Qarshi muнandislik iqtisodiyot


Mazut markasi……….20,40,60,80,100



Download 1,79 Mb.
bet23/39
Sana04.07.2022
Hajmi1,79 Mb.
#738632
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39
Bog'liq
Issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish texnologik markazlari MM 20

Mazut markasi……….20,40,60,80,100

Qizridish t – cb C …….. 40,55,65,70,75 va yuqori.

Mazut tsesternalarida 0,8 – 1,0 mpa bosimli bug’da qizdiriladi. Mazutni aralash bug’da sarfi va ifloslanishi yuzaga keladi. Kondensat yo’qotilishini oldini olish maqsadida tsesternalarni qizdirish bug’li o’ram, bo’rama shaklidagi quvurlar, nurlanish orqali qizdiriladi. Qizdirilgan mazutni qabul qiluvchi maxsus tsesternada quyish qurilmasi o’rnatiladi.


Qizdirilgan mazut o’z-o’zidan qo’yilish imkoniga ega bo’lib, qabul qilish zahiralariga (yer osti) mazut qo’yilish baklari trubali qizdirgichlar bilan qizdiriladi. Mazutni tsesternalarda qizdirish yoz oylarida 4–6 soat qish oylarida esa 10 soatni tashkil etadi.. Shuning uchun yoqilg’i qurilmasi uzunligi va olib keluvchi sostav alohida hisobda bo’ladi. IES larida mazutni saqlash qurilmalari maxsus tsilindr shaklidagi ko’rinishda yasalgan. Bu saqlash mazutlari soni 2 tadan kam bo’lishi mumkin emas. Bu zahira idishlari yer ostida va yarim yer osti, yer usti qismida joylashtiriladi. Oxirgi ikkita qurilma odatda temirbetor konstruktsiyali bo’lib, tashqi tomondan gidroizolyatsiyali o’ramdan tashkil topgan. Zahira idishlari mazutni qizdirish qurilmalari bilan jihozlangan (temperaturani saqlaydi) chiqit suvlarni saqlash va mazutdan ifloslangan suvlarni maxsus tozalash qurilmasi mavjud iste‘molchiga beriladigan satxi alohida o’lchab turiladi. Mazut xo’jaligi bo’yicha turli xildagi loyihalar mavjud. Mazut xo’jaligi zahira idishlari 100 м3 dan 300 м3 gacha IES lari uchun talab etiladigan mazut zahirasi quyidagicha talab etiladi.
Mazutda ishlaydigan issiqlik elektr stantsiyalari yoqilg’i zahirasining joylashishi masofasiga qarab temir yo’l yordamida 300 km dan 5 kunlik sarfi uchun, yoki 300-1000 km gacha bo’lsa 10 kunlik sarfi agarda 1000 km masofa bo’lsa 15 kunlik sarf uchun mazut saqlanadi.
Ko’pchiliq hollarda gazda ishlaydigan IES larida ikkilamchi yoqilg’i sifatida qabul qilinadi. Ya‘ni rezerv yoqilg’i bo’lib hisoblanadi. Elektr stantsiyasi rezerv yoqilg’isi 10 kunlik (stantsiya to’lik ishlashi uchun) zahira hosil qilinadi.
Jami zahira idishlari yong’in xavfsizligi qoidalari asosida jihozlanadi. Yer osti zahirasi idish 1000 м3 yarim yer ostida va yer usti zahira idishlari 50000 м3 dan oshirilmaydi. Agarda IES si quvvati katta bo’lsa va mazut saqlash zahirasi juda ko’p talab etilsa, mazut xo’jaligi xavfsizligi bo’yicha IES qurilishi maydonidan tashqarida maxsus nasoslar yordamida uzatiladi.
Mazutni cho’kma hosil qilib kolmasligi uchun bug’ generatoriga ikki yo’lanishli quvurdan tashkil topgan. Bu liniya beruvchi va qaytuvchi liniyadir. Mazutni uzluksiz aylanish tashkil qilinadi. Mazutning sarfi bug’ generatorining sarfiga bog’liq bo’lib liniya doim ishlab turadi. Temperaturani pasayishi natijasida mazutni quyushqoqligi oshadi. Yoki qotishma holatiga o’ta boshlaydi. Mazutni quyuqlaninishi natijasida zichligi oshadi va bunda uglevodorodlar oquvchanligi kristal holatga o’tadi va mazut bilan aralashishi to’xtaydi. Quyuqlashgan mazutni yomkostda saqlash va truboprovodlarda ishlatish xavflidir.
Mazutni yuqori qizdirish (80-100С bu mazutni markasiga qarab) bunda zichligi kam o’zgaradi. O’txonaga berilayotgan mazutni ishlatish uchun temperatura o’zgarishi belgilangan miqdorga yetkaziladi. Mazutni belgilasak haroratdan yuqori qizdirish samarasizdir. Mazutning oquvchanligi qo’yish-uzatish operatsiyalari davomiyligi samarali alangalanishi sifati va to’liq yonishi, uning tarkibidagi qoldiq saqlanayotgan suvning miqdoriga bog’liq.
Mazutni qotish temperaturasi deb shunday holatga aytiladiki bunda mazut o’zining oquvchanligini yo’qotadi, undan foydalanish vaqtida qayta qizdirishsiz quyish va haydash holatida bo’lmaydi. Qotish t-si texnologik sxema bo’yicha tanlashda, transport qilishda va o’txonaga uzatishda qiyinchilik tug’diradi.
Agarda Qotish t-rasm juda yuqori bo’lsa idishga qo’yish tsisternadan va quvurlarga uzatishda qiyinchiliq tugdiradi.
Qo’yilgan mazutni qizdirish vaqt sarfi ekspluatatsion harajat mazut -5С da qotadiganidir. Ko’pchilik mazutning qo’yilish temperaturasi +5С dan +25С gacha mazutni yoqish temperaturasi deb belgilangan aralashma havo bilan mazutning reaktsiya asosida yonish jarayoniga aylanadi. IES larida qo’llaniladigan mazutning alangalanishi t- si 80-140С. yong’in xavfsizligi bo’yicha mazutni 10С eng past qizdirish temperaturasi.
Alangalanish temperaturasi – bu vaqtda yoqilg’i temperaturasi 5 sek ichida yonishga mo’ljallangan. Alangalanish temperaturasi 15-20С.
Mazut uchun mo’ljallangan zichligi 20С Р201 bakda cho’kmani ajratadi. Mazutning zichligi katta bo’lganligi sababli bakni ostida hosil bo’lgan suv chiqarib tashlanadi. Mazutni eng yomon sharti mazutni Р201. bunda suv ajralishi qiyinlashadi. Mazutdagi namlik saqlanadi. O’txonaga yoqilayotgan mazutning namlik saqlanishi (1% kam bo’lishi kerak), ya‘ni Р200,99. Mazutdagi quyushqoqlik kamayishi va zichlik kamayishi namlik ajralishiga olib keladi.
Mazutni quruqlik massasi 0,1-0,3 % gacha va demak suyuqlanish va tuzsizlantirish neftni qayta ishlash vaqtida amalga oshiriladi. Mazutni yoqishga tayyorlash vaqtida mexanik zarralar va namlik ajratiladi, shuningdek qizdirish natijasida quyushqoqligi kamaytiriladi. O’txonaga yoqish uchun mazut purkash orqali beriladi.
Purkash forsunka orqali amalga oshiriladi. Bug’li va mexanik purkash turlari mavjud.
Quyidagi mazutni mexanik purkash usuli ko’rsatilgan. Yoqilg’i baki 1 dan 50-60С da mazut qizdirilib shartli qizdirish orqali suvi ajratilib ishonchli holda quvurlar orqali haydaladi. Agarda mazut bilan suv o’txonaga birga tushsa yonish jarayoni yomonlashadi va ko’pchiliq holda alanga uchishiga olib keladi. Mexanik aralashma alangalatuvchi qurilma kanalchalarini yopib qoladi, shuning uchun setkasimon ko’pol filtr 2 qo’yiladi. Katta teshikchali va so’ngra yupqa filitr 6 kichiq teshikchali va keyin qizdirgich 5 va 7 ga qizdiriladi.
Mazutni qizdirish oxirgi t-si 80-100С agarda quyushqoqligi katta bo’lsa 110-130С yoriq baklarda qizdiriladi. Lekin mazutni qizdirish temperaturasi qaynash temperaturasidan past bo’ladi. Chunki yong’in xavfsizligi bo’yicha gaz fazasining saqlanishi yonish pulsatsiyasini keltirib chiqaradi. Qizdirgich bilan forsunkagacha bo’lgan masofa oralig’ida mazut sovutib olinadi. Shuning uchun uni butun trasta bo’ylab qizdirib turiladi. Mazut quvuri bug’li quvur bilan issiq izolyatsiya qilingan. 13 qaytish liniyasi bo’lib bug’ generatori ishlamaganda yoki alohida forsunkaga beradi yoki mazutni katta sovutadi.
Nasoslarda kompensatsiya jarayoda issiqlik yuqotilishini qoplash maqsadida bug’ni yuzali qizdirgichlar o’rnatiladi. Mazutli bug’ portlashga va yonishga moyil bo’ladi. Zaharlanish darajasiga ega. Shuning uchun nasoslar o’rnatilgan inshoat ya‘ni xona shamollatgichli, elektrdvigatellar, yorug’lik uskunalari elektr va yong’in xavfsizligi bo’yicha jihozlanadi. Biz quyida loyihalayotgan Tallimarjon nohiya elektr stantsiyasida ikkilamchi yoqilg’i rezervi mazut. Shuning uchun biz xo’jaligi va mazutni qabul qilish va yoqishga tayyorlash usulini ko’rib chiqamiz.
Xavfsizlik texnikasi bo’yicha mazut xo’jaligi jihozlari tayyorlov zavodi sertifikat va ta‘minot pasporti bo’yicha o’rganib chiqiladi.
Mazut jihozlari o’rnatib bo’lingach agregatlar alohida taftish qilinadi. Agarda defistlar bo’lsa alohida akt tuziladi. Mazut xo’jaligi jihozlari blokli shaklda o’rnatiladi va yig’iladi. Mazut xo’jaligi jihozlarini o’rnatish uchun xavfsizlik texnikasi bo’yicha 10…..16 t yuk ko’taruvchi kranlardan foydalaniladi. Mazut qizdirgichlar fundament bilan birgalikda o’rnatiladi. Mazut xo’jaligida maxsus tayyorlov va sinov topshirgan mutaxassislar ishlashiga ruxsat etiladi.



Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish