sirtqi yo’nalishi talabasi Yoqubov Baxtiyorning

Falsafa fanidan



Mustaqil ishi

Topshirdi Yoqubov Baxtiyor

Qabul qildi _______________



Qarshi 2020

FALSAFA VA UNING MUAMMOLARI

R E J A:


  1. FALSAFA” VA “FILOSOFIYA” ATAMALARI

  2. FALSAFANING INSONIYAT VA JAMIYAT HAYOTIDAGI O’RNI

  3. FALSAFA MUAMMOLARI

  4. FALSAFADA MILLIYLIK VA UMUINSONIYLI TAMOYILLARI

  5. XULOSA


Fan o’qituvchisi: D. Rahmatova

  1. Falsafa” va “filosofiya” atamalari

“Falsafa” atamasi qadimgi yunon tilidagi “filosofiya” so’zidan olingan va u lug’aviy ma’noda “donishmandlikni sevish” (“filo” – sevaman, “sofiya” – donolik) degan mazmunni anglatadi. Asrlar davomida “filosofiya” so’zining ma’no-mazmuniga xilma-xil qarashlar, uning jamiyat, inson va fanlar tizimidagi o’rniga nisbatan turlicha munosabat va yondashuvlar bo’lgan, bu atamaning mohiyat-mazmuni ham o’zgarib borgan.

“Filasofiya” atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui qadimgi Yunoniston va Rimda eramizdan avvalgi VII-III asrlarda yuz bergan buyuk yuksalish natijasi sifatida yuzaga kelgan edi. O’sha davrda endigina shakllanib kelayotgan nazariy fikrning ifodasi bo’lmish falsafiy tafakkur olamni yaxlit va bir butun holda tushunish mujassamiga aylangan edi.

Qadimgi Yunonistonda “filosofiya” atamasini dastlab matematika fani orqali barchamizga yaxshi ma’lum bo’lgan, alloma Pifagor ishlatgan. Yevropa madaniyatiga esa u atoqli yunon faylasufi Aflotun asarlari orqali kirib kelgan. Shu tariqa, u avvalo, qadimgi Yunonistonda alohida bilim sohasiga, to’g’rirorig’i, “fanlarning otasi”, ya’ni asosiy fanga aylangan.

Qadimgi dunyoda fanlarning barchasini, ular qanday ilmiy masalalar bilan shug’ullanishidan qat’iy nazar, filosofiya deb ataganlar. U ham ijtimoiy borliq, ham tabiat to’g’risidagi ilm hisoblanar edi. Shu ma’noda, dastlabki filosofiya olam va unda insonning tutgan o’rni haqidagi qarashlar tizimi bo’lib, dunyoni ilmiy bilish zaruratidan vujudga kelgan edi. Bundan tashqari, qadimgi Yunonistonda yuz bergan buyuk uyg’onish davri o’ziga xos falsafiy mafkurani ham yaratganligi shubxasiz. Uning asosiy qadriyati erkinlik tushunchasi bo’lgan va ana shu erkin hayot to’g’risidagi qarashlar buyuk madaniy yuksalishga asos solgan.

Falsafa Sharq xalqlari ijtimoiy taffakurida “donishmandlikni sevish” degan mazmun bilan birga, olam sirlarini bilish, hayot, insonni qadrlash, umr mazmuni haqidagi qarash va hikmatlarni e’zozlash ma’nosida ishlatilgan. Masalan, “Ikkinchi Arastu”, “Ikkinchi muallim” deya e’tirof etilgan mutafakkir Abu Nasr Farobiy “filosofiya” so’zini “Hikmatni qadrlash” deb talqin qilingan.

Hayot qonuniyatlarini yaxshi biladigan, umrning o’tkinchi ekani, abadiyat insonga emas, olamga xosligini yaxshi anglab yetgan, o’zi va o’zgalar qadrini to’g’ri tushunadigan kishi xech qachon “Men – donishmandman” deya ochiq e’tirof etmaydi. Ayniqsa, Sharq xalqlari hayotida bu hol yaqqol ko’zga tashlanadi. Ammo, Farobiy ta’kidlaganidek, hikmatni qadrlash, olam va odam hamda hayotning qadriga yetish – boshqa gap. Shu ma’noda, bizda qadim zamonlarda faylasuf deganda, ko’pdan - ko’p ilm sohalarini egallagan, uztoz va muallim sifatida shuxrat qozongan alloma hamda mutaffakir kishilar tushunilgan

XIX asr nemis qadriyatshunosi I. Rikkert ham shunga o’xshash fikrni quyidagicha bayon qilgan: “Odamzod olam va odam hamda hayotning qadrini anglab, ular omonat bir narsa ekanini tushuna boshlagan davrlaridan falsafiy fikrlashga kirishgan. Binobarin, birinchi faylasuf, kim bo’lganidan qat’iy nazar, hayotni qadrlaydigan bo’lgani shubxasiz”

Falsafa, avvalo, muayyan bilimlar tizimidir. U, bir tomondan, insonning voqelikni aql vositasida idrok etishi, ikkinchi tomondan, ongning afsona shakllardan uzil – kesil ajralish jarayoni natijasidir. Bu ikki jihat bi – biri bilan uzviy bog’liq. Chunki behuda xayolparastlik, havoyi va afsonaviy fikrlash tarzidan xalos bo’lish ilmiy bilimlarni egallash orqali ro’y beradi. Eng muhimi, falsafa kundalik turmishda uchrab turadigan eskilik asoratlari, bid’at va cheklanishlarga muxolif bo’lgan xurfikrlilikdir. Falsafa aynan ana shunday yangi dunyoqarashning shakllanishi uchun asos bo’ldi.

“Falsafa” atamasi “filosofiya” ning Sharq ijtimoiy tafakkuridagi shaklidir. Odatda u tushuncha sifatida tor va keng ma’nolarda qo’llanadi. Xususan, keng ma’noda uni antik – qadimiy falsafada “donishmandlikni sevish” deb tushunilganligini aytib o’tdik. Ayrim faylasuflar va falasafiy oqimlar, chunonchi, ingliz faylasufi T. Gobbs (1588 – 1679) uni “to’g’ri fikrlash orqali bilishga erishish”, nemis faylasufi Gegel “umuman predmetlarga fikriy yondashish”, Lyudvig Feyerbax “bor narsani bilish” pragmatism ta’limoti namoyondalari esa “foydali narsalarni bilish jarayoni” deya talqin etganlar.

“Falsafa” tushunchasi tor ma’noda madaniyat, san’at, aqliy yoki xissiy bilish usuli, vositasi tarzida tariflanadi. Falsafaga bo’lgan munosabatning xilma – xilligiga asoslangan holda, unga yaxlit, umumlashgan ta’riflar ham berilgan. Falsafaga ijtimoiy ong shakli bo’lgan madaniyat, san’at, qadriyat nuqtai nazaridan qaraydigan bo’lsak, uning milliyligini aks ettirish imkoni tug’iladi. Ammo, ontologiya, gnosiologiya, naturfilosofiya, antropologiya kabi fan sohalari nuqtai nazaridan qaralsa, ushbu ta’rifda umuminsoniylik va universallik falsafaning asosiy xususiyati ekanligi namoyon bo’ladi.

Xaqiqiy falsafa tafakkur mahsuli bo’lgan narsalarni oliy darajadagi haqiqiy sifatida mutlaqlashtirilmaydi. Bu borada Suqrotning “Men xech narsani bilmasligimni bilaman”, degan e’tirofi haqiqat mezonidir. Holbuki, Suqrot qadimgi Yunonistonning eng bilimli faylasufi bo’lgan. U baxs -munozara chog’ida har qanday suxbatdoshini ham mot qilib qo’ya olgani haqida tarixda misollar ko’p.


Download 321,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish