Nazorat savollari.
Gaz turbinali qurilmalarining texnologik sxemasida nima izohlangan.
Issiqlik sxemalari nima uchun tuziladi.
3. Issiqlik taminoti uchun mo’ljallangan GTKlari kaerlarda qo’llaniladi.
4. Bug’ –gaz qurilmalarining GTKlaridan farqi.
5. Issiqlik taminoti uchun mo’ljallangan BGKlari ko’llanish joylari.
6. Issiqlik ta‘minoti uchun mo’ljallangan BGK sini formulasini toping
9 – mavzu: IEM quvurlar tizimi.
9.1. IESning Quvurlar tizimi
9.2.Quvurlar tizimining materiallari sinflari
9.3. Quvurlar tizimida qo’llaniladigan materiallar
9.4. Quvur sxemalari
9.5. Quvurlarning gidravlik hisobi.
9.6. Quvurlarni mustahkamlikka hisoblash.
Tayanch iboralar: material, linza,kompensator,salnik,omegasimon, kompensatsiya, element, metall, elastik, diametr.
9.1. IESning quvurlar tizimi
Stantsiya issiqlik sxemasining barcha jihozlarini o’zaro boglovchi Quvurlar orqali turli parametrdagi bug’, suv, qisilgan havo, gaz va boshqa moddalar uzatiladi.
Stantsiya quvurlar tizimi xususan quvurlardan, ularni ulash vositalaridan, xashamli qismlardan, armaturadan, nazorat-ulchash va himoya moslamalaridan, issiqlik koplamalari, quvur tayanchlari shuningdek, quvurlarga xizmat ko’rsatish maydonchalaridan iborat.
Stantsiya quvurlari asosiy va yordamchi turlarga bo’linadi. Asosiyga qozon bilan turbinai boglovchi bug’ quvurlari, bug’ni ikkilamchi qizdirish quvurlari, reduktsion sovitish qurilmalarining quvurlari va boshqalar kiradi. Yordamchi quvurlarga past parametrlar (200 0 s dan past) da ishlashga mo’ljallangan barcha quvurlar kiradi. Stantsiya quvurlariga tegishli quyidagi masalalarni ko’rib chiqamiz.
9.2.Stantsiya quvurlariga qo’yiladigan talablar.
Quvurlar stantsiya jihozlarining turli elementlari o’rtasida ishchi moddaning uzluksiz va va xavfsiz uzatilishini ta‘minlash lozim.
Quvurlar tizimi jihozlarining tasodifiy buzilishi hollari yuz bergan paytlarda ularni tezda tuxtatish yoki boshqa yo’nalishga o’tkazish imkoniyatini ta‘minlashi lozim.
Quvurlar tizimi soda, aniq va kam mablag talab qiladigan bo’lishi lozim.
Quvur yordamida uzatilayotgan muhit issiqligi va bosimning yuqotilishlari iqtisodiy jihatdan asoslangan bo’lishi lozim.
Quvurlar qiziganda ularni mustahkamligiga va ulanish joylariga zarar yetmasligi uchun uzayish imkoniyatiga ega bo’lishlari va tegishli belgi va ranglarga buyalgan bo’lishlari lozim.
Bug’ uzatiladigan quvurlarni ishga tushirish paytida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan gidravlik zarbalarning olidini olish uchun ular kondensat ushlagichlari bilan jihozlangan bo’lishlari lozim. Quvur suv bilan tuldirilganda undagi havoni chiqarib yuborish uchun uning yuqori nuktasiga tegishli moslamalarni o’rnatish kuzda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |