64
bo‘ladi. Shu xatoliklar termopriyomnik kontaktining to‘g‘riligiga, nazorat
qilinayotgan sirt tozaligiga va boshqa faktorlarga bog‘liq. Sirt aylanma harakat
qilganda signalning uzatilishi aylanma kontaktli qurilma orqali amalga oshiriladi.
Uning sodda varianti kontakt halqalaridir.
ALANGA (GAZ OQIMLARINING) TEMPERATURASINI O‘LCHASH
Alanga temperaturasini o‘lchash o‘ziga xos xususiyatlarga va qiyinchiliklarga
ega. Ulchash usulini tanlashda o‘lchanayotgan temperaturalar darajasi,
maqbul
aniqlik va alanga turi analiz qilinadi. Alanga temperaturasi ko‘pgina sanoat
qurilmalarida 1600—1900°S atrofida bo‘ladi. Uni nurlanish pirometrlari yoki
kontaktli termometrlar yordamida o‘lchanadi. Bu temperaturani nurlanish bo‘yicha
o‘lchaganda uni pirometrning vizirlash o‘qi bo‘ylab fazoviy o‘rtalashtirish yuz
beradi. Ulchash natijalariga alangadagi nurlanish komponentlari ta’sir etadi.
Pirometr qabul qiladigan to‘lqinlar uzunligini tanlash katta ahamiyat kasb etadi.
Gazlarning nur tarqatmaydigan issiq yoki sovuq zonalarini maxsus bo‘yamasdan
turib, pirometrlar bilan o‘lchab bo‘lmaydi.
Bunday o‘lchashning kamchiliklaridan biri temperaturani optik o‘q bo‘ylab
o‘rtalashtirishdir. Shuning uchun topilgan natija alanganing qaysi nuqtasiga
tegishli ekanini aniqlab bo‘lmaydi. Bu jihatdan o‘lchamlari uncha katta bo‘lmagan
termoelektr termometrlarni qo‘llash katta afzalliklarga ega. Ammo bunday
termometrning temperaturasi gaz temperaturasidan ancha (100—200°С ga) farq
qilishi mumkin, chunki u termometrning issiqlik balansi bo‘yicha aniqlanadi.
ERITMALARNING TEMPERATURASINI O‘LCHASH
Eritmalarning temperaturasini o‘lchash murakkabligi asosan termometr
himoya
g‘ilofining aktiv zanglashi bilan bog‘liq.
Tuz eritmalarining
temperaturasini o‘lchashda himoya g‘iloflari bir necha o‘n soatdan keyin
eritmaning agressiv ta’siri sababli ishdan chiqadi. Shuning uchun ko‘pincha
g‘ilofni sifatsiz, arzon, osonlik bilan almashtiriladigan,
bir vaqtda termopara
elektrodidan
iborat
bo‘ladigan
po‘latdan
yasaladi.
Shisha
eritmalari
temperaturasini o‘lchash uchun himoya g‘iloflari uglerodli bloklardan yoki
qimmatbaho metallardan yasaladi.
Qovushoq muhitlar temperaturasini o‘lchashda ma’lum qiyinchiliklar paydo
bo‘ladi. Bu hollarda issiqlikka sezgir elementni osongina tozalashni, ko‘pincha
almashtirishni ham ta’minlash zarur. Bunda sezgir element bilan o‘lchanayotgan
muhit orasida yetarli darajada yaxshi kontakt ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Biror o‘lchash usulini tanlash va uning konstruktiv
bajarilishi eritma
temperaturasini o‘lchashning konkret sharoitlari, ularning turli materiallar bilan
o‘zaro ta’sirlashuvi, nurlanish qobiliyati va boshqa fizik hamda ximiyaviy
xossalari bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: