o‘lchagichi sxemasi
145
Bunday sath o‘lchagichlarning kamchiligi kichik vaqt oralig‘ini aniq o‘lchash
qiyinligidir, ular nurlanish doirasida turgan boshqa predmetlarga g‘oyat sezgir.
Suyuq metallarning sath o‘lchagichlari 200 mm gacha o‘lchash diapazoniga ega,
o‘lchashnint asosiy xatoligi ±2%.
NAZORAT SAVOLLARI
1.Radioizotopli sath o‘lchagichlarining ishlash prinsipi.
2.Nurlanish manbai sifati.
3.Suyuqlikda ultratovushning tarqalish tezligi.
4.Ultratovushli sath o‘lchagichlarining ishlash prinsipi.
5.Radioto‘lqinli sath o‘lchash vositalari.
146
30-MAVZU.MODDALARNING TARKIBINI TAHLIL QILISH VA
PARAMETRLARINI O‘LCHASH USULLARI VA ASBOBLARI.
Reja
1.
Asosiy ma’lumotlar va tasnifi.
2.
Gazlarning tarkibini tahlil qilish.
3.
Tahlilning konduktometrik usuli.
1. Asosiy ma’lumotlar va tasnifi.
Texnologik jarayonlarni harorat, bosim, sarf va sath kabi parametrlarga
ko‘ra boshqarish, ko‘pincha, talab etilgan sifatdagi mahsulotlar olishga kafolat bera
olmaydi. Ko‘pgina hollarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tarkibi va fizik
xossalarini avtomatik tarzda nazorat qilish zarurati tug‘iladi. Texnologik jarayonlar
davomida qayta ishlanayotgan moddalarning tarkibi va ularning fizik xossalari
o‘zgaradi, bu parametrlarni nazorat qilish texnologik jarayonlarning borishi
to‘g‘risida bevosita fikr yuritishga imkon beradi, chunki ular ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini ifodalaydi, shuning uchun moddalarning
tarkibini va fizik xossalarini nazorat qilish asosiy masalalardan biridir. Shu
munosabat bilan keyingi yillarda analitik asbobsozlikning jadal rivojlanishi sodir
bo‘lmoqda.
Moddalarning tarkibi va fizik-kimyoviy xossalari haqidagi o‘lchov
axborotini olish uchun o‘lchash vositalarini
analizatorlar
deb atash qabul
qilingan. Avtomatik analizatorlar tahlil qilinayotgan muhitning tarkibini emas,
balki aniq fizik parametrni o‘lchaydi, uning o‘zgarishi bu muhitda aniqlanayotgan
komponentning miqdoriy-sifatiy o‘zgarishlarini ifodalaydi.
Turli xil belgilar bo‘yicha analitik o‘lchash vositalarini tasniflash ancha
qiyin. O‘lchash vositalari tahlil uslubi, tahlil qilinayotgan muhitning xossalari,
komponentlar soni, ijro etilishi, chiqish signali, axborotni berish uslubi va
hokazolar bo‘yicha tasniflanishi mumkin.
Gazlarni avtomatik tahlil qilish uchun quyidagi usullar qo‘llaniladi:
namunani oldindan o‘zgartirmasdan — termokonduktometrik, termomagnit,
absorbitsion optik (infraqizil va ultrabinafsha nur yutiladigan), pnevmatik usullar:
namuna oldindan o‘zgartiriladigan — elektr-kimyoviy (konduktometrik,
kulonometrik, polyagrafik, potensiometrik) termokimyoviy, fotokalorimetrik,
alanga-ionlashuv, aerozol-ionlashuv, xromatografik, massaspektrometrik usullar.
Suyuq muhitlarning tarkibini va fizik xossalarini avtomatik nazorat qilishda
sanoatda sinov moddasini dastlabki o‘zgartirishsiz tahlil qilish uslubi keng
tarqaldi: konduktometrik, potensiometrik, polyarografik, dielkometrik, optik
147
(refraktometrik, polyarizatsion, turbodimetrik, nefelometrik), to‘yingan bug‘
bosimlari bo‘yicha, radioizotopli, mexanik (zichlik), kinematik (qovushoqlik) va
boshqalar, hamda sinov moddasini dastlabki o‘zgartirish bilan — titrometrik.
Namlik miqdorini o‘lchash vositalari alohida guruhga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |