Qarshi muhandislik


Atmosfera xavosini ifloslanishidan muxofaza kilish tadbirlari



Download 305,43 Kb.
bet17/22
Sana11.04.2022
Hajmi305,43 Kb.
#542520
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22

Atmosfera xavosini ifloslanishidan muxofaza kilish tadbirlari.


Atmosfera uz-uzini tabiiy tozalash jarayoniga ega. Ulardagi yoginlar iflos moddalarni, xavoni yuvadi, shamollar xavodagi ifloslanuvchi moddalarni uchirib,
bir joyda tuplashiga yul kuymaydi, tuprokka yoki suv yuzasiga tushgan iflos moddalar esa reaksiyaga kiradi va okibatda neytrallashib koladi.
Lekin sanoat ayniksa yokilgi sanoati tarakkiy etgan, transport rivojlangan, kishlok xujaligi mashinalashgan va ximiyalashgan, axolining kupayib urbanizatsiya jarayoni kuchayotgan bizning asrimizda atmosferaning sun’iy ifloslanishi tabiiy tozalanishiga nisbatan ustunlik kilmokda. Shu sababli atmosfera uz uzini tabiiy tozalaydi, deb xotirjam utirish katta salbiy okibatlarni chikarishi mumkin. Shuning uchun atmosferaning sun’iy ifloslanishidan tozalash yullarini joriy etish, uning oldini olish bugungi kunning asosiy vazifasidir. Bularga bir necha chora tadbirlar mavjud, ularning eng muximlari kuyidagilardir:

    1. Tutun chikaruvchi dudburonlarni balandrok kurish, atmosfera ifloslanishining oldini olishning eng kadimiy yullaridan biridir;

-buning natijasida iflos chang va gazlar keng maydonga yoyilib, uning konsentratsiyasi kamayadi. Misol balandligi 100 m bulgan dudburondan chikayotgan chang va gazlar radiusi 20 km bulgan mintakaga tarkalsa, balandligi
250 m bulgan dudburondan chikkan chang, gazlar radiusi 75 km mintakaga tarkaladi.

    1. Pechlarga kumir, torf, koramoy yokishning urniga elektr energiyadan, gazlardan foydalanilsa-atmosferaga chang, kurum, tutun va zaxarli gazlar kam chikariladi. Respublikamiz olimlarining ma’lumotiga kura, kumir bilan ishlovchi korxonalar gazga utkazilsa, xavoga chikariladigan oltingugurt gazi mikdori 10000 marta, uglerod oksid mikdori 2000 marta, azot oksidlari mikdori 5 marta kamayadi.

    2. Sanoat korxonalarida zararli moddalarni tozalovchi uskunalar kurish. Bunda atmosferani kuplab ifloslovchi chang, kurum, tutun va zaxarli moddalarni atmosferaga chikarishdan oldin zararli ta’sirini yukotadigan tozalash uskunalari yasab, ushlab kolishga va ulardan kayta foydalanishga erishish zarur.

Respublikamizda atmosferani ifloslovchi 1000 dan ortik yirik va urta korxonalar bor. Ularda xavoning tozaligini saklashga karatilgan chora tadbirlar zamon talabiga javob bermaydi. Natijada usha korxonalarda yiliga 4,5 mln.t. kattik va gazsimon
zararli moddalarni 35% atmosferaga chikib uni ifloslantirmokda. Kimyo korxonalari yiliga atmosferaga 120 ming.t. uglevodorod, 40-50 ming.t. uglerod oksidi, chang 20-25 ming.t. oltingugurt gazi, azot gazlarni chikarib Chirchik, Fargona, Kukon, Samarkand, Navoiy, Toshkent shaxarlari xavosini ifloslantirmokda.
O’zbekiston Respublikasidagi kora va rangli metallurgiya korxonalarida (Olmalik, Bekobod) tozalovchi uskunalarining samarali ishlamasligi natijasida yiliga atmosferaga 220 ming.t. iflos moddalar chikarilmokda. Uning 90% oltingugurt gazidir. Vazifa-shu korxonalarning ishlash jarayonida yangi zamonaviy texnika bilan jixozlangan tozalovchi uskunalar kurishdir. Natijada, jumxuriyatimiz xavosi musaffo buladi va ushlab kolingan moddalardan xalk xujaligida kayta foydalanish tufayli juda katta foyda olish mumkin.

    1. Atmosfera xavosini toza saklashning muxim bir yuli bu sanoat korxonalarida, kommunal-xujalikda ishlab chikarish texnologiyasini uzgartirish, chikindisiz texnologiya joriy etishdir. Misol: kabelni sintetik koplama bilan uraydigan yangi texnologiyaga utish orkali odam organizmiga zararli bulgan kurgoshinning atmosferaga chikishi yukotildi.

Olmalik kimyo zavodida mis ishlab chikarishda yangi texnologiyani kullash atmosferaning ifloslanishini keskin kamaytirdi va yiliga 30 ming.t. oltingugurt gazi ushlab kolinyapti.

    1. Shaxarlar xavosining ifloslanishini kamaytirishda yer osti termal suvlaridan foydalanish yaxshi natijalar beryapti (Kamchatkada, Kuril orollarida, Kavkazda, Markaziy Osiyoda, Kizlyar va Izberbosh shaxarlarida issik suv xarorati 900dan ortikrokdir). Bunday suvlar shaxardagi maishiy kommunal xujalik va sanoat korxonalarini isitish mumkin.

    2. Atmosfera xavosini toza saklashda avtotransport gazlarini, dudlarini kamaytirish juda muximdir. Avtotransport atmosferaga uta zaxarli gaz chikaradi. Gazlarni kamaytirish uchun benzin urniga gaz va elektromobillarga utsak atmosfera ancha toza saqlanadi. Misol: Toshkent shaxrida 1978 yildan beri benzin urniga yoppasiga quyuqlashtirilgan propan-butan yoqilg’isi ishlatiladi.

    3. Shaxar va kishloklar xavosini sog’lomlashtirishda atmosferani ifloslanishdan saklashda ishonchli usul- yashil usimliklar iflos xavoni filtrlaydi, barglari changni ushlab koladi, xavo xaroratini pasaytiradi, karbonat angidridni yutib, kislorodni ishlab (fotosintez orkali) beradi. Ma’lumki, daraxtlar, butalar, utlar shaxar ichidagi changning 80% ni, sulfat angidridning 60% ni ushlab koladi. Buyi 25 metrli bitta 80-100 yoshli buk daraxti bir soatda 2 kg karbonat angidridni yutib, 2 kg kislorod ishlab beradi. 1 gektar karagayzor 32 t. changni ushlab koladi. Yashil usimliklar atmosfera xavosini toza saklashdan tashkari, insonlarga psixologik ta’sir etib ularga estetik zavk beradi. Xozirgi vaktda Markaziy Osiyo va Kozogiston shaxarlari ichida yashil usimliklar maydonining kattaligi jixatidan Bishkek, Olmaota shaxarlari oldingi urindadir. Olmaotada xar bir kishiga 100 m2 yashil usimlik (kukalamzor) tugri kelsa, Moskvada 25 m2, Omskda 8,9 m2, Kiyevda 18,7 m2, Bakuda 9,5 m2, Nyu-Yorkda 8,6 m2, Londonda 7,5 m2 va Parijda 6m2 tugri keladi.


      1. Download 305,43 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish