149
Gaz aralashmasining issiqlik o‘tkazuvchanligini o‘lchash uchun tahlil
qilinayotgan aralashma bilan to‘ldirilgan kameraga joylashtirilgan qizdiriladigan
o‘tkazgichdan foydalaniladi. Agar o‘tkazgichdan kamera devorlariga faqat issiqlik
o‘tkazuvchanlik tufayligina issiqlik berilsa, quyidagi ifoda to‘g‘ri bo‘ladi:
Q=2π∙l∙λ(t
п
-t
с
)/l
п
(D/
d),
(30.4)
bu yerda Q — o‘tkazgich 1 sekundda beradigan issiqlik miqdori; l, d — o‘tkazgichning uzunligi
va diametri; D — kamera diametri, λ— gaz aralashmasining issiqlik o‘tkazuvchanligi; t
n
, t
с
— o‘tkazgich
va kamera devorlarining harorati.
O‘tkazgich beradigan issiqlik Q va kamera devorlarining atrof-muhit
haroratiga bog‘liq bo‘lgan harorati t
с
o‘zgarmas bo‘lganida gaz aralashmasining
issiqlik
o‘tkazuvchanligi
o‘tkazgichning
haroratini,
binobarin,
uning
o‘tkazuvchanligini bir xil qiymatda aniqlaydi. O‘tkazgich sifatida elektr
qarshiligining harorat koeffitsiyenti yuqori va kimyoviy jihatdan chidamli metall
simdan foydalaniladi; platina ko‘proq, volfram, nikel, tantal kamroq ishlatiladi.
Termokonduktometrik gaz analizatorlarining o‘lchash elementlari o‘zi
qiziydigan qarshilik termometri rejimida ishlaydigan, platina tola joylashgan
kamera shaklidagi o‘zgartkichdan iborat. Gaz aralashmasi tarkibining o‘zgarishi
uning issiqlik o‘tkazish qobiliyatini o‘zgartiradi, natijada qizigan tola va gaz
aralashmasi o‘rtasida o‘zaro issiqlik almashuvining jadalligi ham o‘zgaradi.
Tolaning elektr qarshiligi tekshirilayotgan komponent konsentratsiyasini bildiradi.
Bu turdagi sanoat gaz analizatorlarida o‘lchashning differensial usuli
qo‘llaniladi, bu yerda, tekshirilayotgan va namuna gaz aralashmalarining issiqlik
o‘tkazuvchanligi ishlovchi va solishtirma kameralar yordamida solishtiriladi.
Ishlovchi kamera oqib o‘tadigan qilib ishlanadi, solishtirma kamera esa tarkibiga
konsentratsiyasi o‘lchashning pastki, o‘rta va yuqorigi chegarasiga mos keladigan
o‘lchanayotgan komponent kirgan gaz aralashmasi bilan to‘ldiriladi.
O‘lchash sxemalari bevosita
hisoblash
yoki
avtomatik
muvozanatlash
prinsipiga
ko‘ra
quriladi. 30.1-rasmda ko‘rsatilgan
termokonduktometrik gaz analizatori
konsentratsiyani
muvozanatlashgan
ko‘prik yordamida o‘lchaydi. Doimiy
sarfga ega bo‘lgan tekshirilayotgan
gaz aralashmasi R
t
1 ishlovchi
kameralarga
keladi.
Ko‘prikning
qolgan yelkasiga etalon aralashmali
R
t
2 yordamchi kameralar ulangan.
Sezgir elementning tolalari ko‘prik
30.1 – rasm.Termokonduktometrik gaz
Do'stlaringiz bilan baham: